Majidov taxir shadmanovich


r-p ga o‘tish fotoeffekti deb ataladi. r-p



Yüklə 17,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/105
tarix28.11.2023
ölçüsü17,86 Mb.
#137932
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
portal.guldu.uz-NOANA’NAVIY VA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI

r-p
ga o‘tish
fotoeffekti deb ataladi.
r-p
o‘tish
fotoeffektida
quyidagi
jarayon
yuz
beradi. 
p
yarim
o‘tkazgichdaortiqcha erkin elektronlar,
r
yarim o‘tkazgichda esa, musbat tirqishlar
mavjud. Ularning o‘zaro aloqasi natijasida elektronlarning diffuziyasi kuzatiladi. 
Diffuziyalanish, aloqa qilish tekisligida (bekitilgan qatlam) 
nisbiy va musbat zaryadlar konsentratsiyasi,zaryadlar diffuziyasini tenglashtiruvchi
potensiallar farqini hosil bo‘lmaguncha davom etadi. Biroq o‘zaro aloqada hosil
bo‘lgan potensiallar farqidan foydalanib bo‘lmaydi, chunki yopiq zanjirda u xuddi
shunday teskari belgili potensiallar farqi bilan tenglashadi. Agar aloqa qilish
tekisligiga yorug‘lik berib turilsa, unda ikkala yarim o‘tkazgichlarda qo‘shimcha juft
elektron-tirqishlar hosil bo‘ladi. Ularning aloqa qilish farqi ta’sirida potensiallar farqi
aralashib ketadi: elektronlar
p
yarim o‘tkazgichga o‘tib uni manfiy zaryadlaydi; 
tirqishlar esa
r
yarim o‘tkazgichga o‘tib uni musbat zaryadlaydi. Aloqa qilish tekisligi
doimiy ravishda yoritilib tursa, potensiallarning qo‘shimcha farqi, tashqi zanjirda
doimiy elektr tokini hosil qiladi.
Aloqa qilish yuzasini yoritib turish imkoniyatini hosil qilish uchun, 
r
yarim
o‘tkazgich, juda yupqa, amaliy jihatdan shaffof
p
yarim o‘tkazgich bilan qoplanadi. 
Quyosh batareyalarini hosil qiluvchi quyosh elementlari yig‘indisi, xuddi shunday
tayyorlanadi.
Hozirgi vaqtda butun dunyoda, yuqori samarali quyosh elementlarini (arzon va
yuqori FIKli) yaratish maqsadida, har xil yarim o‘tkazgichlarni izlash va tekshirib
ko‘rish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda uch (va undan ortiq) komponentli
yarim o‘tkazgichli birikmalar asosidagi yupqa plyonkali fotoelementlarning
namunalari bor. Xuddi shuningdek, qimmatroq ammo yupqa plyonkali elementlarga


164
qaraganda yanada samaraliroq monokristall kremnieli elementlardan foydalanish
borasida ham muvaffaqiyatlar bor (olmosga o‘xshash struktura
һ
i sintetik material). 
Kelajakda FIK 30 % dan ko‘proq bo‘lgan quyosh elementlarini yaratish imkoniyati
tug‘ilmoqda (zamonaviy kremneyli fotoelementlarning FIK i 15 % dan oshmaydi).
Hozirgi vaqtda, fotoo‘zgartiruvchining narxini pasaytirish va uning umumiy
samaradorligini oshirish maqsadida, quyosh nurlanishini yig‘uvchi har xil
sistemalardan foydalanilmoqda. Bu holatda, polimer linzasi kichik maydon
yuzasidagi quyosh nurlanishini yig‘uvchi, uncha qimmat bo‘lmagan qurilma sifatida
xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida, fotoelementning o‘lchamlarini kamaytrishga va
shu hisobdan qimmatroq, yuqori samarali quyosh elementlaridan foydalanishga
imkon beradi. Bu maqsadlarda nuqtali fokuslovchi Frenel linzasidan foydalanish, bir
necha yuz marta tabiiy nurlanishdan ko‘proq quyosh nurlanishini yig‘ish, shu bilan
bir qatorda fotoelementning asosiy chiqish ko‘rsatgichlari samaradorligini mos holda
oshirish imkonini beradi.
Biroq quyosh nurlanishini yig‘ishdan foydalanish, yig‘uvchilarsiz fotoelektrik
sistemalarga xos bo‘lmagan bir qator xususiyatlarga ega. SHuningdek, yig‘ilgan
nurlanishni yutish davrida, quyosh elementlaridan samarali ravishda chetga olib
chiqish zarur bo‘lgan katta miqdordagi issiqlik ajralib chiqadi. Bundan tashqari, 
fokuslashtirilgan nur dog‘i,element chegarasidan chiqib ketmasligi va elementni
quyoshga nisbatan aniq joylashishini ta’minlashi lozim. Buni ta’minlash uchun
quyoshning harakat holatini kuzatib turadigan maxsus tizim qo‘llash zarur.
Nur yig‘uvchilarni qo‘llash, quyosh batareyasining chiqishdagi energetik
xarakteristikalarini oshishiga olib keladi, jumladan kechki soatlarda quvvat va
elektroenergiya ishlab chiqarilishi (shuning o‘zi ham quyosh elektrostansiya-sining
energosistemada ishlashida juda muhimdir), xuddi shuningdek qurilmaning
energoiqtisodiy ko‘rsatgichlarini ko‘taruvchi uning FIKidir.

Yüklə 17,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə