Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi yo’nalishi bo’yicha kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchisi Isaqova Xurshidaxon Ro’zimamatovnaning “ Bolalarni o’yinchoqlarga qarab hikoya qilishga o’rgatish”



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə1/3
tarix20.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#111700
  1   2   3
Isaqova X

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi yo’nalishi bo’yicha kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchisi Isaqova Xurshidaxon Ro’zimamatovnaning “ Bolalarni o’yinchoqlarga qarab hikoya qilishga o’rgatish” mavzusidagi

Reja 1. Bolalarni badiiy nutqqa o’rgatish bo’yicha ish mazmuni hamda vazifalari. 2.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o’yinchoqlarga qarab hikoya qilib berishga o'rgatishda foydalaniladigan usullar. 3.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirishga qoyiladigan talab va vazifalar. 4.Tayyorlov guruhi bolalarini o’yinchoqlarga qarab hikoya qilishga o’rgatish bo’yicha faoliyat ishlanmasi.

bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturida bolalarni hikoya qilishga o'rgatish bo'yicha har bir yosh guruhlariga ish vazifalari va mazmuni belgilab berilgan. Vu guruh bolalarini tanish hikoya va yertaklarni (tarbiyachining savollari va kitobdagi rasmlar yordamida, keyinchalik mustaqil) so'zlab berishga o'rgatiladi, o'yinchoq, buyum va rasm mazmuni bo'yicha hikoyani (3-4 gapdan iborat) takrorlash ko'nikmasi tarbiyalanadi, tanish enaklardan olingan parchalami sahnalashtirishda qatnashishga o'rgatiladi.

O'rta guruhlarda o’yinchoqlar asosida hikoya qilishga o'rgatish vazifalari va ularning mazmuni ancha murakkablashadi. Ushbu guruh bolalari birinchi yarim yillikda tanish hikoya va yertaklarni mustaqil holda qayta hikoya qilishga, asar qahramonlarining suhbatini ifodali so'zlab berishga o'rgatiladi. Mashg'ulotlarda birinchi marta o'qib berilgan kichik ertak va hikoualarning mazmunini qayta hikoya qilishga, o'rtoqlari hikoya qilayotganda e'tibor bilan tinglashga, o'yinchoqlar, turli buyumlar va yil fasllarini tavsiflovchi (avval tarbiyachining savollari, so'ngra namuna va reja asosida) hikoya tuzishga o'rgatiladi. Ikkinchi yarim yillikda bolalarga tanish ertak va hikoualarni tinglashni, ularda ishtirok etuvchi rersonajlarning gaplarini, o'ziga xos xususiyatlarini tushunishni, asar mazmunini hikoya qilayotgan o'rtoqlarining nutqini diqqat bilan eshitishni, asar matnini buzib hikoya qilgan joylarini payqashni o'rgatish davom ettiriladi.


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə