Madaniyatshunoslik



Yüklə 3,2 Mb.
səhifə52/95
tarix06.06.2022
ölçüsü3,2 Mb.
#88923
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   95
Madaniyatshunoslik

Ma’ruxzaning maqsadi:
Markaziy Osiyo madaniyati jahon madaniyati tarixida tutgan o‘rnini ochib berish.
Markaziy Osiyo madaniyati jahon madaniyati tarixida muhim o‘rin tutadi. Uning o‘rta asrlardagi madaniyatiga butun dunyo allaqachon munosib baho bergan. Hatto Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘d, Parfiya, Farg‘ona, Xorazm, CHoch xalqlarining qadimgi madaniyati ham jahonni hayratga solmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasining qadimgi madaniyatini o‘rganish o‘n yillar ilgari boshlangan bo‘lsada, tadqiqotchilarning bu madaniyatining o‘ziga xosligi va boy mazmuni lol qoldirdi. Markaziy Osiyo madaniyati Farb va SHarqning buyuk madaniyat elementlarini bir butunlikda uyg‘unlashtirib ifodalagan holda o‘ziga xos individuallik kasb etadiki, bu xususiyat keyingi taraqqiyot uchun ham negiz bo‘lib qoladi.Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining vujudga kelishi sharoitlarini belgilashda dastavval, uning jug‘rofiy o‘rni va tabiiy vositalariga e’tiborni qaratish lozim bo‘ladi. Madaniyatshunoslik har qanday madaniyatning shakllanishidagi o‘ziga xos alfozni joy manzarasi, iqlimi, biosfera omillarining ahamiyati borligiga alohida e’tibor beradi. Markaziy Osiyo mintaqasining tabiati turli xilligi bilan katta farq qiladi. Bu erda serhosil vodiy va vohalar, sersuv daryolar, qaqroq cho‘llar, dashtu adirlar, Pomir va Tangritog‘ining baland muzofotlari bilan yonma-yon joylashgan. Bunday xususiyat dehqonchilik, chorvador, tog‘da yashovchi qabila va xalqlar xo‘jalik tarzi va o‘ziga xos madaniyatlarining shakllanishi uchun imkoniyat yaratdi.«Qadimgi sivilizatsiya» deb nomlangan risolada Markaziy Osiyo madaniyatining ikki xususiyati ko‘rsatiladi: bir tomondan, turli madaniyatlarning o‘zaro ta’sirida, ikkinchi tomondan, qadimgi sivilizatsiyalarining boshqa o‘choqlari bilan yaqin aloqada rivojlanishi. Bu xususiyatlarni batafsil kuzatadigan bo‘lsak Markaziy Osiyo madaniyatining shakllanish jarayonlari yaqqol namoyon bo‘ladi.Markaziy Osiyoning serhosil vodiysi, cho‘l va dashti, tog‘larida yashovchi aholining turmush sharoitidagi farqlar turli xo‘jaliklarning ertaroq paydo bo‘lishi o‘ziga xos madaniyatlar shakllanishiga olib keldi. Bu jarayon yaqin qo‘shnichilik munosabatlari asosida sodir bo‘lib, qabila va xalqlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari tufayli taraqqiyotning ertaroq boshlanishiga imkon yaratdi. Eng qadimgi davrlardan dehqonchilik, chorvachilik va tog‘ ovchi qabilalari o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash Markaziy Osiyo xalqlari iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, keyingi davrlarda ham u uzoq saqlanib qoldi. Turmush tarzi va xo‘jalik faoliyatidagi farqlanish bilan birga mintaqa xalqlarining etnik va tillardagi yaqinlik judayam uyg‘unlashib ketganligi qadimgi YUnon va Xitoy manbalarida ham qayd qilingan. Markaziy Osiyo xalqlarining kuchli iqtisodiy aloqalari, etnik va til birligi ularning bir-biridan ayricha yashashiga yo‘l qo‘ymadi.Natijada qadimgi SHarqning klassik madaniyati orasida Markaziy Osiyo Qadimgi madaniyati ajralib, o‘ziga xos ko‘rinishda shakllanadi. Dastlab, bu madaniyatda ikki xil madaniyat aralashib ketadi: ko‘chmanchilik va ibtidoiylik olami hamda sivilizatsiya olami; bu erdagi qadimgi madaniyatlarga xos madaniyatlarning o‘zaro muloqotiga aks ta’sir ko‘rsatgan «o‘zining betakrorligi» haqidagi tasavvur shakllanmoqda.Markaziy Osiyoning o‘troq dehqonchilik va ko‘chmanchi xalqlarida ancha-muncha farqlar bo‘lishiga qaramasdan ilgaridan yaqin munosabatlar o‘rnatilgan. Diniy e’tiqodlar, urf-odatlar, folklor, axloqiy me’yorlardagi umumiylik madaniy umumiylikning shakllanishiga olib kelgan. SHuning uchun, bundan keyin Markaziy Osiyoning yaxlit madaniyatini tashkil qiluvchi turli submadaniyatlar mavjudligi haqida to‘xtalish joizdir: Qadimgi davlatlar submadaniyati (Baqtriya, Sug‘d, Xorazm, Farg‘ona, Marg‘iyona), dasht ko‘chmanchilari-sak, massaget, da-kochchilar submadaniyati, Pomir va Tangritog‘ qabilalarning submadaniyati.Markaziy Osiyo madaniyatining o‘ziga xosligining ikkinchi jihati mintaqaning o‘ta qulay jug‘rofiy o‘rnashganligi bilan bog‘liq. Mintaqa Mesopotamiya, Hindiston va Xitoy kabi uchta buyuk SHarq sivilizatsiyasi bilan bevosita chegaradosh bo‘lib, Farb sivilizatsiyasiga xos beshinchi-Gretsiya va Rim bilan aloqada rivojlangan. Bunday aloqalarning muqarrarligi tufayli Markaziy Osiyo madaniyati SHarq va Farb o‘rtasida vositachilik missiyasini bajarishiga sabab bo‘ldi, ya’ni iqtisodiy sohalarda eng avvalo xalqaro savdoda va madaniy sohalarda ham Markaziy Osiyo Farb va SHarq o‘rtasida bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajardi. Xususan, Markaziy Osiyo xududi orqali buddizm butun dunyoga yoyildi, Hindiston va Xitoyga ellinistik madaniyat ko‘rinishlari o‘tdi, SHarqdan Farbga va Farbdan SHarqga madaniy boyliklar (bilim, diniy g‘oya, kashfiyot, badiiy asarlarning) almashib turishida Markaziy Osiyo muhim vositachi bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə