Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə126/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Sariyog‘.


Sariyog‘ tabiiy sut qaymog‘idan tayyorlangan mahsulotdir. U qaymoqqa xos xushta’mlik va xushbo‘ylikka, 10—12°C haroratda esa plastik konsistensiyaga ega bo‘ladi.
Sariyog‘ qimmatli xossalarga ega va yaxshi hazm bo‘ladigan yuqori kaloriyali mahsulot hisoblanadi. Sariyog‘ning tarkibida yog‘ning miqdori 61,5—82,5% ni, namlik esa 16—35% ni tashkil qiladi. Uning tarkibida kichik molekulali yog‘ kislotalari ko‘p miqdorda (8—13%). Bu sut yog‘ining erish harorati pastligini (28—35°C) va mazasining shirinligini belgilaydi.
Sariyog‘da A va E darmondorilari va mahsulotning biologik qiymatini belgilovchi moddalar — fosfatidlar, oqsillar, letsitin, laktoza va mineral moddalar mavjud bo‘lib, inson organizmida yaxshi hazm bo‘lishini (95%) ta’minlaydi. 100 g sariyog‘ning energetik qiymati o‘rtacha 3200 kJ.

      1. Nazariy o’quv mashg’ulotlari o’qitish te

        ilova


      2. ilova




      1. ilova


Kichik guruhlarga bo‘linib ishlash uchun topshiriq (SAVOL)



Kichik guruhlarga bo‘linib ishlash uchun savolga (JAVOB)





  1. Sut sut emizuvchi hayvonlar sut bezlarining faoliyati natijasida hosil bo‘lib, och-sarg‘ish rangli, o‘ziga xos hidga va sal shirinroq ta’mga ega bo‘lgan suyuqlikdir. Hayvon organizmida sutning hosil bo‘lishi yemish tarkibidagi oziqaviy moddalarning chuqur va murakkab o‘zgarishi va sut bezlari hujayralarida moddalarning yangidan sintez bo‘lishi natijasida ro‘y beradi.

Inson turli hayvonlarning sutini iste’mol qiladi, ammo ularning orasida sigir suti keng tarqalgan.
Sigir sutining tarkibida 85—89% suv, 2,8—5,0% yog‘,4% oqsillar, 4,4—5,1% sut qandi, 0,6—0,85% mineral moddalar, fermentlar, A, B, B12, C, D, E, PP darmon- dorilari, gormonlar, pigmentlar, gazlar mavjud.



  1. Pasterizatsiya qilingan sut, Sterilizatsiya qilingan sut , Qaynatib pishirilgan sut, Sof tabiiy sut, Qayta tiklangan sut, Yog‘sizlantirilgan sut Seroqsil sut, Darmondorilangan sut .

  2. Sut oziq-ovqat mahsulotlari ichida eng muhimi bo‘lib, tarkibida odam organizmi uchun zarur bo‘lgan 200 ga yaqin kimyoviy va biologik moddalar mavjud. Uning tarkibida yog‘, oqsil, sut qandi, darmondorilar, fermentlar, kislotalar, mineral va boshqa muhim moddalar bor. Oziqaviylik qiymatiga ko‘ra sut har qanday mahsulotning o‘rnini bosishi mumkin, lekin hech qaysi mahsulot sutning o‘rnini ololmaydi.




  1. Sutda nafaqat organizmga kerakli barcha moddalar mavjud, balki ularning miqdoriy nisbatlari ham ma’qul joylashgan. Sut va sut mah- sulotlari inson organizmi tomonidan yengil va qariyb butunlay hazm qilinadi. Sutning tarkibi doim bir xil bo‘lmaydi, u sigirning nasli va yoshiga, parvarish qilinishi, boqilishi, sog‘ilish davrining davomiyligiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillardan eng asosiysi molning boqilishi va nasli hisoblanadi: yaxshi boqim sut sog‘imini oshiradi, uning tarkibi va sifatini yaxshilaydi.




      1. Yüklə 4,89 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə