Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining mavzusi, uslubiyati va barkamol insonni



Yüklə 109,5 Kb.
səhifə4/7
tarix06.01.2022
ölçüsü109,5 Kb.
#82617
1   2   3   4   5   6   7
1403412330 45762

Kuzatish metodi. Kuzatish — adabiyotlarni о‘rganishdan keyin boshlanadigan jarayon. Kuzatishda tadqiqotchi ma’lum pedagogik hodisani, maqsadni kо‘zlab tashkil etadi.

Tadqiqotchi kuzatishga oldindan puxta tayyorlanadi, kuzatishdan kо‘zda tutilgan maqsadni aniqlaydi, uniig dasturi rejalari tuziladi, kuzatish manzili, muddati belgilanadi.

Kuzatish ikki turga ajratiladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish

Ksiqa kuzatish deganda - obyekning kundalik faoliyatidagi о‘zgarishlardan ma’lum xulosaga kelish tushuniladi.

Uzoq muddatli kuzatish esa-maqsad-reja va dastur asosida olib boriladi va ma’lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelish tushuniladi. Kuzatish yakunlarini qayd qilishda-kino, video yozuvi televideniye va boshqa texnikaviy vositalardan foydalanish mumkin.

Suhbat metodi. Suhbat aniqlanishi kerak bulgan

masalalarni oydinlashtirib olish maqsadida, oldindan tuzilgan reja asosida о‘tkaziladi.



Suhbat yakka tartibda hamda jamoa tarzida olib boriladi. suhbat bolalar hayotining u yoki bu voqea-hodisalari tо‘grisidagi qiziqishlari, tasavvurlari, mulohaza va muhokamalarni aniqlab olishga bevosita yordam beradi. suhbatdan metod sifatida foydalanishda albatta uning maqsadi va rejasini aniqlab olish kerak bо‘ladi. Suhbat metodi jarayonida intervyu olish ham muhim sanaladi.

О‘rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit tasmasiga yozib olinadi va tahlil etiladi.

Hujjatlarni va bolalarning ishlarini urganish



Bolalar ishlarini о‘rganish ilmiy tadqiqotning asosini tashkil etadi.

Tadqiqotchi pedagogik hujjatlarni о‘rganshp orqali о‘rganilayotgan obyekt tо‘g‘rigidagi har xil ma’lumotlarni bilib oladi. Bunga maktabgacha tarbiya muassasalari mudirlari, tarbiyachilarning rejalari va hisobotlari, bolalar bogchasi tarbiyalanuvchilarining rasmlari, loy va plastilindan yasalgan buyumlar va shu kabilar kiradi

Masalan, bolalar ancha ilgari chizgan rasmlarini qarab chiqish, taxlil qilish, bolalarga berilgan topshiriqlarning qay darajada murakkablashib borganini aniqlash hamda ular bilan keyingi olib boriladigan ishlarni belgilashga yordam beradi.




Yüklə 109,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə