Mahsulot tannarxi hisobiga olishda boshqaruv hisobini takomillashtirish masalalari



Yüklə 453,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü453,7 Kb.
#153678
1   2   3   4   5
mahsulot-tannarxi-hisobiga-olishda-boshqaruv-hisobini-takomillashtirish-masalalari

ǀ
ISSUE 8 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 605
ta’minlanish va hokazolar)ga bog’liq. Boshqaruvning umumiy vazifalariga quyidagilar 
kiritilgan:

Rejalashtirish va kompaniya siyosatini shakllantirish. Rejalashtirish mavjud 
axborotlar asosida maqsadlar va vazifalarning qo’yilishini prognozlashtirish; 
harakatlarning muqobil kurslari hamda faoliyatga doir dasturlar bo’yicha siyosatni 
ishlab chiqish. Menejmentlik ushbu masalalarni boshqarishda katta yordam ko’rsata 
oladi. Bunda hisobotlar o’tgan natijalarni yoritib beradi va kelgui faoliyatni baholash 
imkonini yaratadi. 

Qarorlar qabul qilish jarayonida yordam berish. Menejmentlikning turli 
zamonaviy texnika (metod)lari yordamida qarorlar qabul qilish jarayoni ilmiyligini 
oshiradi. Har bir maqbul bo’lgan muqobillar uchun tannarx, narx, foyda ko’rsatkichlari 
hamda jamg’armalar bilan bog’liq ma’lumotlar to’planiladi, tahlil qilinadi va asoslangan 
qarorlar qabul qilish uchun baza bo’lib xizmat qiladi. [13] 

Tashkil etish unsurlari. “Jalb qilingan kapital qaytimi (samaradorlik)” 
menejmentlikning muhim unsurlaridan hisoblanadi. Xolbuki, menejmentlik tannarx va 
javobgarliklarni nazorat qilish maqsadida Javobgarlik markazlariga katta e’tiborni 
qaratish orqali ko’p jihatdan detsentralizatsiyani qo’llab quvvatlaydi. Bu esa o’z 
navbatida samarali va harakatchan tashkiliy strukturani yaratishda foydali hisoblanadi. 
[16]
Ishlab chiqarish korxonalarida Boshqaruv (menejmentlik)ning kompaniya 
darajasida aniqlashtirilgan vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) uzoq muddatli rejalar va qisqa muddatli rejalar (byudjet)larni ishlab chiqish va 
ularning bajarilishi ustidan nazoratni o’rnatish; [7] 
2) xarajatlarni tan olish, baholash, tasniflash hamda funktsional bog’liqligini 
aniqlash va regression tahlilini amalga oshirish;
3) tannarx kontseptsiyasi va tannarx tabiatini belgilash hamda CVP (Cost Volume 
Profit) tahlilini amalga oshirish; [15] 
4) ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi tannarxini hisoblash, mahsulot 
tannarxining elementlari bo’yicha axborotlarni shakllantirish; [6] 
5) materiallar, mehnat xarajatlari va ustama ishlab chiqarish xarajatlari hisobini
zamonaviy yondashuv va usullar asosida yuritish; [14] 
6) ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi to’g’risidagi hisobot, sotilgan 
mahsulotlarning tannarxi to’g’risidagi hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish;
7) tannarxni hisoblashning buyurtmali va jarayonli tizimlarini qo’llash orqali 
tannarxni va xarajatlarni optimallashtirish yo’llarini ishlab chiqish;
8) uzoq muddatli investitsiyalar, xususan moliyaviy quyilmalar, yangi 
texnologiyalarni joriy qilinishini rejalashtirish hamda rejalarning bajarilishini nazorat 
qilish; 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 453,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə