Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori va uning ish vazifalari. Reja


Quyilgan maqsadga erishish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish va natijaga erishishni tashkil etishda MT tashkiloti rahbari



Yüklə 27,15 Kb.
səhifə6/7
tarix27.09.2023
ölçüsü27,15 Kb.
#124179
1   2   3   4   5   6   7
Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori va uning ish vazifalari.-fayllar.org

Quyilgan maqsadga erishish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish va natijaga erishishni tashkil etishda MT tashkiloti rahbari:
  • maqsadning ustuvorligini aniqlaydi;


  • ichki moliyaviy resurslarni oʻrganish, tahlil etish hamda moliyaviy imkoniyatni baholaydi;


  • tashqi moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyatini oʻrganadi;


  • ishchi guruh ishtirokida gʻoya asosidaga taʼlim va xizmatlar boʻyicha tajriba-sinov guruhlarini tashkil etadi;


  • tajriba sinov natijalarini tahlil etadi va ijobiy natijani ommalashtirish boʻyicha amaliy ishlar olib boradi.




Xodimlar innovatsion faoliyatini rejalashtirish va rahbarlik qilishda MT rahbari:
  • tashkilot pedagog kadrlariga erkin ishlash va fikrlash boʻyicha shart-sharoit yaratadi;


  • pedagog kadrlar sifatini aniqlaydi, ularni kichik guruhlarga ajratadi hamda malakali kadrlarga biriktiradi;


  • MT tashkiloti jamoasida innovatsion faoliyatni shakllantiradi;


  • yangi taʼlim-tarbiya va xizmatlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish yaʼni marketing ishlarini olib boradi;


  • innovatsion faoliyatda yangi gʻoyalar asosida rejalashtirish ishlarini olib boradi.




MT tashkiloti innovatsion guruh pedagog kadrlarini qoʻllab-quvvatlashda rahbar:
  • pul mukofoti kurinishida;


  • moddiy ragʻbatlantirish (bunga toʻlovlar, imtiyozlar, sovgʻalar va boshqalar kiradi);


  • pnnovatsion guruh yutuqlarini jamoa oldida eʼtirof etish;


  • alohida xodim yutuqlarini jamoa oldida eʼtirof etish;


  • rahbarning shaxsan eʼtirof etishi kabi vazifalarni bajaradi.




Tashqi va ichki muhitni nazorat etishda esa rahbar bajaradi:
  • nazorat qilish konsepsiyasini tanlab olish (tizim, jarayon va boshqalar);


  • nazorat oʻrnatishda uning maqsadlarini belgilash;


  • nazorat oʻrnatish meʼyorlarini belgilash (ahloq-odob, taʼlim-tarbiyaga oid, huquqiy);


  • nazorat etish uslublarini tanlash (diagnostik, ilk bosqichli va boshqalar);


  • tashqi va ichki nazorat etish koʻlamini belgilash.





Yüklə 27,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə