Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqaviy tarbiyaning maqsad va vazifalari



Yüklə 1,37 Mb.
tarix26.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#131542
1-mustaqil ish Slayd

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqaviy tarbiyaning maqsad va vazifalari


Reja:
  • Musiqa san'ati haqida tushuncha
  • Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolani kuylashga o'rgatishning samarali yo'llari
  • Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida musiqa fanining asosiy vazifalari
  • Musiqa – estetik tarbiya, demokratik jamiyat kishisini garmonik tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan ulkan ishning tarkibiy qismiga aylanmog‘i kerak. Bolalar bilan musiqali ish olib borish ayniqsa katta ahamiyat kasb yetadi. Musiqa bola qalbida kuchli yemotsional tuyg‘u uyg‘otadi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida “...musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda” – deya ta’kidlaydilar. Demak, musiqa san’ati va ta’lim-tarbiyasi kishidagi insoniy fazilatlarni rivojlantirib, ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat yetadigan, insonning ichki olamini boyitadigan, iymon-e’tiqodini, irodasini mustahkamlaydigan, ijodini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuch – ma’naviyatning yuksalishini ta’minlaydi.

 
Maktabgacha yoshdagi bolalar musiqa tarbiyasi, uning taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. 1997 yil qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”lariga asosan ta’lim sohasida, jumladan, uning birinchi pog‘onasi bo‘lgan maktabgacha ta’lim bosqichida ham katta o‘zgarishlar qilish yehtiyoji tug‘ildi. Buning uchun pishiq – puxta o‘ylangan, ma’lum maqsad va vazifalarni o‘zida mujassamlashtirgan istiqbolli dasturlar ishlab chiqildi.

Musiqaning bola hissiyoti va intilishiga, mazmuniga va his yetishiga katta ta’sirini hisobga olganda, haqqoniy va voqeylikni to‘g‘ri aks yettirgan musiqali asardan o‘rinli foydalanish alohida o‘rin tutadi.Musiqiy san’at uchun odamning fikrlash va ifodalash hissiyoti asos bo‘lib xizmat qiladi. Musiqa tovush bilan hamohanglik rivojida dastlab nutq va raqs bilan bog‘liq bo‘lgan yedi. Musiqa mehnat harakati ritmi bilan moslashib, bir maqsadga intilayotgan kishilarni bir-birlariga birlashtirishni osonlashtiradi. Nutq ohanglarini, mehnat jarayonlari ritmlari va musiqali ohanglarning umumlashuvi natijasida xalq musiqasi shakllanadi. Xalq san’ati manbalariga asoslangan musiqa hamisha jozibador bo‘lib, qalbda turli his-hayajonlar uyg‘otadi. Shu bilan birga, musiqada tovushlarga va tasviriy holatlarga taqlid qilish hollari bor, ammo masalaning mohiyati bular bilan belgilanmaydi. Musiqali obraz o‘zining aniq ko‘rinishi bilan bog‘liqdir.

Fanning vazifalari: -maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqaga mehr-muhabbat va qiziqish uygotish, boshlang‘ich musiqali didni tarbiyalash. -maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqani idrok yetishga, uning tinglash qobiliyati, estetik didi, umumiy madaniyatni rivojlantirish. -maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqali qobiliyatni o‘stirish, musiqali didni shakllantirish, badiiy ijodkorlik iqtidorini rivojlantirish. -musiqa asarlarini idrok yetishni tarbiyalash. -musiqa tinglashga, kuylashga, musiqa asboblarini chalishga, musiqali ritmik harakatlarga o‘rgatish metod va usullari. -musiqaviy qobiliyat: musiqaga yemotsional munosabat, musiqani tinglay bilish, ritmni his yetish malakalarini shakllantirish. -bolalarda musiqa hamda ashula aytish, ritmika, bolalar musiqa asboblarini chalish sohasida yeng oddiy ijrochilik malakalarini shakllantirish. -umumiy musiqa qobiliyati, individual qobiliyatlar, ashulachilik ovozi va harakatlarning ifodaliligini o‘stirish.

Musiqiy tarbiya vazifalari:

1. Musiqaga muhabbat va qiziqishni o‘stirish.

2. Bolalarning musiqiy tajribasini boyitish (musiqiy asarlar asosida).

3. Bolalarni oddiy musiqiy tushunchalar bilan tanishtirish, musiqa tinglash, kuylash, musiqiy ritmikasi borasida malakalarni rivojlantirish.

4. Bolalarda yemotsional hisni shakllantirish. Ularda lad hissi, ritm tuyg‘usini o‘stirish va harakatni o‘tirish.

5. Musiqiy didni o‘stirish (musiqiy taassurotlar asosida).

6. Bolalarda ijodkorlikni o’stirish (barcha faoliyatlar asosida).

Bolalar cholg’ularida chalishga o’rgatish: Bolalar cholg’ulari haqidagi bilimlarni mustahkamlash, karnay, surnay, nog’ora bilan tanishtirish. Metallofon, uchburchak, bolg’achada chalish usullarini o’rgatish. Ularni tovushidan farqlay olish. Qo’shiq, raqs va o’yinlarda cholg’ularni jo’r qilish. O’yin: Musiqiy faoliyatlarda olingan bilimlarni o’yinlarda namoyon bo’lishiga erishish. Doira jo’rligida «Chumchuqlar va mushuk», «Ayiqchalar raqsi», xalq o’yinlaridan «Chori-chambar», «Chapak chalish», «Qaldirg’och» kabilarni o’ynash. Bolalarga tushunarli, qiziqarli bo’lgan voqeaband o’yinlarni tashkil qilish. O’yinda musiqaga mos harakatlanish, nutq, tasavvur va tafakkurni rivojlantirish, bolalar cholg’ulari, o’yinchoq va qo’g’irchoqlardan foydalanish.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə