Madaniyatshunoslik


ORATORIYA (lot. oratorium - ibodatxona



Yüklə 254,06 Kb.
səhifə33/49
tarix22.05.2023
ölçüsü254,06 Kb.
#112006
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
Z.Xaydarov Musiqa tarixi Majmua

ORATORIYA (lot. oratorium - ibodatxona) - yakkaxon xonandalar, xor va orkestr uchun yaratilgan,odatda, dramatik syujetga asoslangan yirik musiqa asari. 16-17-a.larda Italiyada diniy musika janri sifatida yuzaga kelgan. Opera va kantata b-n deyarlik bir davr (16-17-a.lar)da Italiyada shakllangan. Lekin kantatadan yirikligi, muayyan syujetga asoslanganligi, operadan esa dramatik rivoj urniga bayon xususiyatlari yetakchiligi b-n ajralib turadi. O.ning keng kulamli mumtoz namunalarini G. Gendel yaratgan. U uz O.lari-da, asosan, Injil mavzulariga tayanib, xalq va uning qahramonlarini madh et-gan. O. yevropa kompozitorlari (I. S. Bax, Y. Gaydn, G. Berlioz, F. List, R. Shuman, A. Onegger, P. Dessau, K. Pende-retskiy, Yu. Shaporin, A. Shnitke va b.) ijodidan keng o‘rin olgan. Markaziy Osiyo mamlakatlarida Q. Moddobosanov (Qirg‘iziston), G. Jubanova (Qozog‘is-ton) va b.ning O.lari mashhur. O‘zbekis-tonda I. Akbarovning «Toshkentnoma» va «Nakshbandiya, F. Yanov-Yanovskiyning «Chili», M. Bafoevning «Buxoronoma», «Hajnoma» kabi- O.lari tanilgan.
Opera-san’atning sintetik turi bo‘lib, unda-teatr, sheriyat, raqs, rassomchilik, musiqa san’atlari o‘zaro uyg‘unlashgan holda namoyon bo‘ladi. Uning badiiy ta’sir vositalari deyarli chegara bilmaydi. Operaning ta’siri XVII va XVIII asr musiqasining barcha sohalariga tarqaldi. Uning negizida cholg‘u musiqaning yangi janrlari, jumladan, uvertyura, orkestr va balet syuitasi tashkil topdi. Shuningdek, opera dramaturgiyasiga, uning obrazlariga yangi bo‘lgan simfoniya shakllandi. Hatto diniy musiqa-oratoriya, kantata opera obrazlarining dramatizmi bilan opera shakllari, konsertbop vokal uslubi, kompozitsiya tamoyillari kirib keldi. Janming kompleks tabiati uni katta sahnada ijro etilishi, keng demokratik auditoriya bilan muloqotda bo‘lishni taqozo etdi, operani jamiyatda tutgan o ‘mining o ‘ziga xosligi ham shundan iborat bo`ldi. Italiya operasi. Renessans davri san’ati gullab yashnagan va o‘zinig ajoyib hosilini bergan Italiya-opera vataniga aylandi.
SYUITA (frans. suite - qator, izchillik)- cholg‘u musiqaning asosiy turkumli shakllaridan biri va musiqiy janr. Qismlar tartibi, soni, xarakterining ma'lum qonun-qoida b-n kat'iy chegaralanmaganligi, aksariyat hollarda qo‘shiq va raqs b-n uzviy bog‘liqligi Syuitani sonata va simfoniyadan ajratib turadi. Bir necha mustaqil (odatda, kontrast) qismlardan tashkil topib, ular umumiy badiiy maqsad-da birlashtiriladi. S.ning ilk ko‘ri-nishlarida 16-a.ga xos sekin va tez sur'atli raqslar qiyoslangan. 17-a.da I.Ya. Froberger ijodida qadimiy raqs S.ning mumtoz namunasi yuzaga kelgan. U 4 raqs - o‘rtacha sur'atli alle-manda, tez - kuranta, sekin - sarabanda va jadal - jigadan tashkil topib, lyutnya, klavesin, orkestr va b. uchun mo‘ljallangan. Klassik Syuitaning yuksak namunalarini I.S.Bax va G.F.Gendellar yaratgan (18-a.). Drama-tik spektakllarga yozilgan musiqiy lavhalardan tuzilgan S.lar (E. Grigning «Per Gyunt», J. Bizening «Arlezianka»), shuningdek, balet Slari (P. Chaykovskiy, D. Shostakovich, I. Stravinskiy va b.), kinofilmga yozilgan musiqiy lavhalardan tanlan-gan S.lar (S. Prokofev, G. Sviridov) ham keng o‘rin olgan. «Syuita» atamasi bir qancha raqslardan iborat musiqali xoreografik kompozitsiyani ham bildiradi. 19—20-a.larda raqsiy bo‘lmagan (R. Shuman, «Karnaval»; A. Shyonberg, Fortepiano uchun S. va b.), ba'zan dasturli (N. Rimskiy-Kor-sakov, «Shahrizoda»; M. Musorgskiy, «Ko‘rgazmadan suratlar»), vokal (D. Shostakovich, «M.Svetaevaning 6 ta she'ri») S.lar yaratildi. Uzbekistan kompozitorlaridan V. Uspenskiy, A. Kozlovskiy, M. Burhonov, M. Ashra-fiy, S. Yudakov, D. Soatqulov, D. Zo-kirov, B. Gienko, S. Boboev, Sayfi Jalil kabilar simfonik va uzbek xalq cholg‘u asboblari orkestri, shuningdek, fortepiano va b. sozlar uchun turli Syuitalar yaratishgan.

Yüklə 254,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə