Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə1/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org


Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy

1-Mavzu: Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy
asoslari.

Reja:
  1. Bolalarni matematik tushunchalarini shakllantirishda maktabgasha ta’lim muassasalari oldiga qo‘yilgan talablar.


  2. “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo`yilgan Davlat talablari”, “Ilk qadam”o‘quv dasturi talablari bilan tanishuv


  3. Rivojlanishning ilk pog‘onalarida matematik tushunchalarning kelib chiqishi.


  4. Matematik bilimlarning xozirgi kundagi ahamiyati.



O ‘quv so`z va iboralar:


Induktiv-keltirib chiqarish , hulosa chiqarishga asoslangan mantiqiy bilish metodi,tafakkur formasi.
Deduktiv-umumiydan yakkaga qarab borish yo‘ki bir qancha ma’lum umumiy hukmlardan yangi yakka bir hukm keltirib chiqarishdan iborat xulosa chiqarish turi mantigiy tafakkur formasi.
Abstraksiyalash-narsa va xodisalarning ayrim belgi va sifati yo‘ki hususiyatini fikran ulardan ajratib olib ,uni mustaqil fikr ob’ektiga aylantirishdan iborat aqliy operatsiya.
Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetguncha davlat va nodavlat ta’lim muasasalarida xamda oilalarda amalga oshiriladi.
Aqliy kamolot bu yoshning o‘sib, tajribaning boyib borishi munosabati bilan tarbiyaviy ishlar ta’sirida bolaning aqliymashg’ulotndai ro‘y beradigan miqdor va sifat o‘zgarishlarining majmuasidir. Bolalarning 6-7 yoshdan boshlab maktabga o‘qishga o‘tishi munosabati bilan ularni maktab ta’limini tayyorlash uchun aqliy rivojlanish yetarli darajada bolishini ta’minlash tarbiyachining javobgarligini yanada oshiradi.
Matematik tushunchalarni rivojlantirish muammosi psixologik nuqtai nazardan quyidagi masalalarni o`z ichiga oladi:
Tushunchaning tuzilishi va shaklining paydo bo`lishi;
Tushunchalarni shakllantirish uchun aqliy harakatlar va aqliymashg’ulot yo`llarini, usullarini rivojlantirish.
Psixologik, pedagogik tadqiqotlarni ko`rib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish tarbiyachi rahbarligida , maqsadli tashkil qilinganmashg’ulot jarayonida samarali rivojlanadi. Tarbiyachi rahbarligida ta`lim jarayonida umumlashtirish, fikrlash, mantiqiy bog`lash,bilimlari rivojlanadi va bu pedagogik jarayonda o`z aksini topadi.
Fan-texnikani va hayotning zamonaviy rivojlanish darajasi maktabgacha ta`lim oldiga o`sib kelayotgan yosh avlodlarga ta`lim-tarbiya berish jarayonini uzluksiz takomillashtirish vazifasini qo`yadi. Psixologlar, pedagoglar va metodistlar tajribali tarbiyachilar bilan mashg`ulotlarni tashkil etish yo`llari, shakllari hamda uslublarini , bilim va ko`nikmalar sifatini ko`tarish ishlari amalga oshirishmoqda.
Ta`lim-tarbiya sifatini ko`tarish talablarini qo`yayotganda yosh avlod bilan matonatli xizmat qilish muhimdir, maktabgacha ta`lim faqatgina anuq bilimlar hajmini belgilabgina
qolmay, balki o`zlashtirilgan bilimlar olingan natijalar asosida bolalarga matematik tushunchalarni rivojlantirilishi lozimdir.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari “Talim to‘g‘risida”gi Qonun , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son ”2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar mahkamasining 2017-yil 21- noyabrdagi 929-son ”O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risida”gi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.Ushbu hujjat birinchi navbatda oilaga bolaning to‘laqonli rivojlanishida ta’lim –tarbiyasida, uni maktabda ta’lim olishiga samarali tayyorlashda yordam berishni nazarda tutadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablarining maqsadi maktabgacha ta’limning mazmunini belgilaydi va mulk shaklidan qat’i nazar, maktabgacha ta’lim muassalarini bolalikning qadr-qimmatini saqlab qolgan holda barcha bolalarning teng huquqligini va har bir bolaning individual rivojlanishini tadbiq etishga yo‘naltirilgan.
Bolalar rivojlanishiga qo‘yilganDavlat talablari ularning rivojlanishiga
1 Jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; 2 Ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
3 Nutq,muloqot,o‘qish va yozish malakalari; 4 Bilish jarayonining rivojlanishi;
  1. Ijodiy rivojlanish yonalishlari orqali belgilab berilgan. Bu beshta yirk soha kichik sohalarga bo`linib ,birgalikda bola rivojlanishining yaxlitligini tashkil etadi.Xar bir bolalarning rivojlanishiga qo‘yilgan talab, talabni egallash uchun bolalar qilishlari kerakligini ko‘rsatuvchi komponentlar,indicator (talabni indicator belgilaydi), ta’limga yondashuv va talabni egallashga yo‘naltirish maqsadida uy yoki MTT amaliy mashg’ulot turlari va bola havfsiz muhitni tashkil etishga oid tavsiyalar bilan berilgan.


Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini tarbiyachilar tomonidan tog‘ri tashkil etilishi, ma’sul shaxslar tomonidan uni nazorat qilinishining afzalligini ta’minlash, maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalarining oilada bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishi uchun qulaylik yaratish maqsadida” Ilk qadam”o‘quvdasturi ishlab chiqildi.


Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quvtarbiyaviymashg’ulotning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keying bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.
Davlat o‘quv dasturi 7 bobdan iborat. Dastur uchta asosiy bo‘limni qamrab oladi:
-maqsadli - bu tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o‘z ichiga oladigan bo‘lim;
-mazmunli - bu dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta’minlovchi bo‘lim;
-tashkiliy – bu dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, ta’lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta’minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o‘z ichiga oluvchi bo‘lim.
”Bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi” fani mazmun jihatdan dasturning ” Bilish jarayonining rivojlanishi” tarkibiga kiradi.
Maktabgacha ta’limi yoshida bilim tez sur’atlar bilan boyib boradi, nutq shakllanadi, bilim jarayonlari takominlashadi, bola eng oddiy aqliymashg’ulot usullarini egallab oladi. Maktabgacha talim yosh bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlash ularning kelajakdagi butunmashg’uloti uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Kelgusida bolalarning maktabda o‘zlashtirishilari lozim bo‘lgan natural son, geometrik figura, miqdor va boshqa tushunchalari abstract (mavxum)dir ammo ular real borliqdagi predmetlarga xos bo‘lgan bog‘lanish va munosabatlarni aks ettiradi. Bolalarning real predmetlarning miqdoriy va fazoviy hususiyatlari va munosabatlari xaqidagi tasavvurlari qanchalik boy bo‘lsa, keyinchalik ularning bu tasavvurlardan umumlashtirish va abstraklashtirish yo‘li bilan matematik tushunchalarga o‘tishi shunchalik oson bo‘ladi.
“Matematika” so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «matema» ya’ni ilm-fan degan ma’noni bildiradi.

Ta’lim oluvchilarga rivojlanishning ilk pog‘onalarida matematik tushunchalarning kelib chiqish tarixini “Qanday?” diagrammasini to‘ldirish orqali tushuntirish.



Nima uchun qadimgi odamlarga matematik bilimlar kerak bo‘lgan, ular sanash malakalarini qanday o‘rganganlar?

Uzoq o‘tmishda odamlar juda kam bo‘lishgan, cho‘lu biyobonlar, o‘t-o‘lanlar ko‘po‘sgan joylarda kam miqdordagi podachilar qabilalari yashar edilar. Har safar mollar o‘t-o‘lanlarni eb, maysazorlarni toptab tashlaganlaridan so‘ng podachilar qabilasi boshqa, o‘t-o‘lanlar o‘sib yotgan erga ko‘chib borardilar. Odamlar uyni asosan mol terisidan qurib uni Palatka yoki yurta deb atardilar. Bunday usulda qurilgan uyni bemalol bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib yurish mumkin edi. Yurta va palatkalarni daryoga yaqin, unumli erlarga qurib, u erda bemalol dexqonchilik ishlari bilan ham shug‘ullanishlari mumkin edi. Shundan so‘ng odamlar orasida yer egalari paydo bo‘la boshladi. Yer egalari o‘z oilasi va ularga tegishli bo‘lgan xalq bilan ma’lum bir joyda yashash jarayonida qabilalar hosil bo‘lgan. Keyinchalik qabilalardan qishloqlar, qishloqlardan shaharlar paydo bo‘lgan.

Yahshi hosil olish albatta oson bo‘lmagan ,uning uchun yerga keraklicha ishlov berilgan, o‘z vaqtida donni ekish, keraksiz o‘tlardan tozalash, suv quyish, sug‘orish kerak bo‘lgan.
Yer egalari oldida polizlarga daryodan suv olib kelish uchun kanallar qazdirish, agar poliz balandlikda joylashgan bo‘lsa unda suvni yuqoriga olib chiqish masalalari turgan. Yani bunda er egalari bu muammolarni hal qilish uchun boshlarini ancha qotirishga to‘g‘ri kelgan.
Podachi esa xar kuni qo‘ylarini yaylovga olib chiqaradi, qaytayotganda ham hammasini toliq qaytarib olib kelishi kerak, lekin u sanashni bilmaydi. Qo‘y, mollar soni esa kamayib borar edi. Shundan so‘ng podachi xar kuni qo‘ylarni qo‘yhonadan chiqara turib, xar birini chiqarganda arqonga bitta tugun tuggan. Qo‘ylarni soni qancha bo‘lsa tugunlar shuncha bo‘lgan, qaytgach esa har bir qo‘yni qo‘yhonaga kirgizganda arqondagi
bitta tugunni yechgan. Shunday qilib teng kuchga ega bo‘lgan kam yoki ko‘plikni xosil qilingan. Rivojlanishning ilk pog‘onalarida odamlar sanashni bilishmagan.
Bir qancha predmetlarni ular “ko‘p” tushunchasi bilan ifodalashgan. Bu ham sanoq emas edi. Bir qancha o‘xhshash pretmedlarni ajratish, taqqoslash natijasida “to‘rt”, “besh”, “olti”, “etti”, tushunchalari kirib bordi. Oxirgi so‘z “yetti” ko‘p tushunchasi ko‘p vaqt saqlanib turgan.
Odamlar sanashni asta-sekinlik bilan o‘rgana boshlashgan, ularni
o‘qituvchisi esa hayotning o‘zi bo‘lgan. Qadimgi odamlar ovqatni ‘o‘zlariga asosan ovchilik yo‘li bilan topishgan. Bizon, bug‘ularga butun qabila bo‘lib ov qilishardi, agar ular ozchilik bo‘lishsa o‘ljani tutisha olmasdilar. Ular orasida yoshi ulug‘ , tajribaliroq ovchi qolganlarga rahbarlik qilgan. O‘lja qochib ketmasligi uchun uni qurshovga olish kerak edi. Taxminan besh kishi o‘ljani o‘ng tomonidan, etti kishi orqasidan, to‘rt kishi chap tomonidan o‘rab olib tutishi, bunda esa sanoqsiz hech iloji yo‘q edi.
Ovchilar boshlig‘i kim qaerda, necha kishilashib turishini taqsimlab berar edi. Ular besh yoki etti sonini bilmasa ham lekin kerakli miqdorni barmoqlari bilan ko‘rsatib bera olardilar.
Xuddi qo‘limdagi besh barmog‘imdek bilaman degan gap ana shu davrdan bizgacha yetib kelgan bo‘lsa ajab emas. Masalan 5 soni o‘rniga ular “qo‘l”, 10 soni o‘rniga ikkita qo‘l deyishardi. Agar 20 soni aytilsa ularning qo‘l barmoqlari yoniga yana oyoq barmoqlari ham qo‘shiladi.
1935 yillarda Chukotkada yashovchi xalq ham qo‘l barmoqlari yordamida sanashgan ekan. Bir kuni yozuvchi Semushkin Chukotkaga boribdi. U kerakli manzilga etib borguncha qadar yo‘lda bug‘ular to‘dasini ko‘ribdi. Ularni sanab ko‘rsa ular 128 ta ekan. Semushkin bug‘ular egasi bilan uchrashib bug‘ularni sonini so‘raganida u:

  • “Men ularni sanamaganman. Agar bitta bug‘u to‘dadan yo‘qolib qolsa ko‘zlarim bilan chamalab bilaman” – debdi.


So‘ng mehmonga yarangaga borib, uni poylab o‘tirishini ungacha bug‘ular egasi bug‘ular sonini bilib borishini aytibti.


  • “Biz yarangada ozgina tammadi qilib bo‘lib, do‘stlarim bilan suxbatlashib o‘tirgan edik, ikki soatlardan so‘ng bug‘ular egasi kirib to‘dadagi bug‘ular soni 128 ta ekanligini aytdi”.


Men unga – “balki sen yanglishgandirsan” dedim. So‘ng yana bir bor bug‘ularni sanash uchun xisobchi chaqirtirildi. Xisobchi sanash uchun o‘zining oila a’zolarini va qo‘shni yarangadan yana ikki kishini chaqirib o‘zini, oila a’zolarini va ikkita qo‘shnini qo‘l va oyoqlaridan foydalanib bug‘ular miqdorini aniqladi.


Shunday qilib qadimgi odamlar ularga tabiat in’om etgan qo‘l va oyoq barmoqlaridan foydalanib sanashni o‘rganishgan.
Rivojlanishning ilk pog‘onalarida odamlar sanashni bilishmagan. Bir qancha predmetlarni ular "ko‘p" tushunchasi bilan ifodalashgan. Bu ham sanoq emas edi. Bir qancha o‘xshash predmetlarni ajratish, taqqoslash natijasida "to‘rt", "besh", "olti", "etti" tushunchalari kirib bordi. Oxirgi so‘z "yetti" ko‘p tushunchasi ko‘p vaqt saqlanib turgan.
Ana shu davrda bizgacha "Yetti o‘lchab bir kes" maqoli saqlanib kelgan.
Xo‘jalik ishlarida ba’zi bir qiyinchiliklar tug‘ilishi natijasida sanoq me’yori ancha kengaydi. Buning uchun odam qurshab turgan predmetlardan foydalana boshladi, u
yog‘ochlarga bolta bilan urib belgi qilar, arqonda tuguncha bog‘lar, tosharni to‘plam qilib jamlab sanar e'dilar.
Bunda odam barmoqlari alohida o‘rin tutar e'di. Bunday qurol sanoq hisobini uzoq vaqtgacha saqlar, har doim yonda va harakatda e'di. Qadimgi odamlar nutqi uncha boy e'mas, so‘z bilan tushuntirolmagan narsasini qo‘l harakati bilan tushuntirar (huddi biz buni tilimizni tushunmagan odam bilan qo‘l harakatlari bilan gaplashgandek) edi. Tabiiyki barmoqlar 10 ta ekan keyinchalik 10 soni "ko‘p" mazmunini anglatar, boshqa halqlarda 5 raqami chunki 1 ta qo‘lda 5 ta barmoq bor, keyin 20 raqami ya’ni qo‘l va oyoq barmoqlaridan foydalangan holda sanashni boshlaganlar.
Rivojlanishning ilk pog‘onalarida sanoq sekin rivojlangan, avval odamlar bir necha o‘nliklarni keyinroq yuzliklar bilan sanashgan. Juda qadimdan odamlar, hayvonlar, o‘simliklar (sabzavot va mevalarni) uy-ruzgor buymlarni sanash natijasida e'sa son kelib chiqqan.
XXI asr - ilk tehnikani taraqqiy e'tgan asridir. Biror 1 fanni taraqqiy e'tganini oliy matematikasiz ko‘z oldimizga keltirib bo‘lmaydi. Odamlar ilgari barmoq tayoqchalarda sanagan bo‘lsalar, e'ndi e'lektron hisoblash mashinasidan - komp'yuterlarda hisoblashmoqda. Ilk fanni bunday tez taraqqiy e'tishi har 1 insonni ongi yuksakligini bildiradi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashda butun O‘zbekiston jamoatchiligini oldiga ulkan vazifa qilib qo‘yildi. Bu vazifalarni amalga oshirish butun O‘zbekiston pedagoglar, tarbiyachilar zimmasiga yuklatildi.

Inson xamisha dunyoning sir-sinoatlarini anglab yetishga intiladi. O‘zicha nimalarnidir yaratadi: quradi, buzadi. Ularning mukammallik darajasi esa yaratuvchi inson ilmiga suyanadi. Ilmning kuchi olamshumul kashfiyotlar zamirida bo‘y ko‘rsatib turibdi. Buni ko‘rish uchun kundalikmashg’ulotimizga aylanib ulgurgan televizoru, kompyuterlar, mashinalaru samolyotlardan tortib, oddiy texnika ixtirolarigacha kuzatish kifoya. Bu kabi mo‘jizalarning zamirida esa, shak-shubhasiz, ilmlarning shoxi bo‘lmish matematikaning hissasi bor.


Ayni paytda xayotimizni matematikadan ayri holda tasavvur etishimiz mushkul. U aqlni tarbiyalab, hayotdagi mavjud xodisa va jarayonlarni mantiqiy mushohadalar asosida tahlil qilishni o‘rgatadi.
Xayotda duch keladigan ayrim muammoli masalalarni to‘g‘ri va aniq yechishni talab qiladi. Mana shu xulosalar haqiqat qonunlarini yaratadi, xodisalarning matematik modellarini ifodalaydi. Haqiqatga esa osonlik bilan erishib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, matematika fanini zinapoyaga qiyos qilish mumkin. Pillapoyaning oldingi qismini bosmay turib keyingisiga o‘tish oson bo‘lmaganidek, matematikaning dastlabki mavzularini anglamay turib, keyingisini o‘rganib bo‘lmaydi. Matematika bir butun, yaxlit fan. Unda xamma tushuncha, teoremalar uzluksiz va ketma-ketdir.
Aslida, inson tug‘ilgandan to bu dunyoni tark etgunicha matematik qonuniyatlar ichida hayot kechiradi. Buning eng sodda isboti mehnatiga yarasha xaq olishidadir. Ya'ni, siz bajargan ishda sarf qilgan kuchingiz, vaqtingiz, ilmingiz qiymatini beradigan miqdor bor. Siz qaysi kasb vakili bo‘lishingizdan qat'i nazar, matematikaga yuzlanmasdan ilojingiz yoq. Iqtisodchi foydaning ulushini aniqlash uchun matematik formulalarga tayanadi. Tabib bemorining kasalini aniqlash mobaynida uning qaytalanish davrini, oldingi holatlar
bo‘yicha davolanish muddatini o‘rganadi. Dorilarni qancha miqdorda iste'mol qilish kerakligi ham aynan matematik qonuniyatdir.
Dehqon bozorga olib kelgan mahsulotini yil mobaynida yetishtirgan bo‘ladi. Unga qancha mehnatiyu sarf-xarajat ketgani maxsulotining narxini belgilashda yordam beradi. Matematikada mantiqiy fikrlashni o‘rgangan inson, uni hayotning xohlagan soxasida qo‘llay oladi.
2.Mavzu: Sharq mutafakkirlarining arifmetika rivojiga qo`shgan hissasi haqida Reja:
  1. Matematikaning yuzaga kelishi va uning fan sifatida rivojlanishi



  1. Psixologik-pedagogik adabiyotlarda maktabgacha yoshdagi bolalar matematik tasavvurlarni shakllantirish masalalari.


IX-XII asrlarda yashab ijod qilgan O‘rta Osiyolik buyuk allomalar va ularning jahon tsivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissalari.




IX-XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish yillari bO‘ldi.



Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə