Makroiqtisodiyot


Davlatning pul-kredit siyosati



Yüklə 63,95 Kb.
səhifə6/8
tarix23.05.2022
ölçüsü63,95 Kb.
#87755
1   2   3   4   5   6   7   8
Makroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi Haqberdiyev Bekjon

3. Davlatning pul-kredit siyosati
Makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlashni 
davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirish erishiladi. Shunday ekan, monetar siyosatga, o‘z navbatida davlatning iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishi deb qaraladi Shu sababli, monetar siyosatga “iqtisodiy siyosatning, ish bilan bandlilik va baholarning barqarorligini, iqtisodiy o‘sishni va tashqi to‘lovlar balansliligi kabi 
maqsadlarga pul masssasi, foiz stavkasining darajasi va tarkibi, hamda boshqa ko‘rsatkichlari orqali pul tizimini nazorat qilish yordamida erishishga
yo‘naltirilgan, bir qismi“ deb ta’rif beriladi. Respublikamiz iqtisodiyotini yuksaltirishda ishlab chiqarish sohalarini yanada vojlantirishbilan bir qatorda bozor infratuzilmasida tarkibiy o‘zgarishlarni olib borish ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ushbu tizimda moliyaviy tizimning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanalgan bank tarmog‘i ham muhim o‘rin tutib,mustaqillik yillarida jahon talablariga
mos keladigan yangicha shakldagi bank tizimi shakllantirildi. Xususan, respublikamizda ikki pog‘onali, ya’ni yuqori pog‘onada bosh maqsadi milliy valyutada – so‘mning barqarorligini ta’minlash hisoblangan Markaziy bank va quyi pog‘onasida bevosita iqtisodiyot sub’ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklaridan iborat bank tizimi tashkil topdi.Markaziy bankning asosiy maqsadi bo‘lib milliy valyuta kursini barqaror holatda saqlash va shu 
orqali mamlakat hududida baholar barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bugungi kunda har qanday davlatning moliyakredit tizimida eng asosiy va muhim 
o‘rinni rasmiy pulkredit siyosatini yurgizuvchi - Markaziy bank egallaydi. O‘z navbatida pulkredit siyosati budjet siyosati bilan birgalikda iqtisodiyotni butun mamlakat miqyosida tartibga solishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Markaziy bank faoliyatida pulkredit siyosatining asosiy vositalarini egallamasdan turib, bozor iqtisodiyotini monetar siyosat orqali samarali tartibga solish mumkin emas.
Iqtisodiyotni pul-kredit vositalari orqali tartibga solish vositalari nihoyatda turli-tumandir Shu narsa xarakterliki, hozirgacha pul-kredit vositalarining turkumlanishi borasida yagona bir yo‘nalish mavjud emas. Lekin,
shu bilan birga ko‘pchilik olimlar quyida keltirilgan vositalarni asosiy pul-kredit siyosati instrumentlari sifatida qayd etadilar. Bizham, faqat umumiy va aniq
xarakterdagi instrumentlar xususida fikr yuritishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pulkredit siyosatini amalga 
oshirishda quyidagi instrumentlardan foydalaniladi:

1. Majburiy rezervlar siyosati;


2. Hisob stavkalari siyosati;
3. Ochiq bozordagi operatsiyalar siyosati;
4. Valyuta siyosati va shu kabilar.
Markaziy bankning emission monopoliyasi deyarli barcha davlatlarda faqatgina
banknotalar va ba’zi hollarda tangalar chiqarishda qonun bo‘yicha belgilangan
Rivojlangan mamlakatlarning markaziy banklari ko‘p hollarda faqat pulni zarb etish 
bilan emas, balki uning dizayni, banknotalar himoyasini hamda boshqa texnikmasalalarni ko‘rib chiqadi. Banknotalar banklarga nominal bo‘yicha sotiladi, ammoba’zihollarda Markaziy bank qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatgani uchun
komission haq oladi. Masalan, Norvegiya Markaziy banki avtomat apparatlarda ishlatishga yaraydigan banknotalarni yetkazib bergani uchun (shu jumladan, maxsus qadoqlangan tangalar 
uchun) qo‘shimcha haq oladi.Markaziy bank uchun banknotalar tovar sifatida baholangani tufayli davlat pulning
nominali bilan unga ketgan sarfxarajatlar o‘rtasidagi farqdan foyda oladi, bu esa, bankning asosiy resurs (passiv)larini tashkil etadi. Bunday daromad naqd pul massasining kichikligini e’tiborga olsak, ko‘pgina davlatlarda katta summani tashkil etmaydi.Banknotalar (qog‘oz pullar) vaqtivaqti bilan inflyatsiya ta’siriga uchrashi mumkin. Tabiiyki, bu hol muomaladagi naqd pullar sezilarli bo‘lgan mamlakatlarga xosdir. 
Agar banknotalarning bir qismi Markaziy bankka qaytmasa (tezavratsiya), davlat qo‘shimcha muomala vositalarini muomalaga chiqaradi, bu esa inflyatsiya jarayonining kuchayishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi.Markaziy bankning pulkredit siyosatini tartibga solish yuzasidan mavjud tartiblariga muvofiq, tijorat banklari majburiy rezervlarni Markaziy
bankdasaqlashadi. Markaziy bank pulkredit siyosatini yurgizuvchi organ bo‘lib hisoblanadi, u esa valyuta kursiga, foiz stavkalariga, bank tizimining umum likvidlilik hajmiga va tabiiyki 
butun iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazish uchun yo‘naltiriladi. Bu vazifalarni yechishda
iqtisodiyotni barqaror o‘sishini hamda ishsizlik va inflyatsiyani kamayishini ta’minlash
maqsadi yotadi. Markaziy bank odatda ustav bo‘yicha pul muomalasini va milliy valyuta kursi barqarorligini ta’minlashga javobgar, shu maqsadda o‘z siyosatini boshqa davlat 
organlarining siyosati bilan moslashtirishga harakat qiladi. Pulkredit siyosati butun iqtisodiy siyosatning eng asosiy elementi bo‘lib hisoblanadi va ko‘pincha uning mohiyati 
Markaziybankning mustaqilligi bilan belgilanadi.Pulkredit siyosatining asosiy jihatlaridanbiri bo‘lib pulkredit va valyuta siyosatining birligi hisoblanadi. Markaziy bank milliy pulbirligining ichki barqarorligini ta’minlashda to‘xtamasligining asosiy sababi valyuta sotibolishi va sotishini bevosita bank tizimining likvidliligida namoyon bo‘lishi va uning emissiya bilan bog‘liqligidir.Tor» va «keng» pulkredit siyosati mavjud. «Tor» siyosatda valyutabozorida intervensiya, hisob stavkasi va qisqa muddatli foiz stavkasiga ta’sir
o‘tkazuvchi
boshqastrumentlar yordamida valyuta kursining maqbulligiga erishish tushuniladi.«Keng»siyosatda muomaladagi pul massasiga ta’sir etish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash tushuniladi.ulkredit siyosatining xalqaro jihatlari o‘zgacha muammoni vujudga keltiradi, ya’ni bular valyuta kursi, rezervlar, to‘lov balansi masalalaridir.Pulkredit siyosati budjet va soliq siyosatidan, shu jumladan, davlat budjetin moliyalashtirishdan juda aniq ajratilgan bo‘lishi shart.Markaziy bank, avvalo, davlat va
banklar o‘rtasida iqtisodiyot orqali vositachi vazifasini o‘taydi. Shunday muassasa sifatidau pul va kredit oqimini qonunda ruxsat etilgan vositalar yordamida tartibga soladi
Instrumentlar quyidagi turkumlarga bo‘linadi: qisqa va o‘zoq muddatli, bevosita va 
bilvosita, umumiy va tanlovli, bozor va nobozor. Aytib o‘tilganlardan ko‘rinib turibdiki, 
davlat bozor stixiyasini kuchli vositalar yordamida tartibga soluvchi kuchga ega, 
biroq u bozor qonunlariga qarshi chiqmaydi, balki aksincha uning barqarorligini 
ta’minlashga harakat qiladi.Bu yerda ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmagan pul-redit siyosatining instrumentlari hoh “qimmat” (restriktiv) siyosat yoki “arzon” pullar
siyosati bo‘lmasin, faqat bu siyosatni fiskal siyosat va qonunchilik bilan bog‘liq 
o‘lgandagina samarali deb hisoblash mumkin. Masalan, markazlashgan kredit rejasi
amal qilsa, korxonalar operatsiyasidan aholi operatsiyalari ajratilgan bo‘lsa, davlat budjetdefitsitini emissiya yoki Markaziy bankdan resurslarni tortib olish bilan moliyalashtirish mavjud bo‘lsa, u holda majburiy rezervlar tiziminikiritish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Shu o‘rinda iqtisodiyotning real sektorini mablag‘lar bilan ta’minlash, investitsion 
jarayonlarni yanada tezlashtirish, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta 
jihozlash va modernizatsiyalash, to‘lovlarni tezkor amalga oshirishda bank tizimining 
o‘ziga xos o‘rni borligini e’tirof etish zarur.Pulkredit siyosatining asosiy jihatlaridan biri
bo‘lib pulkredit va valyuta siyosatining 
birligi hisoblanadi. Markaziy bank milliy pul birligining ichki barqarorligini ta’minlashda to‘xtamasligining asosiy sababi valyuta sotib olishi va sotishini bevosita bank tizimining
likvidliligida namoyon bo‘lishi va uning emissiya bilan bog‘liqligidir.«Tor» va «keng»
pulkredit siyosati mavjud. «Tor» siyosatda valyuta bozorida intervensiya, hisob stavkasi
va qisqa muddatli foiz stavkasiga ta’sir o‘tkazuvchi boshqa instrumentlar yordamida
valyuta kursining maqbulligiga erishish tushuniladi. «Keng» siyosatda muomaladagi pul massasiga ta’sir etish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash tushuniladi.Pulkridet siyosatining xalqaro jihatlari o‘zgacha muammoni vujudga keltiradi, ya’ni bular valyuta kursi, rezerv-lar, to‘lov balansi masalalaridir Pulkredit siyosati budjet va soliq siyosatidan, shu jumladan, davlat budjetini moliyalashtirishdan juda aniq ajratilgan bo‘lishi shart.Markaziy bank, avvalo, davlat va banklar
o‘rtasida iqtisodiyot orqali vositachi vazifasini o‘taydi. Shunday muassasa sifatida u pul va kredit 
oqimini qonunda ruxsat etilgan vositalar yordamida tartibga soladi.Instrumentlar quyidagi turkumlarga bo‘linadi: qisqa va o‘zoq muddatli, bevosita va 
bilvosita,umumiy va tanlovli, bozor va nobozor. Aytib o‘tilganlardan ko‘rinib turibdiki, 
davlat bozor stixiyasini kuchli vositalar yordamida tartibga soluvchi kuchga ega, 
biroq u bozor qonunlariga qarshi chiqmaydi, balki aksincha uning barqarorligini 
ta’minlashga harakat qiladi.



Yüklə 63,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə