Mahsulotlari tovarshunosligi


bajaradigan va yangilik kiritishga intilgan, har jihatdan boshqa o’quvchilarga o’rnak bo’ladigan



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə138/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

bajaradigan va yangilik kiritishga intilgan, har jihatdan boshqa o’quvchilarga o’rnak bo’ladigan

5
(a’lo)

2

Umumiy ovqatlanish korxonalarida Tovuq tuxumi. Qayta ishlangan tuxum mahsulotlari. Parranda va ilvasin go‘shtlari mavzusi bo’yicha olgan bilimlarini kasbidagi o’rnini to’g’ri tushungan, o’quv ko’rgazmali qurollardan foydalana oladigan, ,mustaqil fikrlayoladigan,olgan bilimlarini tushuntirib bera
oladigan

4
(yaxshi)

3

Darslarda 95 % gacha qatnashgan, ma’ruzalarni
tayanch daftarifa, o’quv qurollari to’liq bo’lgan, adabiyotlardan foydalanishni bilgan

3
(qoniqarli)

4

Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko’nikmalarni 55% dan kam o’zlashtirgan o’quvchilar

2
(qoniqarsiz)

Izoh: O’quv dasturining mantiqan tugallangan bo’limi bo’yicha o’quvchi albatta baholanadi va natijasi o’tish balidan 3 ball past bo’lganda qayta nazorat belgilanadi.





    1. ilova Tuxum g‘oyat muhim oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida tuxumning har xil turlari ishlatiladi. Bularga tovuq, o‘rdak, g‘oz,

kurka, bedana, qirg‘ovul tuxumlari kiradi.
Non, makaron va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda tabiiy tuxum bilan bir qatorda turli xil tuxum mahsulotlari (melanj, tuxum kukuni, tuxum oqsili, tuxum sarig‘i)dan ham foydalaniladi. Ularning qo‘llanilishi mahsulotlarning oziqaviy qiymatini oshirish bilan bir qatorda ta’mi, rangi, konsistensiyasi va boshqa xossalarini yaxshilashini ta’minlaydi.
Tuxum sarig‘ida emulgator hisoblangan letsitin mavjudligi sababli xamir mahsulotlarning strukturasi ancha yaxshilanadi. Tuxum oqsili yaxshi ko‘pik hosil qilishi tufayli u pastila va zefir kabi kuvlangan qandolat mahsulotlari, pirojnoye va tortlar uchun kremlar tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Oshpaz- likda tuxum va tuxum mahsulotlaridan turli xil taomlar tayyorlashda foydalaniladi.
Barcha uy parrandalari ichidan tovuq tuxumi eng qimmatli va keng tarqalgani hisoblanadi. G‘oz va o‘rdak tuxumi odamlarning paratif va boshqa yuqumli kasalliklar bilan kasallanishi manbayi bo‘lganligi sababli yangi holda iste’mol qilinmaydi. Ular pishirish vaqtida yuqori harorat ta’sir ettiriladigan mahsulotlar (pechenye, bulochkalar) tayyorlashda ishlatiladi.
Tovuq tuxumida po‘choq, oqsil va sarig‘likning nisbati, tuxumning kimyoviy tarkibi parrandaning yoshi va zoti, oziqlantirish sharoitlari, tuxumning qo‘yilgan vaqti, saqlanish muddati, sharoitlariga va tuxumning kattaligiga bog‘liq. Tuxum tarkibida inson organizmining normal rivojlanishi uchun zarur bo‘ladigan hamma moddalar mavjuddir. Ayniqsa, tovuq tuxumi yuqori ozuqaviy qiymatga ega ekanligi, letsitin, temir, kalsiy tuzlariga hamda A, D, E darmondorilariga boyligi uchun parhez va davolash maqsadlarida ishlatiladi. Lekin jigar, ateroskleroz kasalliklarida va qariyalarga tuxumni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Tovuq tuxumining kimyoviy tarkibiga: oqsillar — 12,7%, yog‘lar — 11,5%, uglevodlar — 0,7%, mineral moddalar — 1,0%, suv — 74,0%, darmondorilardan A, D, Bj, B2, PP va boshqalar kiradi.
Tovuq tuxumining massasi 45—76 g (o‘rtacha 52 g), o‘rdakniki — 75—100 g, kurkaniki — 80—100 g, g‘ozniki 160—200 g ni tashkil qiladi.
Tovuq tuxumining og‘irligiga nisbatan, asosan, uch qismdan iborat: tuxum po‘chog‘i (12%), tuxum oqi (56%), tuxum sarig‘idan (32%).



Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə