Mahsulotning sifati ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari



Yüklə 35,03 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü35,03 Kb.
#140561
  1   2   3
25.9.2023


Mahsulotning sifati ko‘rsatkichlarini
aniqlash usullari
Texnikaviy darajani baholash - mahsulotning jahon, regional,
milliy yoki tarmoq darajasiga javob berishini o‘rnatishdan iborat.
Bu vazifa mahsulotning texnikaviy darajasi ko‘rsatkichini bazis
namuna ko‘rsatkichi bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Taqqoslash asosi qilib qabul qilingan bazis namuna - bu
baholanayotgan mahsulot analoglari guruhidan ajratilgan va fantexnikaning ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi mahsulotnamunasidir.Baholash natijasida mahsulotni quyidagi uchta darajadan birigakiritiladi:
>Jahon darajasidan yuqori;
>Jahon darajasiga javob beradi;
>Jahon darajasiga javob bermaydi.
Baholash natijalari yangi tur mahsulotini ishlab chiqarishda
foydalaniladi:
Texnikaviy topshiriqqa (TT) kiruvchi shartlarni asoslab
berishda;
Normativ hujjatlarga (NH) kiruvchi shartlarni asoslab
berishda;
Mahsulotni ishlab chiqarishga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni
qabul qilishda;
Mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlash yoki
almashtirishning maqsadga muvofiqligini asoslab berishda;
Mahsulotni eksporti yoki importi bo‘yicha mulohazalarning
shakllanishida.

Mahsulotning texnikaviy darajasini baholash bosqichlari o‘z


ichiga quyidagilarni oladi:

A.

Baholash

uchun

zarur

bo‘lgan

ko‘rsatkichlar

nomenklaturasini aniqlash:
















Ko‘rsatkichlar

nomenklaturasi

bir

turdagi

mahsulot




namunalarini, ya’ni bir xil nomdagi va bir xil maqsadda
foydalanilaniladigan mahsulot namunalarini taqqoslashni
ta’minlashi zarur. Boshqacha aytganda, ko‘rsatkichlar nomenklaturasini ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda baholash maqsadlaridan
kelib chiqib o‘rnatiladi.
Ko‘rsatkichlar nomenklaturasi klassifikatsion va baholash
ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. Klassifikatsion ko‘rsatkichlar
ushbu tur mahsulotining ishlatilish maqsadlari va qo‘llanish sohasini
tavsiflaydi. Bu ko‘rsatkichlarning miqdoriga qarab jahon bozoridagi
namunalar baholanayotgan mahsulot analoglari guruhiga kiritiladi.
Baholanayotgan va bazis namunalarining keyingi taqqoslashlarda
ulardan foydalanilmaydi, chunki ular mahsulot sifatini
tavsiflamaydilar. Bularga mahsulotning ishlatilish maqsadlarini yoki
qo‘shimcha moslamalaming, parametrlarning va boshqalarning
mavjudligini aniqlovchi sifat ko‘rsatkichlari kiradi.

Yüklə 35,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə