Majmua tx kun 2022 (oxirgi)



Yüklə 430,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix13.05.2023
ölçüsü430,14 Kb.
#110058
  1   2   3   4
7-mavzu



7-Ma’ruza 
Mavzu: Kanal va seans sathlarida himoyalanganlik kanallarni 
shakllantirish protokollari. 
Reja: 
1. Kanal sathida himoyalangan kanallarni shakllantish protokollari.
2. PPTP, L2F va L2TP protokollari.
3. Seans sathida himoyalangan kanallarni shakllantish protokollari.
4. SSL/TLS va SOCKS protokollari
Kanal sathi (Data Link layer) – bu sathda uzatish muhitiga ulanish mumkin 
yoki mumkin emas¬ligini tekshirish, hamda uzatilayotgan ma’lumotlardagi 
xatoliklarni aniqlash va ularni to‘g‘irlash mexanizmini amalga oshirish kabi vazifalar 
bajariladi. 
Buning uchun kanal sathida bitlar ketma-ketligi kadrlar (frames) (7.1-rasm) 
deb ataladigan to‘plamlarga guruhlanadi. Kanal sathi har bir kadrni to‘g‘ri uzatilishini 
ta’minlab beradi. Buning uchun hamda kadrni kadrdan ajratib turish uchun kanal 
sathi har bir kadrni boshlanishidan avval va ohirida maxsus bitlar ketma-ketligini 
joylashtiradi. 
7.1-rasm. Kadr tuzilishi 
Har bir kadrning baytlari ma’lum bir yo‘l bilan ishlanib nazorat qilish summasi 
hisoblanadi va u ham kadr tarkibiga qo‘shilgan bo‘ladi. Kadr tarmoq orqali o‘z 
manziliga etib kelganida, uni qabul qilib olgan stantsiya ham na¬zorat qilish 
summasini qayta hisoblaydi va kadrda birga yuborilgan nazorat qilish summasi 
bi¬lan solishtiriladi. Agar ular bir xil bo‘lsa kadr to‘g‘ri etib kelgan hisoblanadi va 
qabul qilinadi. 
Lokal kompyuter tarmoqlarida kanal sathi protokollaridan kompyuterlar, 
ko‘priklar kommutatorlar va marshrutizatorlar foydalanadilar. Kanal sathi 
protokollariga misol qilib - Ethernet, Token Ring, FDDI, l00VG-AnyLAN 
protokollarini keltirish mumkin. Ma’lumotlarni sifatli uzatishni ta’minlash vazifalari 
kanal sathi bilan birga, undan yuqoriroqda turgan tarmoq va transport sathlari 
vazifalariga ham kiradi. 
Bu standartlarga asosan lokal kompyuter tarmoqlarining kanal sathi ikkita sath 
osti sathlariga bo‘linadi: 
1. LLC (Logical Link Control) – mantiqiy kanalni boshqarish sath osti sathi. 
2. MAC (Media Access Control) - muxitiga ulanishni boshqarish sath osti sathi. 
62


LLC sathi – kompyuterlar o‘rtasida ma’lumotlarni har-xil darajadagi 
ishonchlilik bilan uzatishni amalga oshirish uchun javob beradi, hamda tarmoq sathi 
bilan ulanuvchi interfeys vazifasini bajaradi. Tarmoq sathi, LLC sathi orqali, kanal 
sathidan o‘ziga kerak bo‘lgan ma’lumotlarni uzatish amaliyotini, ya’ni transport 
hizmatini unga kerak bo‘lgan sifatda bajarib berishni so‘raydi.
MAC sathi esa – kompyuterlar birgalikda foydalanadigan umumiy shina yoki 
halqa topologiyali muxit vaqtini ma’lum bir algoritm asosida taqsimlab, tarmoqni 
to‘g‘ri ishlashini ta’minlab beradi. MAC sathi yordamida uzatish muhitiga murojaat 
qilishga ruxsat olingandan so‘ng, LLC sathi tomonidan ma’lumotlarni mantiqiy 
birliklarini, axborot kadrlarini, har-xil darajadagi sifat bilan uzatish, ya’ni transport 
hizmati amalga oshiriladi. 

Yüklə 430,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə