Majidov taxir shadmanovich


-rasm. CHiqindilarni to‘plash



Yüklə 17,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/105
tarix28.11.2023
ölçüsü17,86 Mb.
#137932
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   105
portal.guldu.uz-NOANA’NAVIY VA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI

94-rasm. CHiqindilarni to‘plash.
14.2 Energiyaning boshqa turlari: fotosintez; fotoelektrik
o‘zgartiruvchilar.
Biz ko‘rib chiqqan tabiatdagi qaytalanuvchi energiya manbalaridan tashqa-ri
energiyaning boshqa turlari ham mavjud. Quyida hozirgi kunda insoniyat tomonidan


160
foydalanish
yo‘lga
qo‘yilayotgan
fotosintez
orqali
va
fotoelektrik
o‘zgartiruvchilardan energiya olishni qarab chiqamiz.
14.2.1 Fotosintez.
«Fotosintez» so‘zi grekcha bo‘lib «fotos» -yorug‘lik, «sintez» - birikma
so‘zlaridan tashkil topib, karbonot angidrid - SO
2
dan organik moddalarni hosil
bo‘lish jarayonidir.
O‘simliklarda yuz beradigan fotosintez jarayoni Er yuzidagi barcha hayotning
asosi hisoblanadi. Fotosintez jaryoni tufayli: o‘simliklar quyosh energiyasidan
foydalanib, noorganik birikmalardan boshqa barcha tirik orga-nizmlarga ozuqa bo‘lib
xizmat qiladigan organik birikmalarni ishlab chiqa-radi; er planetasini o‘rab turgan, 
biz nafas oladigan havoning o‘zi ham, xuddi shuningdek dunyo energetikasi
tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha energiya-bu qazilma yoqilg‘ilarning
energiyasi, ya’ni qachonlardir er yuzasida yashagan o‘simliklarning fotosintez
jarayoni mahsuloti tufayli hosil bo‘lgandir .
Dunyo o‘rmonlarining fotosintez natijasida beradigan umumiy issiq-lik
energiyasi 40-50x10
12
Vt ekvivalent energiyani tashkil qiladi. Bu energiya hozirgi
vaqtda qazib olinayotgan neft va gaz energiyasidan 10 barobar ortiqdir [19, 49].
Fotosintez-quyosh
yorug‘ligi
energiyasidan
foydalanib, 
noorganik
birikmalardan organik birikmalarni hosil bo‘lish jarayonidir. Uning biolo-
gik ahamiyati shundaki, er yuzidagi tirik organizmlarni organik moddalar bilan
ta’minlash va er atmosferasini kislorod bilan boyitishdan iboratdir. Fotosintez –
murakkab ko‘p bosqichli jarayondir
Fotosintez turlariga quyidagilar kiradi.
1. Xlorofillsiz fotosintez
2. Xlorofilli fotosintez:

anoksigenli;

oksigenli.
Fotosintez bosqichlari:

fotofizik;


161

fotoximik;

ximik.
Birinchi bosqichda yorug‘lik kvantlarini pigmentlar bilan yutish jarayoni sodir
bo‘ladi, natijada ular qo‘zg‘oluvchi holatga o‘tib, energiyasini fototizimning boshqa
molekulalariga uzatadi.
Ikkinchi bosqichda raksiya markazida elektronlarning bo‘linishi yuz beradi.
Elektronlar, elektronlarni harakatga keltiruvchi zanjir bo‘ylab harakatlanadi.Ikkala
bosqichdagi jarayonni, fotosintezning yorug‘likka bog‘liq
bo‘lgan davri deyiladi. 
Uchinchi bosqich, yorug‘lik qatnashmagan holda yuz beradi hamda
yorug‘likka bog‘liq bo‘lgan vaqtda yig‘gan energiyasidan foydalangan holda,
organik moddalarning bioximik sintezi reaksiyasini qamrab oladi
Insoniyat va hayvonot dunyosi kislorod iste’mol qilib (96-rasm) o‘zidan
karbonat angidrid ajratib chiqarsa, atmosferaga ajralib chiqqan karbonot angidrid -
o‘simliklarning asosiy uglerod manbai hisoblanadi. Ammo o‘simliklar karbonot
angidridni faqatgina yorug‘likda yutadi, yorug‘liksiz ular ham o‘zidan karbonot
angidrid ajratadi. Masalan, xonada o‘sayotgan juda ko‘p uy gullari va o‘simliklari
kechasi-qorong‘ulikda kislorod iste’mol qilishi sababli, shu xonada uxlagan kishining
kislorod etishmasligi sababli boshi og‘riydi. O‘simliklarda fotosintez jarayoni
xloroplastlarda amalga oshadi.

Yüklə 17,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə