Majidov taxir shadmanovich


-rasm. YOqilg‘i elementlarida ishlaydigan elektroximik



Yüklə 17,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/105
tarix28.11.2023
ölçüsü17,86 Mb.
#137932
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105
portal.guldu.uz-NOANA’NAVIY VA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI

90-rasm. YOqilg‘i elementlarida ishlaydigan elektroximik
generatorningsoddalashtirilgansxemasi.


153
YOqilg‘i elementlari juda ko‘p belgilarga karab klassifikatsiyalanadi. Ulardan
asosiysi – yoqilg‘i va elektrolitning qanday holatda bo‘lishidir. SHunga asosan
yoqilg‘i qattiq, suyuqva gaz holatlaridagi yoqilg‘i elementlari bo‘lishi mumkin.
Xullas, to‘xtovsiz yoqilg‘i(vodorod)ni va oksidlovchi(vodorod)ni uzatib
turish natijasida yoqilg‘i ionlarini to‘xtovsiz elektroximik oksidlanishi
va elektrenergiyani to‘xtovsiz ajralishi ro‘y beradi
14-BOB. ENERGIYANING BOSHQA TURLARI
14.1 Energiyaning boshqa turlari: vodorod yoqilg‘isi; shahar
chiqindilari.
Biz ko‘rib chiqqan tabiatdagi qaytalanuvchi energiya manbalaridan tashqari
energiyaning boshqa turlari ham mavjud. Quyida hozirgi kunda insoniyat tomonidan
foydalanish yo‘lga qo‘yilayotgan vodorod yoqilg‘isi va shahar chiqindilaridan
energiya olishni qarab chiqamiz.
14.1.1 Vodorod yoqilg‘isi
Ana’naviy-organik yoqilg‘i bozorida ozgina krizis boshlanishi bilan neft va
gaz mahsulotlarining o‘rnini bosadigan boshqa energiya manbalaridan foydalanishga
harakat qilinadi. Juda ko‘p olimlarning fikricha, zamonaviy energetikaning
rivojlanishida uglevodorod yoqilg‘ilarinig o‘rniga tabiatda juda ko‘p tarqalgan ximik
element-vodoroddan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 


154
Vodorod zahiralari planetamizda bitmas-tuganmasdir. Bundan tashqari bir xil
og‘irlikda vodorod, benzinga qaraganda 3 marta ko‘proq issiqlik ajratadi hamda
undan yoqilg‘i sifatida xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida foydalanish mumkin
(transportda, sanoatda, maishiy xizmatda va boshqalarda).
Vodorod yoqilg‘isini qo‘llash, atrof-muhitni toza saqlashga sharoit yaratadi, 
chunki vodorod yoqilishi natijasida undan chiqindi sifatida distillangan suvning
bug‘lari ajarlib chiqadi xolos.
Vodorodni tashish va saqlash juda qulaydir. Uzoq masofalarga uni quvurlar
orqali uzatish mumkin. Vodorodni quvurlar orqali uzatish, elektroenergiyani ulkan
elektr uzatish tarmoqlarida uzatishga nisbatan bir necha barobar arzonroqdir [29, 45].
Olimlar vodorod yoqilg‘isini sanoat asosida ishlab chiqishning ko‘pgina
usullarini topishdi, asosan odatdagi suvdan. Uning juda katta miqdorini er kurrasida
zahiralari juda katta bo‘lgan toshko‘mirdan olish mumkin. Vodrod yoqilg‘isini suvda, 
havoda, hattoki havosi siyraklashgan kosmik kengliklardan olish mumkinligi, bu
yoqilg‘ini biznes olamidagi dovrug‘ini nihoyatda oshirib yubordi,chunki uni ishlab
chiqarish uchun deyarli xarajatlar qilinmaydi, foyda to‘g‘ridan-to‘g‘ri havodan
olinadi.
21-asr
boshlarida
dunyodagi
katta
biznes
namoyondalari, vodorod
energetikasiga qiziqish juda katta ekanligi to‘g‘risida ochiq-oydin gapira boshlashdi. 
AQSH. Xitoy, Evropa Ittifoqi mamlakatlari vodorod yoqilg‘itsi ishlab chiqarish
uchun milliardlab dolllar mablag‘larni investitsiya qilishdi. Faqat birgina
«FutureGen» vodorod elektrostansiya-sining loyihasi uchun AQSH hukumati 1,2 
mlrd. dollar mablag‘ sarfladi, Xitoy davlati xuddi shunday elektrostansiya uchun
bundan ham ko‘p mablag‘ sarfladi. Hozirgi kunda vodorod energetikasini
rivojlantirish uchun Sharp, Sanyo, Hitachi, Toyota, Panasonic kompaniyalari juda
katta mablag‘larni investitsiya qilmoqdalar.
Vodorod energiyasidan foydalanish mumkin bo‘lgan usullardan biri, bu ximik
elementni vodorod yoqilg‘isiga aylanishidir, ya’ni vodorod va
kislorod
aralashmasining siqilgan yoki gaz holatidagi ko‘rinishidir. Bu ko‘rinishdagi
aralashmaning yonish issiqligi, benzin (tabiiy gaz) va havo aralashmasi issiqligidan


155
yuqoriroqdir. Vodorod yoqilg‘isini ishlab chiqish va undan ommaviy tarzda
foydalanish, hozircha
uning
tannarxi
qimmatligi
hamda
uni
tarqatish
infrastrukturasini yo‘qligi sababli kechikmoqda. Vodorod yoqilg‘isini ishlab
chiqarish, uni olish usuliga bog‘liqdir. Masalan, quyidagi moddalardan ishlab
chiqarilgan 1 kg vodorod yoqilg‘isi narxi:

metan gazidan ishlab chiqarish – 2,5 doll./kilo;

suvdan elektroliz yo‘li bilan - 2÷10 doll./kilo;

toshko‘mirga havosiz joyda yuqori temperaturada ishlov berish yo‘li bilan
1,5÷2,0 doll./kilo.
Ma’lumki, vodorod yoqilg‘isi ishlab chiqarish texnologiyasining bu xilda
rivojlanishi, uni ana’naviy organik yoqilg‘ilar bilan konkurensiya qila olmasligini
bildiradi. Ammo
hozirgi
texnologiyalar, zamonaviy
texnologiyalar
bilan
almashtirilishi natijasida vodorod yoqilg‘isini ishlab chiqarish tannarxini pasayishiga
olib kelmoqda, ana’naviy yoqig‘i turlari esa kundan-kunga qimmatlashib bormoqda.
Hozirgi kunda dunyodagi juda ko‘p engil avtomobil ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar vodorod yoqilg‘isi hamda gibrid (benzin+vodorod) yoqilg‘isida
harakatga keladigan avtomobillarniishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Nemis
olimlarinig hisobiga ko‘ra, 21-asrning o‘rtalarida vodorod yoqilg‘isi bilan ishlaydigan
avtomobillar er yuzida 75 % ni tashkil qiladi, qolgan 25 % igina organik
yoqilg‘ilardan foydalanadi [46]. 
Bu sohada AQSHning Daimler va Honda, Xitoyning Shanghai hamda
nemislarning VW kompaniyalari etakchi o‘rinlarni egallab kelishmoqda. Masalan, 
volorod yoqilg‘isi bilan ishlaydigan Honda FCX avtomobilini ko‘rib chiqaylik. 
To‘liq vodorod yoqilg‘isida ishlaydigan Honda FCX avtomobili, 160 km/soatgacha
tezlikni oshira oladi va to‘ldirilgan yoqilg‘i baki bilan 500 km masofani o‘ta oladi. 
Uning yoqilg‘i bakiga 5 kg siqilgan vodorod yoqilg‘isi joylashadi. Hozirgi kunda 200 
dona shunday avtomobillarga ega shaxslar bo‘lib, yana 50 mingdan ortiq
avtomobilistlar shu kabi mashinalarga ega bo‘lish istagini bildirishgan. Havo
temperaturasi 30
0
ga sovub ketganda ham uni birdan o‘t oldirish mumkin.


156

Yüklə 17,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə