Maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota – ona o‘rtasida tuzilgan shartnoma


Ota – ona quyidagi xuquqlarga ega



Yüklə 38,06 Kb.
səhifə3/6
tarix25.09.2023
ölçüsü38,06 Kb.
#123858
1   2   3   4   5   6
Shartnoma-MTT-va-ota-ona-ortasida

Ota – ona quyidagi xuquqlarga ega:

  1. Tarbiyalanuvchining qonuniy xuquq va qiziqishlarini ximoya qilish;

  2. Tashkilotning ustavi bilan tanishish;

  3. Mavsumiy cheklov (karantin) va xavfsizlik choralari kuchaytirilgan vaqtlardan tashqari vaqtda tashkilotning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko‘riklar, ko‘ngilochar soatlar, yakuniy xamda ochiq mushg‘ulotlar va x.k.);

  4. Tashkilotda bolalar bilan olib boriladigan ta’lim – tarbiya ishlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;

  5. Tashkilotda bolalarga ta’lim – tarbiya shakllarini, maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim berish tilini tanlash;

  6. Tashkilotda bolalarga ta’lim – tarbiya berish uchun zarur shart – sharoitlar yaratishini xamda bolalarning shaxsga nisbatan xurmat bilan munosabatda bo‘lish, shartnomada belgilangan shartlar bo‘yicha bolaga ta’lim – tarbiya berilishini talab qilish;

  7. Tashkilotning kun tartibi davomida ____________ soat dan _______ soatgacha bo‘lgan davrda yoki o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda sababi ko‘rsatilgan xolda yozma bildirish asosida bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotidan olib ketish;

  8. Tashkilot raxbariyatini 7 kun oldin xabardor qilgan xolda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish.

  1. Ota – onaning majburiyati:

  1. Tashkilot ustavi xamda mazkur shartnoma talablariga qat’iy rioya qilish;

  2. Pedagoglar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, tarbiyalanuvchilarni aralashtirmay turib, zudlik bilan tashkilot raxbariyati bilan muammoni xal qilish;

  3. Tarbiyalanuvchini tashkilotga joylashtirganda, tegishli xujjatlar va ota – onalar xaqidagi ma’lumotlarni (telefon raqami, yashash va ish joyi xaqida ma’lumotnoma) taqdim etish;

  4. Tarbiyalanuvchi kasallangan taqdirda, zudlik bilan tashkilot ma’muriyati yoki tibbiy xodimlariga xabar berish va tarbiyalanuvchi sog‘aygandan so‘ng, tibbiy ma’lumotnomani taqdim etish;

  5. Tarbiyalanuvchining tashkilotdagi ta’minoti uchun ota – onalar to‘lovini o‘z vaqtida tijorat banklari orqali naqd pul yoki naqd pulsiz (bank plastik kartochkalari orqali va pul o‘tkazish yo‘li bilan) shaklda to‘lash xamda to‘lovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi xujjat nusxasini tashkilotga taqdim etish;

  6. Oyning 15 – sanasidan keyin tashkilotga kelgan tarbiyalanuvchining ta’minoti uchun to‘lovni u kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to‘lash;

  7. Tarbiyalanuvchi vaqtincha qatnamagan kunlari uchun tashkilot raxbariyatiga ariza (bildirishnoma, tasdiqlovchi xujjat asli yoki faks, elektron pochta orqali yuborish);

  8. Tashkilot ishchi xodimlari va boshqa ota – onalarni xurmat qilish;

  9. Tarbiyalanuvchini to‘laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiyena ko‘nikmalarni shakllantirilishini qat’iy kuzatib borish xamda tarbiyalanuvchini tashkilotga ozoda kiyingan xolda olib kelish;

  10. Tarbiyalanuvchining tug‘ilgan kuni va tadbirlarni nishonlash uchun uy sharoitida tayyorlangan oziq – ovqat maxsulotlari xamda pishiriqlarni tashkilotga olib kirmaslik;

  11. Tashkilotga bolani xar qanday qimmatbaxo taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik;

  12. Yashash joyi yoki telefon raqami o‘zgargan taqdirda, tashkilot raxbariyati va gurux tarbiyachisiga bu xaqda xabar berish;

  13. Bolani oilada tarbiyalash uchun zarur shart – sharoitlarni ta’minlash;

  14. Bolani tashkilotdan olib ketishni begona shaxslarga topshirmaslik;

  15. Ertalabdan bolada kasallik xolatlari kuzatilgan taqdirda, mauassasaga olib bormasdan shifokor ko‘rigidan o‘tkazish;

  16. Ota – onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnashi butunlay to‘xtatilgan taqdirda, to‘lov to‘liq bo‘lmagan oy uchun, ya’ni bola amalda maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnagan kunlar uchun to‘lanadi.


  1. Yüklə 38,06 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə