Mahsulot tannarxi hisobiga olishda boshqaruv hisobini takomillashtirish masalalari



Yüklə 453,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü453,7 Kb.
#153678
1   2   3   4   5
mahsulot-tannarxi-hisobiga-olishda-boshqaruv-hisobini-takomillashtirish-masalalari

ǀ
ISSUE 8 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 604
bo’ladi. Bu masalani hal etishda boshqaruv hisobi muhim rol o’ynaydi. Bu o’z 
navbatida ushbu soha mutaxassislari oldiga yangicha vazifalar qo’ymoqda. [1]. 
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. 
Olimlarning tadqiqotlarida ta’kidlanishicha 
“Strategik boshqaruv hisobi” atamasi 20-asrning 80-yillarida AQSH va G’arbiy 
Yevropa mamlakatlarida paydo bo’lgan, biroq, keng qo’llanilmagan. O’tgan asrning 90-
yillariga kelib, strategik boshqaruv hisobiga oid bahslar avj oldi. “Strategik boshqaruv 
hisobi” atamasi birinchi bo’lib, K.Simmondz tadqiqotlarida keltirilgan.”[2] 
Tadqiqot metodologiyasi
. Tadqiqot metodologiyasi tizimni tahlil qilish, o'lchash 
va taqqoslash kabi nazariy bilimlarni solishtirish, sintez qilish, umumlashtirish va 
texnikaga asoslangan. 
Tahlil va natijalar. 
Boshqaruv hisobining keyingi 50 yilda taraqqiyoti: axborot 
revolyutsiyasi va axborot texnologiyalarining rivojlanishi, mahsulot ishlab chiqarish 
liniyalarining kengayishi, iqtisodiyotning globallashuvi va innovatsion iqtisodiyot, 
servis (xizmat ko’rsatish) sohasining ustuvor rivojlanishi va boshqa omillar bilan 
belgilanadi.[3] 
Axborot revolyutsiyasi axborotlarning hajmi va oqimini kengaytirdi. Ularga ishlov 
berishda yangi texnologiyalarni qo’llashni taqozo qildi. Ishlab chiqarish liniyalarining 
kengayishi yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga olib keldi. Bu esa tannarxni 
mahsulotlar o’rtasida taqsimlash texnikasi (metodlari)ni takomillashtirishni talab etadi. 
Iqtisodiyotning globallashuvi raqobat muhitini kengaytirdi, bu esa aniq, dolzarb va o’z 
vatida taqdim etiladigan axborotlarga bo’lgan talabni kuchaytirdi. [12] 
Mamlakatimiz global iqtisodiyot sharoitida global hisob siyosatini yuritish va 
stantartlarini qabul qilish bugungi kun talabi hisoblanadi. Zero hisob siyosati, shaffofligi 
har qanday axborot foydalanuvchisiga tushunarliy va ma’lumot taqdim etiluvchiga ya’ni 
potensial investorga malakali, moliyaviy qarorlar qabul qilish imkonini yaratadi.[4] 
Transmilliy korporatsiyalarning rivojlanishi transfert bahoni shakllantirish 
maslasini dolzarb qilib qo’ydi.[5] Globallashuv professiyani rivojlanishiga olib keldi. 
Yaponiyada strategik menejment va operatsion menejment hamda menejmentlik 
hisobida yangi innovatsiyalar qo’llanila boshladi. Natijada, raqobatga bardosh berish 
uchun ko’pchilik amerikalik kompaniyalar ham Yaponiya menejment tizimini qo’llay 
boshladi. Servis sohasining ustuvor rivojlanishi ushbu kompaniyalar tomonidan 
ularning menejment talablariga javob beradigan boshqaruv hisobini rivojlanishiga olib 
keldi.[8, 11] Ayniqsa, turizm, transport, moliya tashkilotlari va tibbiyot menejmenti 
sohasida keskin burilish yasadi. Xizmatlar tannarxini aniqlash boshqaruv hisobining 
muhim ob’ektiga aylandi.
Ishlab chiqarish korxona yoki qismlari, tsexlari, bo’linmalari, bo’limlari, 
markazlari o’zining aniq tashkiliy boshqarish vazifa (funktsiya)lariga ega. Bu tashkiliy 
boshqarish tuzilmasi ko’pgina omillar (texnologiya, firmani joylanishi, firmaning 
quvvati, faoliyati, xodimlarning firmaga munosabatlari, muhitni o’zgaruvchanligi, 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 453,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə