Makrosporagenez va makrogameitigenez


A. Yuza yoki laminal planseta



Yüklə 48,63 Kb.
səhifə2/7
tarix11.12.2023
ölçüsü48,63 Kb.
#144166
1   2   3   4   5   6   7
MAKROSPORAGENEZ VA MAKROGAMEITIGENEZ

A. Yuza yoki laminal planseta


  1. Yuza-yon planseta: urug‘kurtaklar mevabargchaning bo‘ylama yuzasining yon qismida joylashadi.

  2. Yuza-o‘rta platsenta: urug‘kurtaklar mevabargchaning orqa qismida joylashgadi.

Б. Chok bo‘ylab platsenta


  1. Burchakli platsenta: Urug‘kurtaklar mevabargchaning qorin chokining qirralari bo‘ylab joylashadi.

  2. Devor yoki pariyetal platsenta: urug‘kurtaklar mevabargchaning ichki devorida chok bo‘ylab uzunasiga joylashadi.

  3. Erkin yoki ustunchali platsenta: urug‘kurtaklar mevabargchalardan ajralgan markaziy ustuncha atrofi bo‘ylab joylashadi.

A.L.Taxtadjyan fikricha yuza-yon planseta platsentalarning eng sodda primitiv tipi hisoblandi. A.L.Taxtadjyan planseta va urug‘chining evolyutsiyasiga doir yangi klassifikatsiyasiga ko‘ra urug‘chining tuzilishida mevabargchalar soniga qarab ginetseylarni ikki tipga ajratiladi. Apokarp ginetsey-urug‘chi hosil bo‘lishida bitta mevabargcha ishtrok etadi va eng sodda primitiv tip deb hisoblanadi. Bunda urug‘chilar o‘zaro birikmay, ko‘pincha spiral holda mustaqil joylashadi. Apokarp ginetsey magnoliyadoshlarda, ayiqtovondoshlarda, dukkakdoshlarda va boshqa oilalarda keng tarqalgan. Senokarp ginetsey esa ikki va undan ortiq mevabargchaning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Senokarp ginetsey tipida mevabargchalarning o‘zaro qo‘shilish darajalari va urug‘kurtaklarning joylanish tartibiga ko‘ra sinkarp, parakarp va lizokarp ginetseylarga bo‘linadi. Sinkarp ginetsey – urug‘chini hosil qilayotgan mevabargchalarning faqat yon taraflari qo‘shilishi natijasida yuzaga keladi. Bunda urug‘kurtak mevabargchalarga qirrasi bo‘ylab birikadi. Bu tipdagi ginetsey ko‘pchilik bir pallali o‘simliklarda uchraydi. Parakarp ginetsey – urug‘chini tashkil qilgan mevabargchalar faqat qirralari bilan tutashadi. Urug‘kurtaklar esa devorning shu qirrali qismida joylashadi.
Bu xildagi ginetsey ko‘knori, qovoq, bodring, qovun o‘simliklarida uchraydi. Lizokarp ginetsey-urug‘chi hosil bo‘lishida qatnashgan mevabargchalarnig yon tomonlari qo‘shilib o‘sgan sinkarp ginetseydan yon devorlarining erib ketishi hisobiga yuzaga keladi. Bu genetseyda urug‘kurtaklar ginetsey ustinsimon holda joylashadi. Bu tipdagi ginetsey semizakdoshlar va chinniguldoshlarda uchraydi. rasmda ginetsey tiplarining kelib kelib chiqish yo‘llari sxemasi tasvirlangan. Urug‘chi va plansetaning o‘zaro munosabatini A.L.Taxtadjyan quyidagicha izohlaydi.


Yüklə 48,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə