Mahsulot (IShlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


V. XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING IShLAB ChIQARISh — XO‘JALIK FAOLIYATI NATIJASIDA OLINADIGAN DAROMADLAR RO‘YXATI



Yüklə 194,24 Kb.
səhifə14/15
tarix30.12.2023
ölçüsü194,24 Kb.
#167441
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
54 05.02.1999 (1)

V. XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING IShLAB ChIQARISh — XO‘JALIK FAOLIYATI NATIJASIDA OLINADIGAN DAROMADLAR RO‘YXATI
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ularning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi natijasida olinadigan daromadlari hisobotga quyidagi asosiy bo‘limlar bo‘yicha kiritiladi:
— Sotishdan olingan sof tushum.
— Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (operatsiya daromadlari).
— Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar.
— Favqulodda daromadlar.
1.Sotishdan olinadigan sof tushum
Oldingi tahrirga qarang.
1.1. Sotishdan olingan sof tushum tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan, tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxida hisobga olinadigan, unga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste’moli soliqlari summasi kiritilmagan tushum sifatida aniqlanadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi.
(1.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
1.2. Eksport faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, daromad (foyda)ni amaldagi qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqaradilar.
1.3. Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushum buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.
2. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
2.1. Undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to‘lanmagan qarzlar va xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar.
2.2. Hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi foyda.
2.3. Ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi boshqa daromadlar.
Oldingi tahrirga qarang.
2.4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulki chiqib ketishidan olingan daromadlar.
(2.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 9-son, 100-modda)
2.5. Da’vo bildirish muddati o‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar.
Oldingi tahrirga qarang.
2.6. Tovar-moddiy boyliklarni puxta baholash. Tovar-moddiy boyliklarni puxta baholash summasi ularning sotilishiga qarab foyda sifatida e’tirof etiladi.
(2.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
2.7. Davlat subsidiyalaridan daromadlar*.
* — soliq solishda yalpi daromadga kiritilmaydi.
2.8. Xolisona moliyaviy yordam.
2.9. Boshqa operatsion daromadlar.
3. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
3.1. Olingan royaltilar va sarmoya transferti.
3.2. O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo‘yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar.
Oldingi tahrirga qarang.
3.3. Mol-mulkni moliyaviy ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to‘lovini olish).
(3.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 9-son, 100-modda)
3.4. Valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi operatsiyalar bo‘yicha ijobiy kurs tafovutlari.
3.5. Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar.
3.6. Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
4. Favqulodda foyda
Favqulodda foyda moddalari — bu ko‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo‘lgan, hodisa yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida paydo bo‘ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo‘limida aks ettirilishi kerak bo‘lgan o‘tgan davrlardagi foyda kirmaydi.

Yüklə 194,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə