Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə39/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

Vaqtni idrok qilish – Narsalar harakati va O‘zgarishidagi oldinma- ketinlik hamda davomiylikning ongda aks ettishi.
Tasavvur – ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni kO‘z oldimizda fikran gavdalanishi.
Analiz-butunni qismlarga bo‘lish.
Sintez-qismlarni birlashtirib bir butun xosil qilish.
Kichik guruhdagi singari O‘rta guruhda ham vaqtni bilish asosan bolalarning kundalik hayotida o‘stirib boriladi. Muhimi, buo‘rgatishning puxta hissiyot asosida amalga oshirilishidir.
Pedagog sutka qismlarining nomini bolalar va ularga yaqin katta yoshli kishilarning ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi nima qilishlari bilan bog‘lab, bolalarning sutka qismlari haqidagi tasavvurlarini aniqlaydi.
Bolalarning sutka haqidagi tasavvurini aniqlash maqsadida ular bilan suhbat olib boriladi. Suhbat taxminan mana bunday o‘tkazilishi mumkin: avval tarbiyachi bolalardan ular bolalar bog‘chasiga kelishdan oldin nima ish qilganliklarini, bolalar bog‘chasida ertalab, kunduzi nima qilganliklarini gapirib berishlarini sO‘raydi. U bolalarning sutkaning har bir qismida nima qilayotganliklarini aniqlaydi va umumlashtiradi. Suhbat oxirida ertalab, kunduzi, kechqurun va tun bular sutkaning qismlari ekanligini aytadi.
“Bugun”, “ertaga’, ‘kecha’ kabi vaqt tushunchalari nisbiy xarakterga ega. Bolalar ularni o‘zlashtirishilari qiyin.
Shuning uchun imkoni boricha “bugun”, “ertaga”, “kecha” so‘zlaridan ko‘proq foydalanish va bolalarni bu so‘zlarni ishlatishga undab turish zarur. Tarbiyachi muntazam ravishda ularga: “Biz qachon rasm chizdik? Biz bugun (kecha) nimani ko‘rdik? Ertaga qayerga boramiz?” savollari bilan murojaat qilib turishi lozim.
“Tez”, “sekin” sO‘zlarining ma'nosi aniq misollar bilan ochib beriladi. Tarbiyachi bolalar diqqatinio ‘yin davomida ular bajar-magan harakatlarning tezlik darajasiga jalb etadi (“Poyezd sekin yuryapti, keyin borgan sari tezroq va tezroq yura boshladi”).
http://fayllar.org
Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə