Дарс мавзуси Мустахкамлаш («Келишик шакллари»мавзуси юзасидан)



Yüklə 77 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü77 Kb.
#153488
  1   2   3
klm1


Dars mavzusi: Bog’langan qo’shma gap
( 1 soat)
Dars maqsadi:
a) ta’limiy: o‘quvchilarga bog’langan qo’shma gap yuzasidan ilmiy-nazariy va amaliy bilim berish;
b) tarbiyaviy: o‘quvchilar shaxsidagi oliy insoniy fazi latlarni mustahkam-lash; tabiatni, ona-Vatanni asrab-avaylashga, unga sodiq farzand bo’lishga, ona tilimiz rivoji uchun munosib hissa qo’shishga da’vat etish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilar nutqi va mustaqil fikrlashi qobiliyatini o‘stirish, dunyoqarashini kengaytirish, o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rgatish, o‘qituvchilik sifatlarini shakllantirish, ya’ni kasbga yo‘naltirish.
Dars turi: yangi bilim berish;
Dars uslubi: test, suhbat, muammoli ta’lim;
Dars jihozi: 1) I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”,
O’. Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar “ asarlari,
gazeta materiallari,
2) kodoskop, kalkulyator, manzarali rasmlar, tarqatmalar;
Dars shiori: “Maqsadimiz – mustaqil, erkin fikirlay oladigan yoshlarni
tarbiyalash“.
DARS BORISHI:
1.Tashkiliy qism: 1. Salomlashish
2. Davomotni aniqlash
3. Ma’rifiy-ma’naviy daqiqa:Suv – tanamizning qoni” mavzusida .
O’qituvchi ma’rifiy-ma’naviy daqiqani quyidagi topishmoq bilan boshlaydi: Ketaveradi, ketaveradi, orqasiga qaramaydi (suv). Shu tarzda o’quvchilar mavzuga yo’naltiriladi va quyidagi matn o’qitiladi:
Suv tanamizning qoni
Chanqagan insonga suv tutsangiz ,”Suvdek serob bo’ling”, deya min-natdorchilik bildiradi. Biz uchun serob tuyulgan suvning ham o’z o’lchami bor …
Suv nafaqat chanqoqni bosadi, balki intellektual salohiyatni ham oshiradi. Olmoniya olimlari buni isbotlash maqsadida antiqa tajriba o’tkazishdi. Talabalarning ayrimlariga ko’p, ayrimlariga oz muqdorda suv ichirildi . Savol-javob qilinganda ko’p suv ichganlar dadil va aniq javob qaytargan. Demak, suvni me’yorida istemol qilish ruhiy tetiklik bag’ishlab,aqliy faoliyatni yaxshilaydi . Suvga tikilish asabni tinchlantirib, insonni tetiklashtiradi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, to’lib-toshib oqayotgan daryo-yu dengizlar, kunda iste’mol qilinadigan ichimlaik suvi vujudimizdagi yovuz quvvatlarni, yoqimsiz taassurotlarni o’ziga tortib olar ekan.
Mashhur okeanolog Jak Iv Kusto: “ Yer hammamizning umumiy uyumiz, suv esa tanamizning qoni”, - degan edi. Qissadan hissa shuki, suvga jon kabi e’tibor zarur. ( “Ma’rifat”gazetasi, 18-sentabr. Maftuna Keldiyorova maqolasidan).

Yüklə 77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə