Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar folklori. Reja



Yüklə 35,4 Kb.
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü35,4 Kb.
#138509
1   2   3   4   5   6
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar folklori. Reja

Afsonalar uydirma va to‘qimadan iborat bo‘lsada, so‘zlovchi va tinglovchi tomonidan haqiqatdek tasavvur etiladi, hatto bo‘lib o‘tgan davri, makon ham ko‘rsatiladi. Afsonalar dunyodagi deyarli hamma xalqlar og’zaki ijodining eng qadimgi, aziz va ommaviy janrlaridandir. Ularda tarixiy hayotda ro’y bermagan bolsada, ro’y berishi mumkin bo’lgan voqealar hikoya qilinadi.
Masalan, Shiroq, To’maris afsonalari. Ularda necha yillik xalq orzusi bitta qahramonda mujassam va xalqning xaloskor qahramoni gavdalantiriladi. Jonini havf-hatarga qo’ysada Vatani ravnaqi va ozodligi yo’lida kurashadilar.
Maqollar donishmandlikning mahsulidir. Ular ona- vatanni sevishga ,uning har bir qarich yeri uchun kurashishga, kasb-hunar egasi bo’lishga, ahil bo’lib mehnat qilishga, to’g’ri so’z bo’lishga hamda odobli bo’lishga chaqiradi. Masalan, ”Yigit kishiga yetmish hunar ham oz”, ”Egri ozadi, to’g’ri o’zadi”.
Topishmoqlar xalq og’zaki ijodining o’ylashga topqirlikka undovchi qadimiy janrlardan biridir.Har bir topishmoq uni yaratgan xalqning hayoti bilan bog’liq va bolalar orasida keng tarqalgan.
Masalan, Qishda terlab ishlaydi,
Boshqa mahal ishlaydi. (pechka)
Tez aytishlar og’zaki nutq mashqi bo’lib, bolalarda ma’lum tovushlarni to’g’ri va ohangdor talaffuz qilishga yordam beradi. Xotirani ham mustahkamlaydi.
Misol uchun: Oq choynakka oq qopqoq, ko’k choynakka ko’k qopqoq.
Ertaklar xalq og’zaki ijodininhg eng boy va rang-barang janrlaridan biri.Ertaklar insonning axloqiy va ma’naviy yo’ldoshidir.Ertaklar soda va tushunarli bo’lganligi sabab har qanday kitobxonga tez yetib boradi.
Qo’shiq. Xalq qo’shiqlari og’zaki ijodimizning lirik janridir. “Qo’shiq” atamasi qadimiy turkiy tildagi “qo’shdi” fe’lining o’zagidan yasalgan bo’lib, misraga misrani qo’shib kuylash. Qo’shiqlar xalq ma’naviyatining qudratini, fidokorona mehnatini, omma irodasining bukilmasligini ifodalab, kishilarni ruxan tetiklikka, jasoratga, mehnatsevarlik va elparvarlikka vatanparvarlik va do’stlikka, sevgi sadoqatka chorlaydi.
Doston ogʻzaki ijodi va oʻzbek mumtoz adabiyotida keng tarqalgan. Dostonda muayyan voqea liro-epik tasvir vositalari yordamida hikoya qilinadi. Unda hayot, voqelik keng koʻlamda qamrab olinadi, bir yoki ikkita bosh qahramon ishtirok etadi, personajlar esa koʻp boʻladi. Ularda vatanparvarlik, qahramonlik, insonparvarlik, mehr-muhabbat, doʻstlik va sadoqat, mehnatsevarlik gʻoyalari ilgari suriladi.
Birgina “Alpomish” dostonini olib qaraylik. Mazkur doston nafaqat oʻzbek, balki dunyo dostonchiligida alohida mavqega ega, tarixiy asoslari qadimiy, badiiy jihatdan yuksak epik ijod namunasi hisoblanadi.
Matal - u yoki bu voqelikk emmotsionalik tus beruvchi, xalq og’zaki ijodi janrlaridan hisoblanadi. Matall xalq maqollariga oxshash bo’lsa-da, lekin oziga hos jihatlari bilan undan ajralib turadi. Matal ko’chma ma’noda ishatiluvchi xalq ma’joziy iboralarining bir turi.
Masalan, Har bir ishni ustasi qilsa yaxshi, mazmuni “Chumchuq so’ysa ham qassob so’ysin”.
Latifa (arabchadan mutoyiba, hazil) — xalq hajviyoti janrlaridan, tanqidiy mazmundagi qisqa yumoristik hikoya Latifa syujetini qochiriq, kesatik, piching toʻla hajviy epizod va holatlar tashkil etadi.

Yüklə 35,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə