Madaniyatshunoslik


SIMFONIYA (yun. symfonia - ohangdoshlik



Yüklə 254,06 Kb.
səhifə35/49
tarix22.05.2023
ölçüsü254,06 Kb.
#112006
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
Z.Xaydarov Musiqa tarixi Majmua

SIMFONIYA (yun. symfonia - ohangdoshlik) - simfonik musiqaning yetakchi janri, kompozitorlik yo‘nalishidagi cholg‘u musiqaning oliy shakli. Simfonik orkestr ijrosiga muljallangan; ba'zi Simfoniyalarda xor va yakkaxon xonandalar ham jalb etila-di. Bundan tashqari, torli orkestr, puflama sozlar orkestri va b. orkest-rlarga muljallangan Simfoniyalar ham uchraydi. Simfoniyaning mumtoz shakli umumiy g‘oya va yaxlit dramaturgiyaga asoslangan 4 qismli turkumni tashkil etadi: 1-qismi - mavzularning qarama-qarshiligi hamda jadal rivoji b-n bog‘liq buladi; 2-qismi - lirik chekinish va-zifasini bajaradi; 3-qismi — menuet yoki skerso xarakterida yoziladi; 4-k.ismi - ko‘pincha tantanavor, jo‘shqin xotimadir. Simfoniya atamasi yevropa mamlakatlarida turli ma'nolarda qo‘llanilgan. Y.Gaydn, V.Motsart va ayniqsa, L. Betxovenlar Simfoniyaning klassik namunalarini yaratdi. 19-a. kompozitorlaridan F.Shubert, G.Berlioz, I.Brams, A.Dvorjak, S.Frank, A.Brukner, G.Maler, A.Borodin, P.Chaykovskiy, A.Skryabin va b. Simfoniya rivojiga muhim hissa qo‘shgan, janrning mavzu va mazmunini boyitgan. 20-asr komlozitorlari ijodida Simfoniya yangi bosqichga ko‘tarildi. N. Myaskovskiy, D. Miyo, S. Prokofev, Ya. Sibelius, P. Xindemit, D. Shostakovich, I. Stravinskiy, B. Martinu, A, Onegger, A. Shnitkelar S. ustalari sifatida tanilgan.
O‘zbekistonda 1930-y.lardan simfonik musikaning jadal rivojlanishi Simfoniyaning paydo bulishiga zamin buldi (G. Mushelning 1-Simfoniyasi, 1938). Keyingi yillarda yirik mavzular, falsafiy goyalarni mujassamlantiruvchi janr sifatida Simfoniyaga qiziqish kuchaydi (Mushelning 2- va 3- S.lari, M. Shteynbergning 5- S—rapsodiyasi, M. Ashrafiyning 1-va 2-S.lari va b.). 1960-y.larning 2-yar-mida O‘zbekistonda dasturli S. ravnaq gopib, B. Zeydman, R. Hamroev, B. Gien-ko va boshqalar S.lar ijod qilishdi. 1970-2000-y.larda R. Vildanov (4 ta), Sayfi Jalil (2 ta), T. Qurbonov (10 ta), M. Tojiev (19 ta), Ik. Akbarov (3 ta), M. Mahmudov (3 ta), N. G‘iyosov (12 ta) va b. kompozitorlar Simfoniya yaratganlar. Simfoniyaga yaqin uslubda yaratilib, undan hajman kichikligi, mazmuni va bayoni soddaligi b-n farq qiluvchi asar simfonietta deb ataladi.

Yüklə 254,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə