Maktabgacha ta’lim muassasasini yalpi tekshiruv shakillari reja


Maktabgacha ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish



Yüklə 29,43 Kb.
səhifə5/8
tarix11.03.2023
ölçüsü29,43 Kb.
#102320
1   2   3   4   5   6   7   8
Maktabgacha ta’lim muassasasini yalpi tekshiruv shakillari reja

Maktabgacha ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish
bo’limining namunaviy ish rejasi.
Har bir, ayniqsa, yosh nazoratchi-uslubchilar uchun tegishli kuzatish rejasini tuzib faoliyat yuritishi
jarayonni puxta, mazmunli, har tomonlama keng va samarali olib borishini ta’minlaydi. Bunday
kuzatish rejasining yo’qligi tekshirishning yuzaki, pala-partish, amalga oshirilgan ishlarga baho berishda
bir yoklamalikka olib keladi. CHunki, oldindan o’ylangan rejali kuzatish muassasadagi ilg’or ish
tajribalarini o’rganishga, umumlashtirishga va ommalashtirishga xizmat qiladi. Kuzatish jarayonida
tarbiyachi yoki mudira tomonidan kamchilikka yo’l qo’yilgani aniqlansa, nazoratchi-uslubchi muassasa
xodimlarining shaxsiyatlariga tegmasdan, shoshilmasdan, kamchiliklarning oldini olish choralarini
tushuntirib berishi, metodik yordam ko’rsatishi kerak. Agar kuzatish jarayonida bolalar sog’lig’i va
hayotiga xavf soladigan kamchilikka yo’l ko’yilgan bo’lsa, nazoratchi-uslubchi zudlik bilan masalani
hal etish chora-tadbirlarini ko’rishi zarur.
Tekshiruv jarayonida anikdangan vaziyat va holatlar, xato va kamchiliklar maxsus daftarga yozib
boriladi.
Tekshiruvni to’liq va har tomonlama mukammal bo’lishini ta’minlash uchun quyidagi hujjatlarni
o’rganish va tahlil qilish talab etiladi:
— ish hujjatlari;
— bolalar sog’lig’iga doir materiallar;
— ta’lim-tarbiya sohasidagi ish rejalari;
— tarbiyachilarning kundalik daftarlari (dastlabki bosqich guruxlarida);
— bolalar ishlari (rasm, plastilindan yasalgan narsalar va h.k.);
— Pedagogik kengash, ishlab chiqarish, ota-onalar majlislarining qarorlari;
— moliyaviyxo’jalik hujjatlari.
Tekshiruvga bunday yondashuv negizida muassasa haqida to’liq tasavvur hosil bo’ladi. SHuning uchun
nazoratchi-uslubchi muassasa mudirasi, shifokor (tibbiy hamshira) va tarbiyachilarni oldindan barcha
zarur ish hujjatlarini tayyorlash haqida ogohlantiradi.
Pedagogik ish hujjatlarini o’rganish jarayonida tarbiyachi tomonidan «Maktabgacha ta’lim dasturi»
talablarining bajarilishi, didaktik materiallardan foydalanilishi, dasturni bosqichma-bosqich
murakkablashtirib olib borilishini kuzatish mumkin.
Tarbiyachilarning kundalik daftarlari bolalarning jismoniy va intellektual jihatdan rivojlanishi,
ularning qiziqishlari, qobiliyatlarining ayrim qirralarini namoyon qiladi.
Bolalar sog’lig’ini muhofaza etishga doir materiallarni (masalan, patronaj daftari, kundalik
davomat, kasalliklarning oldini olish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar) o’rganish asosida muassasaning
bu boradagi faoliyatiga oydinlik kiritish mumkin.
Ta’lim-tarbiya yo’nalishidagi ish rejalari dasturiga asoslanib, uning mazmun-mohiyati, izchilligi,
mantiqiyligi, yillik, yarim yillik, chorak, oylik va kundalik rejalari va mashg’ulotlar jadvalining qanday
tuzilgani, dasturda o’zbek xalq milliy o’yinlari, urf-odatlari qanday o’rin tutgani, «Odobnoma»
mashg’ulotlarining mazmundorligi, bolalar dunyoqarashi, nutq madaniyatini oshirishda har bir
tarbiyalanuvchi bilan individual ishlash qanday yo’lga qo’yilgani, ota-onalar bilan o’zaro munosabatlar
darajasi, bolalarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishda tarbiyachining rolini kuzatish va o’rganish
mumkin.
Pedagogik va ota-onalar kengashlarining qarorlarini o’rganish esa yillik reja asosida qanday
masalalar muhokama etilgani, ularni hal etish bo’yicha qanday choratadbirlar amalga oshirilgani, bu
jarayonda ota-onalarning ishtiroki masalasiga oydinlik kiritadi.
Xujjatlarni o’rganish jarayonida ayrim masalalarga aniqlik kiritish imkoni bo’lmagan hollarda suhbat
usulidan foydalanish mumkin.
Suhbat mazmuni va uning xarakteriga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
45
— guruhdagi bir kunlik pedagogik jarayonni kuzatish natijalari bo’yicha tarbiyachi bilan suhbat
muhokama;
—o’rganish natijalarini tahlil qilish (suhbat tahlil). Suhbat tarbiyachining mashg’ulot jarayonida
qo’llagan usullari haqida ham bo’lishi mumkin. Kuzatish jarayoni yakuniga yetganidan so’ng
o’tkaziladigan suhbatda mudira yoki uslubchi ishtirokida tarbiyachi faoliyatidagi yutuq va
kamchiliklarga xolisona yondashib, uning ishiga baho beriladi. Suhbat yakunida nazoratchi-uslubchi
tarbiyachi faoliyatini atroflicha tavsiflab, baho beradi,zarur hollarda, tarbiyaviy jarayonga yangi
pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida tegishli tavsiya va maslahat berishi lozim. Mudira
bilan suhbatda asosiy e’tibor muassasaning moliyaviy-xo’jalik, tashkiliy-pedagogik, uslubiy,
xodimlar bilan ishlash masalalariga Muassasa shifokori yoki tibbiy hamshira ish rejasi asosida
bolalarning sog’lig’i, kasalliklarning oldini olish, davolash profilaktika ishlarini amalga oshirish
xususida suhbat o’tkazadi.
Ota-onalar va qo’mita raisi bilan suhbat chog’ida ularning muassasa faoliyatini takomillashtirishga
yo’naltirilgan talabistaklari, taklif va tavsiyalari hamda muassasaning oilada bolalarni tarbiyalashga
qo’shayotgan hissasi masalalariga bag’ishlanishi mumkin.
Bolalar ishlarini tahlil qilish — guruhda bolalarning faolligi, bilim olishga qiziqishlari, ularda
muayyan ko’nikmalarning shakllanishi va rivojlanishini anikdab beruvchi omildir. Bu jarayonda
ishlarning soni bilan cheklanmay, ularning mazmuni, o’ziga xosligi, dastur talablariga qay darajada
javob berishini o’rganish va taxdil qilish hamda tarbiyachiga zarur tavsiyalar va maslahatlar berish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Guruh tarbiyachisining ish faoliyati dastlab uning o’zi bilan muhokama qilingandan so’ng masala
Pedagogik kengashga olib chiqiladi. Unda yutuq va kamchiliklar, taklif va mulohazalar oshkora
muhokama etiladi, zarur yo’l-yo’riq, ko’rsatma va uslubiy yordam ko’rsatiladi.
Bolalarning bilimi, ko’nikma va malakasini chuqurroq o’rganish maqsadida guruhda savol-javob,
so’rovnomalar o’tkazish usulini qo’llash ham muhim ahamiyatga ega. Bu har bir chorakda dastur
talablarining qay darajada bajarilgani, bolalarning bilim doirasi, dunyoqarashi, ijodiy, ma’naviyruhiy rivojlanishini aniqlashda muhim omil sifatida xizmat qiladi.
So’rovnoma yurtimizdagi tarixiy joylar, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur, Abdulla Qodiriy singari
ulug’ bobokalonlarimizning ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy merosi va boshqa mavzularda
o’tkazilishi mumkin.
So’rovnoma o’tkazish orqali mudira, uslubchi va tarbiyachining bilim darajasi, g’oyaviysiyosiy yetukligi, kasb mahorati va malakasini aniklash, ularning ishiga baho berish mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasasi o’z pedagogik faoliyatida quyidagi tamoyillarga amal
qilishi lozim:
— bola shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo’lish asosiga qurilgan ta’lim-tarbiya
jaraeni insonparvarlik ruhi bilan yo’g’rilgan bo’lishi;
pedagogika, psixologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida qo’lga kiritilgan
yutuqlarga tayangan holda bolalarning o’z-o’zini rivojlantirishga intilishlarini
rag’batlantirish.
Nazoratchi-uslubchi yuqorida bayon etilgan tamoyillarni muassasada amalga oshirilishini
nazorat qilish va ilgari qabul qilingan qarorlar ijrosining bajarilishini aniqlash maqsadida
Pedagogik kengash ishida qatnashadi. U bolalar hayotini muhofaza etish, ularning jismoniy va
ruhiy sog’lomligi, har bir bolaning yoshi va shaxsiy xususiyatlariga mos holda rivojlanishi,
ta’lim-tarbiya berishning tanlangan usul va uslublari samaradorligiga erishish uchun yaratilgan
zarur shartsharoitlar, tarbiyaviy jarayonni psixologik jihatdan ta’minlash, xususan, maktabgacha
ta’lim muassasasida psixologik xizmatni tashkil etish ishiga uslubiy yordam ko’rsatishi kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasasida rahbar xodimlar va tarbiyachilarning zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni to’liq o’zlashtirishi va o’z pedagogik faoliyatida qo’llash uchun
zarur shart-sharoitlarni yaratib berish orqali ularning o’z sohasi doirasida mustaqil ijod qilish
huquqi ta’minlanadi.
46
Nazoratchi-uslubchi muassasadagi ishlab chiqarish majlislarida qatnashib, uning faoliyati
bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalar davlat va jamiyat manfaatlariga rioya qilingan holda hal
etilishini nazorat qiladi.
«Maktabgacha ta’lim konpeptsiyasi»da «Ijtimoiy maktabgacha ta’lim tizimi oilaviy tarbiyadan
uzilib qolmasligi kerak, balki u bilan chambarchas bog’liq holdagina bolaga yordam berish
mumkin»... «Barcha ma’naviy qadriyatlar oilada tarkib topadi. Zero, oila doimo etnik
xususiyatlarga taallukli va etnopsixologik xususiyatlarga ega bo’ladi. Oila bola tarbiyasiga katta
ta’sir ko’rsatadi», deb ta’kidlanadi.
Nazoratchi uslubchi umumiy va guruh ota-onalar majlislarida qatnashib, bolalar tarbiyasiga
oid barcha masalalarni hal etilishini kuzatadi va ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga
qaratilgan taklif va tavsiyalarini bayon etadi. Ota-onalarning muassasa ishida ishtirokini
faollashtirish maqsadida «Jamiyatimizda oilaning tutgan o’rni» mavzusida suhbatlar uyushtirishi,
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida aks ettirilgan oilaning huquqiy
negizlari, davlatimiz tomonidan oilaga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik, yaratilayotgan
imkoniyatlarni atroflicha yoritib berish kerak.
Nazoratchi-uslubchi yuqorida ko’rsatib o’tilgan usul va metodlardan foydalanib, muassasani
yalpi va tematik tekshirishni amalga oshiradi.

Yüklə 29,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə