Mahsulot tarkibidagi murakkab oqsillar



Yüklə 53,13 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü53,13 Kb.
#166764
1   2   3   4
oqsillar

Fosfoproteidlar;- oqsil molekulasining fosfat kislota bilan hosil qilgan kompleksidir. Ular gidroliz qilinganda aminokislotadardan tashqari fosfat kislota ham ajralib chiqadi. Masalan; fosfoproteinlarning asosiy vaqili bo’lgan sut tarkibidagi oqsil – kazeinogen gidrolizlanganda ko’p miqdorda serinfosfat ajralib chiqadi.


Fosfo
proteinlarning boshqa vakillari tuхumdan ajratib olingan ovovitellin va baliq urug’idan olingan iхtulindir.

    1. Lipoproteidlar;-oqsillarning yog’simon moddalar bilan hosil qilgan birikmasidir. Ular hujayra yadrosida, tuхum sarig’ida, sutda va qonda bo’ladi. Lipoproteidlar suvda eriydi. Ularning strukturasi shunday tuzilganki, yog’simon komponent ichida bo’lib, sirti oqsil qavat bilan qoplangan. Proteolipidlarda, aksincha, oqsil komponenti ichkarida bo’lib, sirti yog’ modda bilan o’ralgan, ular yog’ erituvchilarda eriydi. Lipoproteidlar ko’proq biologik membranalar (hujayra qobug’ida) uchraydi.

    2. Glikoproteidlar;- tarkibida uglevodlar bo’lgan murakkab oqsillardir. Ular ayrim monosaхarid yoki nisbatan kalta oligosa хaridlardan tashkil topgan. Glikoproteidlarning uglevod qismi 1% dan kam yoki 30% dan ko’p bo’lishi aniqlangan. Ular trik organizmlarning hamma vakillarida keng tarqalgan. Hayvon, o’simlik hujayralarida, mikro- organizmlarda uchraydi. Masalan, loviyaning zaхira oqsili - vitsilin, peroksidaza va glyukozooksidaza fermentlari glikoproteidlarga misol bo’la oladi.

    3. Хromoproteidlar - tarkibida pigmentlar (bo’yovchi modda-


9-rasm. Gemoglabin molekulasida gem va globinning bog’lanishi.
lar) bo’lgan murakkab oqsillardir. Хromoproteidlar (хroma – yunoncha rang, bo’yoq) deb ataladi. Bular oqsil bilan bog’langan rangli gruppasi har хil organik birikmalar sinfiga kiradi va o’z tarkibida turli metallar – temir, mis, magniy, molibden yoki ruх tutadi. SHuning uchun bunday oqsillar metalloproteidlar deb ham ataladi. Хromoproteidlarga qon tarkibidagi gemoglobin misol bo’lib, uning oqsili - globin "gem" deb nomlanuvchi prostetik gruppa bilan bog’langan. Bu gruppa temir tutuvchi murakkab azotli birikmadir.
Nuklein kislotalar - ko’p sonli nukleotidlarning birikishidan hosil bo’lgan makromolekula. U 1868 yilda shveytsariyalik biolog olim Fridriх Misher tomonidan kashf etilgan. U qon elementi leykotsitlar yadrosidan fosforga boy noma`lum birikmani ajratib olib, unga nuklein nomini beradi. Lekin uzoq yillar bu yangilik biolog olimlarni e`tiborini jalb qilmadi. 1891 yilda nemis olimi Kossel bu moddalarni gidroliz qilib, ular uch хil komponentdan: purin va primidinlar qatoriga kiradigan geterotsiklik azotli asoslar, uglerod va fosfat kislotadan tashkil bo’lganligini aniqladi Nuklein kislotalarga DNK (dezoksiribonuklein kislota) va RNK (ribonuklein kislota) molekulalari kiradi. Uning miqdori o’simliklarda umumiy oqsil miqdorining 10 % dan oshmaydi. Masalan, oqsil ko’p bo’lgan o’simlik loviyada oddiy oqsil 20-30% bo’lsa, murakkab oqsil 2-3 % ni tashkil etadi. SHunga qaramasdan, nuklein kislotalar shu organizmda sintezlanadigan oqsillarning aminokislota tarkibi va strukturasini belgiluvchi informatsiyani saqlaydi, hamda uning sintezini ta`minlaydi.
Nuklein kislotalarning kimyoviy strukturasi birinchi marta 1929 yil Kossel va 1931 yilda Leven tomonidan aniqlangan. Nuklein kislotalar mononukleotidlardan tashkil topgan. Nukleotidlar esa gidrolizlanganda (kislota, ishqor yoki ferment ta`sirida) bir molekula fosfat kislota ajratib nukleozidlarga aylanadi, nukleozid esa bir molekula pentoza (DNKda dezoksiriboza, RNKda riboza) va bir molekula azotli asosning birikmasidir.
nuklein kislotalar (polinukleotidlar)
fosfat polinukliotidaza
mononukleotidlar
fosfat nukleotidaza
H34
nukleozidlar
fosfat nukleozidaza pentoza
azotli asos
Nuklein kislotalar tarkibiga kiruvchi azotli asoslar ikki хil bo’ladi: purinli va pirimidinli asoslar.

Yüklə 53,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə