Makrosporagenez va makrogameitigenez


Urug‘chi tipi Platsenta tipi



Yüklə 48,63 Kb.
səhifə3/7
tarix11.12.2023
ölçüsü48,63 Kb.
#144166
1   2   3   4   5   6   7
MAKROSPORAGENEZ VA MAKROGAMEITIGENEZ

Urug‘chi tipi Platsenta tipi



Apokarp-I va II yuzali va burchakli
Sinkarp – III burchakli devorli
Parakarp – IV erkin, markaziy
Lizokarp –V (ustunchali)

rasm Genetsiy va platsentalarning asosiy tiplari (Taxtadjyan 1945)


URUG‘KURTAK TUZILISHI

Guldagi urug‘chi tugunchasining rivojlanishini muayyan bosqichida unda bo‘rtiqlar ko‘rinishida urug‘kurtakni yuzaga kelishi bilan boshlanadi. Urug‘chining tugunchasida bo‘rtma paydo bo‘lishi bilanoq darhol, uning hujayralari orasida tabaqalashuv boshlanadi. Platsentada avvalo urug‘kurtakning markaziy, o‘rta qismi hosil bo‘ladi, uni nutsellus deyiladi.


Nutsellus yupqa sellyuloza po‘stli parenxima hujayralaridan iborat. Turli sistematik guruhlarga mansub o‘simlik turlarida nutsellus rivojlanishi bir xil tarzda bo‘lmaydi. Bir tur o‘simliklarda u kuchli darajada rivojlangankrassinutsellyat, boshqalarida esa sust darajada rivojlagan-tenuinutsellyat urug‘kurtak hosil bo‘ladi.
Urug‘kurtakning qoplamlari (intigument) ham nutsellus bilan bir vaqtda rivojlana boshlaydi, ular ichki va tashqi integumentdan iborat. O‘simliklarda integumentning yuqori qismi urug‘kurtakning uchida qo‘shilib o‘smay tirqish-mikropile hosil qiladi. O‘sha joydan murtak xaltaga boradigan chang naylari o‘tadi. Mikropile odatda urug‘kurtakning ichki intigumentidan hosil bo‘ladi. Ayrim hollarda tashqi intigument, ba’zi o‘simliklarda ikkala intigumentdan hosil bo‘ladi. Urug‘kurtakning yuqori qismi mikropilyar, unga qarama-qarshi pastki qismi xalazal qism deb yuritiladi (rasm). rasm. Polygonum corisrium urug‘kurtagining kundalang kesmasi Urug‘kurtak platsentaga urug‘band (Savchenko, 1973): a-tashqi integument, b-ichki integument, v-orqali birikadi. Urug‘band tugunchadan nutsellus, g- murtak xalta. Oziq moddalarni urug‘kurtakka o‘tkazish vazifasini ham bajaradi. Ayrim o‘simliklarda masalan, g‘alladoshlarda urug‘band platsento-xalaza deb nomlangan hosila bilan almashgan.
Yopiqurug‘li o‘simliklarning turli oilalariga mansub turkumlarni turlarida urug‘kurtakning shakli va kattaliklari ham bir xil emas. U odatda yumaloq, oval, cho‘ziq kabi ko‘rinishlarga ega. Mikropileni platsentaga nisbatan joylanish holatiga ko‘ra nutsellusning rivojlanishi, o‘tkazuvchi to‘qimaning tuzilishi va boshqa belgilariga ko‘ra urug‘kurtakni bir necha tiplarga bo‘lib o‘rganiladi. M.I.Savchenko, (1973) urug‘kurtakni asosiy ikkita tipga ajratadi: a) ortotrop; b) anatrop.
Bu tiplarda ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlar tufayli gemitrop, kampilotrop, ortokamilotrop, orto-sirsinotrop, ana-sirsinotrop deb nomlanadigan holatlar kuzatiladi (rasm).
Urug‘kurtakning biz qayd etgan holatlarni o‘simliklarni tarixiy taraqqiyotida urug‘kurtakdagi o‘zgarishlar deb hisoblanadi. Bunda chang donasi hosil qilgan nayning o‘sishiga va urug‘lanishni optimal darajada amalga oshishiga yo‘naltirilgan.
Tenuinutselyat urug‘kurtaklarda intigumentning ichki qavatini tashkil etgan hujayralaridan ko‘p hollarda integumental tapetum (endoteliy) rivojlanib, u murtak xaltani o‘raydi. Integumental tapetum kutikula bilan qoplangan ichi qo‘yiq sitoplazmali va ancha yirik yadroli hujayralardan tashkil topgan. Integumental tapetumning hujayralarida kutikulali pardani bo‘lishini ayrim mutaxassislar, murtak xaltadan oziq moddalarning kelishiga to‘sqinlik qiladi, deb hisoblashsa, boshqalari bu parda sekretorlik vazifani bajaradi degan fikrni bildiradi. Uchinchilari integumental tapetum murtak xalta, murtak va endospermni bir tomondan, ikkinchi tomondan integumentning muvofiqlashgan holda o‘sishini ta’minlashda ishtirok etadi, deb hisoblaydi. Shu boisdan u meristematik xarakterni saqlaydi, tuxum hujayra va markaziy hujayra urug‘langanidan keyin murtak hamda endospermni jadal ravishda rivojlanishida ishtirok etadi.

rasm Urug‘kurtak tiplari. A – asosiy (Goebel, 1933); 1- ortrotrop yoki atrop, 2anatrop, 3-gemitrop, 4-kampilotrop, 5-amfitrop; B-sirsinotrop urug‘kurtakning ketma-ket rivojlanish bosqichlari Plumbago capensis (Haupt, 1934); B-turli tipdagi urug‘kurtaklarning sxematik bog‘liqligi, (Savchenko, 1973); 1-5-A; rasmning aynan o‘zi; aorto kampilotrop; b-ana-kampilotrop; g-orto-amfitrop; 6-gipertrop; d-ana-amfitrop; yeorto-sirsinotrop; j-ana-sirsinotrop.

Yüklə 48,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə