Mahsulot (IShlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Yüklə 194,24 Kb.
səhifə12/15
tarix30.12.2023
ölçüsü194,24 Kb.
#167441
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
54 05.02.1999 (1)

(2.3.8.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
2.3.8.7. Xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa narsalarni bepul berish yoki xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish.
2.3.8.8. Xodimlarning (ovqatlanishi, yo‘l kirasi, davolanish va dam olishga, ekskursiya va sayohatlarga yo‘llanmalari, sport seksiyalarida, to‘garaklarda, klublardagi mashg‘ulotlari, madaniy-ko‘ngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga qatnashishi, xodimlarning shaxsiy obunasi va iste’moli hamda boshqa shunga o‘xshash to‘lovlari) xarajatlarini qoplash.
2.3.9. Ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to‘lovlar va xarajatlar:
2.3.9.1. Qonunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqani to‘lash bo‘yicha xarajatlar.
2.3.9.2. Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqalar.
2.3.9.3. Amaldagi qonunchilikka muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlardan ularning qayta tashkil etilishi, xodimlar va shtatlar sonining qisqarishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan xodimlarga to‘lovlar.
2.3.9.4. Xodimlarga to‘lanadigan moddiy yordam.
Oldingi tahrirga qarang.
2.3.10. Sog‘liqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, sog‘lomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari, xalq ta’limi muassasalari, shuningdek uy-joy fondi obyektlari ta’minotiga (shu jumladan barcha turdagi ta’mirlash ishlarini o‘tkazishga amortizatsiya ajratmalari va xarajatlarni ham qo‘shgan holda) xarajatlar.
(2.3.10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
2.3.11. Vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarini saqlash xarajatlari (boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlardan tashqari).
Oldingi tahrirga qarang.
2.3.12. Bankning, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlariga haq to‘lash.
(2.3.12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
2.3.13. Ekologiya, sog‘lomlashtirish va boshqa xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar.
Oldingi tahrirga qarang.
2.3.14. Amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan va xo‘jalik yurituvchi subyekt xarajatlariga kiritiladigan budjetga majburiy to‘lovlar, soliqlar, yig‘imlar, davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar, shuningdek hukumat qarorlariga binoan xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash.
(2.3.14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2.3.15. Zararlar, jarimalar, penyalar:
2.3.15.1. Bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bo‘yicha yo‘qotishlar.
Oldingi tahrirga qarang.
2.3.15.2. Moddiy boyliklarning bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lmagan yo‘qotishlar hamda kamomadlar.
(2.3.15.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
2.3.15.3. Ishlab chiqarish zaxiralarini va tayyor mahsulotni eng past baholash usuli yoki sotishning sof qiymati bo‘yicha qayta baholash yoki bahosini pasaytirish natijasidagi zararlar.
2.3.15.4. Idishlarga doir ishlar bo‘yicha zararlar.
2.3.15.5. Sud xarajatlari.
2.3.15.6. To‘lanishi shubhali qarzlar bo‘yicha zaxiraga ajratmalar.
2.3.15.7. Qonunchilikka muvofiq da’vo bildirish muddati o‘tgan va undirish noreal bo‘lgan boshqa qarzlar bo‘yicha debitorlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan zararlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanishi shubhali qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan zararlar.
2.3.15.8. Hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillar operatsiyalari bo‘yicha ko‘rilgan zararlar.
2.3.15.9. Tabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar va boshqa moddiy boyliklarning nobud bo‘lishi va buzilishi, ishlab chiqarishning to‘xtashi va boshqalar tufayli yo‘qotishlar) tufayli ko‘rilgan qoplanmaydigan yo‘qotishlar va zararlar, shu jumladan tabiiy ofatlar oqibatlarining oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlar.
2.3.15.10. Aybdorlari aniqlanmagan o‘g‘irliklardan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summani undirish mumkin bo‘lmagan hollarda ko‘rilgan zararlar.
Oldingi tahrirga qarang.
2.3.15.11. Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulki (aktivlari)ning chiqib ketishi (balansdan chiqarish)dan ko‘rilgan zararlar.

Yüklə 194,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə