Mahsulotlari tovarshunosligi


Qayta ishlangan sut mahsulotlari



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə132/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Qayta ishlangan sut mahsulotlari


Sut konservalari ishlab chiqarish sut tarkibidagi suv miqdorini keskin kamaytirish va shu asosda sut tarkibida asosiy ozuqaviy moddalarning konsentratsiyasini oshirishdan iborat.
Sut konservalari sutni konservalash usuliga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: qand qo‘shib (quyultirilgan sut konservalari); sterilizatsiya qilish yo‘li bilan (bankalarda quyultirib sterilizasiya qilingan konservalar); suvini batamom qochirish yo‘li bilan konservalangan (quritilgan sut mahsulotlari).
Quyultirilgan sut konservalari(сгущенное молоко). Bu guruhga qand qo‘shib quyultirilgan tabiiy sut, qand qo‘shib quyultirilgan qaymoq, qand va kakao qo‘shib quyultirilgan sut, qand va qahva qo‘shib quyultirilgan sut va shunga o‘xshash konservalar kiradi.
Quruq sut tarkibida ko‘p miqdorda to‘liq qiymatli oqsil moddalari, kalsiy va B guruh darmondorilari mavjudligi uchun yuqori ozuqaviy ahamiyatga egadir.
Quruq sutlarni ishlab chiqarish tabiiy sut tarkibidagi 95—97% suvni quritish yo‘li bilan mahsulotdan chiqarib yuborishga asoslangan. Sut tarkibidagi suv miqdorini belgilangan darajagacha kamaytirish mikroorganizmlarning yashash sharoiti uchun noqulay sharoit tug‘diradi. Ular bu sharoitda uzoq muddat saqlaganda esa asosan qirilib bitadi.
Muzqaymoq sut yoki meva-rezavor meva xomashyo aralashmalariga stabilizatorlar qo‘shib kuvlash, muzlatish yo‘li bilan olinadigan shirin, rohatbaxsh oziq-ovqat mahsuloti. U uglevod, yog‘, oqsil, ma’danli tuzlar va darmondorilarga boy.
Muzqaymoq ishlab chiqarish uchun qaymog‘i olinmagan va qaymog‘i olingan sut,
qaymoq, sariyog‘, qand qo‘shib quyultirilgan sut mahsulotlari, quruq sut va qaymoq, shakar, lazzat va xush- bo‘ylantiruvchi xomashyolar (kakao, qahva, yong‘oq va bodom mag‘zi, essensiyalar, vino, konyak va h.k.) ishlatiladi. Muzqaymoq ishlab chiqarishda stabilizatorlar ishlatiladi. Stabilizatorlar sifatida agar, agaroid, pektin, kraxmal va oliy navli bug‘doy uni singari xomashyolardan foydalaniladi.
Muzqaymoq hozirgi kunda xilma-xil assortimentda chiqariladi. Kimyoviy tarkibiga va qo‘shiladigan xomashyolarning turiga qarab muzqaymoqlar sutli, qaymoqli, plombir, meva- rezavor mevali, xushbo‘ylantirilgan va boshqalarga bo‘linadi.
Organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha muzqaymoqlar tegishli me’yoriy hujjatlar talabiga javob berishi kerak.



    1. Yüklə 4,89 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə