Mahsulotning sifati ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari


G. Baholanayotgan namunani bazis namuna bilan taqqoslash



Yüklə 35,03 Kb.
səhifə3/3
tarix29.11.2023
ölçüsü35,03 Kb.
#140561
1   2   3
25.9.2023

G. Baholanayotgan namunani bazis namuna bilan taqqoslash
bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda
mahsulotni va uning ko‘rsatkichlari qiymatlarini xalqaro standart
ko‘rsatkichlariga xavfsizlik ko‘rsatkichi, ekologiya ko‘rsatkichi va
boshqa ko‘rsatkichlarni ham inobatga olgan holda mos kelishi
tekshiriladi. Ushbu shartlardan birortasiga javob bermaydigan
mahsulot jahon bozori darajasiga javob bera olmaydi. Yuqoridagi
shartlar bajarilsa, ikkinchi bosqichga o‘tiladi.
Ikkinchi bosqichda baholanayotgan mahsulotni har bir bazis
namuna bilan baholash ko‘rsatkichlarining qiymati bo‘yicha jufti
bilan taqqoslash usuliga ko‘ra solishtiriladi. Bunda taqqoslash
quyidagi natijalardan biriga olib kelishi mumkin:
• baholanayotgan mahsulot ko‘rsatkichlarining juda bo‘lmasa
bittasi bo‘yicha bazis namunaga javob bermasa, bunday mahsulot
bazis namunadan past hisoblanadi;
32
• baholanayotgan mahsulot ko‘rsatkichlarining juda bo‘lmasa
bittasi bo‘yicha bazis namunadan ustun bo‘lsa va qolgan
ko‘rsatkichlar bo‘yicha bazis namunadan qolishmasa, bunday
mahsulot bazis namunadan ustun bo‘ladi;
• baholanayotgan mahsulot barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha
bazis namunaga mos kelsa, u bazis namunaga teng qiymatli
hisoblanadi.
Agar baholanayotgan mahsulot ba’zi ko‘rsatkichlar bo‘yicha
bazis namunadan ustun bo‘lsa, boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa
bazis namunaga javob bermasa, taqqoslash natijasi aniqmas
hisoblanadi.
Mahsulotning texnikaviy darajasini baholashning ushbu
bosqichlarini amalga oshirish yakuniga ko‘ra mahsulot yuqoridagi 3
ta guruhdan qaysi biriga kiritish mumkinligi to‘g‘risida xulosa
chiqariladi.
Baholanayotgan mahsulotning analoglari bo‘lmagan hollarda,
agar mahsulot avtorlik guvohnomalari yoki patentlari bilan
himoyalangan yangi texnik yechimlar bilan tavsiflansa, u jahon
darajasiga javob beradigan hisoblanadi.
Ishning yakunida qo‘yilgan maqsadlar va olingan natijalarga
bog‘liq holda mahsulot ishlab chiqarishga qo‘yish, ishlab chiqarish
va takomillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun taklif va
mulo‘azalar tayyorlanadi.
Yüklə 35,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə