Majidov taxir shadmanovich



Yüklə 17,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/105
tarix28.11.2023
ölçüsü17,86 Mb.
#137932
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   105
portal.guldu.uz-NOANA’NAVIY VA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI

a) b)
91-rasm. 
Vodorod yoqilg‘isida ishlaydigan Honda FCX engil avtomobili
va yoqilg‘i quyish stansiyasi
(a)
hamda Citaro avtobusi
(b)
Honda FCX avtomobilini 3 dona elektrodvigatel harakatga keltiradi. Ulardan
biri oldingi g‘ildiraklarni aylantirsa, qolgan 2 dona elektrodvi- gatel keyingi
g‘ildiraklarga ulangan. Oldingi elektrodvigatelning quvvati 80 kVt/soat quvvatga ega
bo‘lsa, keyingi g‘ildiraklarni harakatga keltiruvchi elektrodvigatellarninng quvvati
25 kVt/soatga teng (91
a
-rasm).
Mercedes-Benz konsernining Mercedes Citaro loyihasi katta shaharlar uchun
vodorod yoqilg‘isida ishlaydigan jamoat transportini ishlab chiqarish-dan iboratdir. 
Hozirgi kunda dunyoda bu kabi avtobuslardan 40 donasi ishlab turibdi. Avtobus
elektrodvigatellarinig quvvati 250 kVt/soatga teng bo‘lib, 40 kishidan iborat
yo‘lovchilar va ularning yuklari bilan 80 km/soat tezlikda harakat qiladi. Har 100 km
masofaga 25 kg vodorod yoqilg‘isi sarflaydi. Avtobusning yoqilg‘i bakiga 42 kg
vodorod yoqilg‘isi joylashadi va bu yoqilg‘i bilan avtobus 167 km masofani bosib
o‘tadi (91
b
-rasm).
Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 55÷60 mln tonna vodorod ishlab chiqariladi. 
Vodorod asosan azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda, past chastotali xom neftni motor
yog‘iga aylantirishda qo‘llaniladi. Siqilgan vodoroddan juda past (minus) temperatura
olishda hamda kriogen raketa dvigatellari uchun yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. 
Vodorod yoqilg‘isidan ko‘proq foydalanish hamda undan benzin o‘rnida foydalanish
to‘g‘risida doimiy ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.


157
14.1.2 SHahar chiqindilari.
SHahar chiqindilaridan organik yoqilg‘i sifatida foydalanib, ana’naviy usulda
issiqlik energiyasi yoki elektroenergiya ishlab chiqarish mumkin. Ammo shahar
chiqindilarning hammasidan organik yoqilg‘i sifatida foydalanish maqsadga muvofiq
emas. Uning yoqilg‘i sifatid yoqish mumkin bo‘lgan qismidangina organik yoqilg‘i
sifatida foydalanish mumkin. SHuning uchun shahar chiqindilarining asosi bilan
qisqacha tanishib o‘tamiz.
Ma’lumki katta kichik shaharlarining barchasida maishiy chiqindilar
mavjud. Har yili butun dunyoda 25·10
9
(25 000 000 000) tonna chiqindilar hosil
bo‘ladi. Atrof-muhitni tozaligi, shahardagi insonlarning sog‘ligi chiqindilarni o‘z
vaqtida yig‘ib utilizatsiya qilishga bog‘liqdir [19, 47].
Katta
shaharlarda
chiqindilarni
qayta
ishlash
muhim
ahamiyatga
ega.CHiqindilarni qayta ishlash natijasida er yuzida kam qolgan juda ko‘p resurs va
materiallar tejaladi. Masalan, Evropadagi firmalardan biri, chiqindilar tarkibidan oltin
ajratib olishni yo‘lga qo‘ygan.


Yüklə 17,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə