Maktabgacha pedagogika



Yüklə 209,5 Kb.
səhifə7/8
tarix26.10.2023
ölçüsü209,5 Kb.
#130922
1   2   3   4   5   6   7   8
Nilufar

XULOSA VA TAVSIYALAR
Bugungi kunda eng dolzarb bo’lgan muammolardan biri, yani ijtimoiy
himoyaga muhtoj bolalar bilan bog’liq, muhim vazifalar va tizimdagi holat
xususidagi masaladir.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng, barcha sohalarda bo’lgani
kabi, bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimida ham chuqur islohotlar va o’zgarishlar
sodir bo’ldi.
O’zbekistonning huquqiy davlat sifatida rivojlanishi jarayonida
Prezidentimiz har bir fuqaroning manfaatini himoyalashda uning jinsi, millati, irqi,
yoshidan qat’i nazar qonun ustuvorligini taminlashni asosiy omil sifatida
belgilaganlar.
Bugun yurtimizdagi har bir bolaga davlatimizning barcha haq-huquqlaridan
to’liq foydalanadigan fuqarosi sifatida qaralishini takidlab o’tishimiz lozim. Xalq
talimi vazirligi tomonidan bajarilayotgan islohotlarga davlat tomonidan ratifikasiya
qilingan «Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya» tamoyillari asos qilib olingan.
Bu:
- kamsitmaslik masalalari
- yashash va rivojlanish
- bolaning shaxsiy manfaati
- bolaning dunyoqarashi
kabi jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi.
Mazkur tamoyillarni amalda qo’llash jarayonida bu vazifaning oson
emasligi bilinadi. Bu borada quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:
Masalan, internat muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning
ko’pchiligini nogiron bolalar tashkil etadi. Xalqaro tashkilotlarning
tavsiyanomalarida deinstitusiyalashda inklyuziv metodni asosiy usul sifatida tatbiq
qilish kerak deyilgan. Xo’sh, kar o’quvchining uyidan uzoq,da o’qitilishi uning
konvensiyadagi haq-huquqlarini buzadi, deyish mumkinmi? Biz «ha» deb javob
beramiz. Chunki bolani «kamsitmaslik» tamoyili va oilasi bilan yashash
huquqidan mahrum etayapmiz. Agar bolani uyiga yaqin joylashgan qishloq
umumtalim maktabida 35 nafar o’quvchi talim olayotgan sinfda o’qishga qoldirsak
bunda uning «shaxsiy manfaatlari» tamoyilini buzgan bo’lamiz. Bola bu yerda
o’ziga yetarli etiborni ololmaydi. Maktabda defektologlarning yo’qligi uchun
o’quvchi maxsus muassasadagidek talim ololmaydi, oqibatda rivojlanishda orqada
qoladi va kasb egallashga tayyorlana olmaydi. Bundan tashqari, bu o’rinda
bolaning «Shaxsiy fikri» tamoyili buziladi.
Xalq talimi vazirligi bilan hamkorlikda Resplika bolalar ijtimoiy
moslashuvi markazi tomonidan borilgan izlanishlar shuni ko’rsatadiki, kar
bolalarning 99 foizi umumtalim muassasalarida o’qishni xohlashmaydi Ijtimoiy
himoyalash bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinlarda turgan Shvesiyada ham
vaziyat xuddi shunday ekan. U yerda o’quvchilar alohida maxsus internatlarda
o’qitiladi. Xuddi shu holni Respublikamizdagi aqli zaif o’quvchilarga
mo’ljallangan maktab-internatlarda ham kuzatish mumkin. Shu bois,
deinstitusiyalashga, inklyuziv ta’limni kiritishda muhitni chuqur o’rgangan holda,
ehtiyotlik bilan ish ko’rish zarur hisoblanadi. Zero, bizning asosiy maqsadimiz har
bir bolaning o’z oilasida yashash va bolalar qatorida sifatli bilim olish haq -
huquqlarini ta’minlashdan iboratdir. Buning uchun biz murrakkab masalalarni hal
qilishimiz, bu ishni turli yo’nalishda olib borishimiz lozim.
Bolalarni ijtimoiy himoyalash yo’lida olib borilayotgan ishlarning
samaradorligini oshirish uchun tatbiq etilayotgan dasturlarning doimiy
monitoringini olib borish zarur. Bu yo’nalishda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan
ham muhim ishlar amalga oshirilmokda. Xususan, himoyaga muhtoj bolalar
guruhlarini ijtimoiy himoyalash monitoringini olib borish uchun tashkilotlararo
ma’lumotlar tuzilib, viloyat, shahar, tuman xalq ta’limi, sorliqni saqlash hamda
mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo’limlari ishtirokida har bir nogiron
bola bo’yicha ma’lumotlar banki tuzilgan. Xalq ta’limi bo’limlari xodimlari
tomonidan har bir xonadon o’rganilib, nogiron bolalar aniqlab chiqildi. Natijada
4750 nafar bola o’qishga jalb etildi. Shuningdeq monitoring natijalari uzluksiz
ta’lim tizimidagi ta’lim-tarbiyaviy va tibbiy xizmatni 6aholash, xato quyilgan
tashhisni aniqlash, tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyalarning ish unumdorligini oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish uchun turtki bo’ladi.
Vaziyatni o’rganish natijasida, bugungi kunda respublikamizda ta’limga jalb
etilmagan bola deyarli yo’q, deb faxr bilan ta’kidlash mumkin.
Imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olishida nihoyatda yuqori e’tiborni
talab qiluvchi umuta’lim tizimining sohasi hisoblansa, imkoniyati cheklangan
bolalar esa jamiyatning ijtimoiy qatlamidir, chunki ularning ko’pchiligi kam
ta’minlangan oilalarda voyaga yetganlar.
Inklyuziv ta’lim – bu imkoniyati cheklangan bolalarni barcha zaruriy vositalar
bilan ko’pchilik bolalar uchun amalga oshiriluvchi ta’lim tabirlariga jalb etishdir.
Shundagina imkoniyati cheklangan barcha bolalar jamiyat hayotida faol ishtirok
etishga erishishlari mumkin.
Inklyuziv ta’lim nafaqat ta’lim borasida, balki bolalarning ma’naviy va
jismoniy o’sishlari, shuningdek vositalarni iqtisod qilish borasida ham samaralidir.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maxsus ta’limda o’qitishni inklyuziv va
integrallashtirilgan ta’lim asosida olib borish ta’lim siyosatidagi asosiy
yo’nalishlardan biri sifatida e’tibor qaratilmokda. Ta’limda inklyuziv yondoshish
nafaqat pedagogik hissiy, psixologik jihatdan qulay, bu davlat uchun ham ancha
arzon va samarali hisoblanadi. Bu vaziyatda mukammal tayyorlangan
eksperimental loyihalar tuzilishi kerak, ular inklyuziv ta’limning ijobiy tomonlari
amalda bajarilishini va ularning modellari tarqatilishini ta’minlashi lozim. Ayni
vaqtda Xalq ta’limi vazirligi va xalqaro tashkilotlar ishtirokida ta’limni
rivojlantirish borasida quyidagi eksperimental loyihalar amalga oshirilmokda.
2001 yilda YuNESKO tashabbusi bilan Respublika ta’lim markazi qoshida
inklyuziv ta’lim yo’nalishi bo’yicha Resurs Markazi tashkil etildi. Markazning
maqsad va vazifalari imkoniyati cheklangan bolalarga davlat va nodavlat
tashkilotlar, ota-onalar, ko’ngillilar tomonidan ko’rsatilayotgan yordam va
tashabbuslarni umumlashtirish va jamlashtirishdan iboratdir. Markaz tomonidan
umumta’lim x.amda maxsus maktab o’qituvchi va rahbarlari uchun uslubiy
qo’llanmalar ishlab chiqilmoqda va ularning pedagogik malakalarini oshirish
maqsadida turli tadbirlar amalga oshirilmokda.
O’zbekistonda inklyuziv-korreksion ta’lim va bolalar ta’lim
muasssasalarining asosiy tayanch punktlarini tuzish Xalk ta’limi vazirligi va
YuNESKO ning asosiy loyihasi hisoblanadi. Bu dasturni rivojlantirish maqsadida
Farg’ona, Xorazm, Namangan, Surxondaryo, Andijon viloyatlarida inklyuziv
ta’lim yo’nalishida Resurs Markazi tashkil etildi. Bu markazlar yordamga muhtoj
bolalarni o’qitish, rivojlantirish va ularning reabilitasiyam bilan shug’ullanadi
hamda inklyuziv yo’nalishdagi ta’limni davlat tashkilotlari va jamoatchilik bilan
bo’lgan munosabatlar orqali rivojlantiradi. Mana shu kabi markazlar
respublikamizning barcha viloyatlarida faoliyat yuritsa ta’lim sifati yanada oshgan
bo’lardi. Bugun biz bolalarimizni eshitishni o’rganayapmiz.
Xulosa sifatida bir nogiron bolaning keltirmoqchiman:
«Men o’ylaymanki, haqiqiy hayotni bilish uchun insonning do’stlari
bo’lishi kerak. Chunki haqiqiy hayot bu atrofdagi insonlar bilan doimiy
bog’lanish va muloqotda bo’lishdir. Men, menga yordam berayotgan insonlarsiz
hyech narsa qila olmayman. Agar men faqatgina ular bilan muloqotda bo’lishni
istamasam, unda do’stlar orttirish yo’llarini axtarishim, izlashim lozim».



Yüklə 209,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə