Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy


Vaziyat: MatematikaMashg‘ulotlarida tarbiyachining nutqiga qo`yilgan talablar nimalardan iborat deb o`ylaysiz? Vaziyat



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə9/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

Vaziyat: MatematikaMashg‘ulotlarida tarbiyachining nutqiga qo`yilgan talablar nimalardan iborat deb o`ylaysiz?


  • Vaziyat: Siz tarbiyachining mashg`ulot o`tishdagi qanday asosiy, qo`shimcha metod va usullarini bilasiz?


  • Vaziyat:O‘qitish jarayonida didaktik o‘yinlarning ahamiyati nimada deb o‘ylaysiz?

    6- Mavzu: Matematika mashg’ulotiga qo‘yilgan didaktik talablar. Reja



    1. Matematika mashg`ulotlari davomida didaktik qurollar, metodik usullarni almashtirib turilishi, mashg`ulotlarda tushuntirish, namuna ko`rsatish usullarining ahamiyati.


    2. Dastur vazifalarini o`rgatishda o`yin usullaridan foydalanish.


    3. Matematik tushunchalarni rivojlantirish metodikasining umumdidaktik talablari. 4.O`rgatish ishlarini tashkil qilishda tarbiyachi amal qiladigan asosiy qoidalar.




    Har bir mashg’ulotda son- sanoq bo‘limi bilan dasturning boshqa

    bo‘limlaridan xam mavzu rejalashtiriladi

    Har mashg’ulotda ko‘rgazma va tarqatma materiallardan foydalaniladi.




    Mavzu takroriy bo‘lsa ko‘rgazma material yangi bo‘ladi.




    kichik va o‘rta guruhda 2ta dastur vazifa

    rejalashtiriladi.

    Mashg‘ulot boshlashda

    dastur vazifalari bilan tanishtirish.

    Mavzu yangi bo‘lsa,

    ko‘rgazma material takroriy bo‘ladi

    Katta guruhda ikkita, uchta dastur vazifa olinadi.




    Mashg‘ulotni yakunlashda

    kichkina, o‘rta guruhlarda mavzular umumlashadi.

    2 kichkina, o‘rta guruhda tarbiyachi umumlashtiradi.




    Tayyorlov guruhda ikkita, uchta, beshtagacha dastur vazifasi olinadi.




    Bolalarnimashg’ulot davomida rag‘batlantiriladi va oxirida

    bolalarmashg’ulotiga baxo beriladi.

    Katta tayyorlov guruhda bolalar birgalikda umumlashtiradi.




    Oltita, sakiztamashg’ulotdan so‘ng takroriy

    tipdagimashg’ulot rejalashtiriladi

    Mashg‘ulotlarda ilg‘or pedagogik va axborot texnalogiyalaridan foydalanadi.




    Harmashg’ulotda bolani maqtash joiz bo‘lgan joyini topib rag‘batlantiradi.




    Mashgulot nima?

    Mashg`ulot MTT-da asosiy ta’lim berish shaklidir. Ularga maktab tarbiyasi yoshidagi hamma bolalar uchun dastur mazmuni belgilangan, kundalik qismda doimiy vaqt ajratilgan. Mashg`ulotlar tarbiyachi rahbarligida o‘tadi. U yangi bilimlarni bayon qiladi, mavjud bilimlarni aniqlaydi, sistemalashtiradi, ularni amaliymashg’ulotini tashkil e'tadi, amaliymashg’ulot davomida bolalar olgan bilimlarini mustahkamlaydi va turli hil malaka


    va ko`nikmalarni egallaydi.
    Mashg‘ulotlar quyidagi turlarga bo‘linadi. Yangi bilim beruvchimashg’ulotlar.
    Yangi bilimlarni takrorlash. Yangi bilimlarni mustahkamlash.
    Bolalarning bilimlarimashg’ulotdanmashg’ulotga kengayadi, aniqlashtirildi va mustahkamlanadi. Dasturning bir bo‘limidan ikkinchi bo‘limiga o‘tishda o‘tiganlarni takrorlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirilgan bilimlar bilan bog‘lashni ta’minlash katta ahamiyatga ega . Yangi materialni o‘rganish jarayonida o‘tgan materialni takrorlash bolalarning bilimlarini shuqurlashtiribgina qolmay, balki ular e’tiborini yangi materialga qaratish, uning puxta o‘zlashtirilishiga imkon beradi.
    Har bir mashg’ulotda didaktik talablarga amal qilish lozim. Didaktik talablar" deganda nimani tushunasiz va qanday talablar borligini bilasiz?
    Didaktik talablar o‘qitish,o‘rgatishishlarini tashkil e'tishda tarbiyachi amal qiladigan asosiy qoidalardir".Didaktik" termini grekcha "o‘rgatuvchi talab" asos demakdir. Didaktik talablarni birinchi marta buyuk chex pedagogi Uan. Amos. Kamenskiy tomonidan XVII asrda yozilgan. Ulug‘ didaktika yoki hammani, hamma narsaga qanday o‘rgatishkerak? "kitobida ifodalab berilgan.
    Har bir guruh uchun quyidagi talablar yozilgan matnlar tarqatiladi, o`quvchilar uni mustaqil o`rganadilar va taqdimot qiladilar.

              1. guruh

    Tarbiyalab o‘rgatuvchi, rivojlanib boruvchi ta’lim. Ilmiylik va hayotiylik talabi.


              1. guruh

    Ta’limning bolalar yoshiga mosligi. O‘zlashtirishida onglilik va mustahkamlilik talabi. Faollik talabi


              1. guruh

    Ketma-ketlik va izchillik talabi. O‘zlashtira olishlilik talabi.


    Bilimlarni takrorlash va mustahkamlash talabi.
              1. guruh

    O‘rgatishda ko‘rgazmalilik talabi.

    Mashg‘ulotda bolalarga yakkama-yakka munosabatda bo‘lish talabi. Tarbiyachining har bir mashg’ulotda rahbarlik roli.



    1. Mavzu: Matematika mashg‘ulotlariga qo‘yilgan didaktik talablar.
    Reja:


    1. Matematika mashg`ulotlari davomida didaktik qurollar, metodik usullarni almashtirib turilishi, mashg`ulotlarda tushuntirish, namuna ko`rsatish usullarining ahamiyati.



    1. Dastur vazifalarini o`rgatishda o`yin usullaridan foydalanish.



    1. Matematik tushunchalarni o`zlashtirishda amaliy xarakatlar va mashqlarning ahamiyati.


    Tarbiyalab o‘rgatuvchi, rivojlanib boruvchi ta’lim.

    Ta’lim berish jarayonida bola ma’lum bilimlarga e'ga bo‘ladi. Ta’lim berishda kattalar o‘zlarini bilimlarini kichiklar miyyasiga joylashtirish e'mas balki bola bilimlarni ongli o‘zlashtirishiishiga qaratishi lozim. Ta’lim berish jarayonida bolalarda hayol, fikr, hotira, bilimga qiziqish, aqliy faollik va o‘zaro munosabatni shakllantiradi. Ta’lim tarbiya bola shahsini shakllantirishgayo‘naltirilgandir. Ilk matem tasavvurlarni rivojlantirish talabi esa avvalom bor bolalardarni predmetlarni sanog‘i va miqdori, fazoviy joylanshuvi va vaqt haqidagi tasavvurlarni rivojlantirishni nazarda tutadi. Bolalar uchun dunyo yangi bog‘lanish va munosabatlarda ochiladi.Masalan: Bolalar tanish bo‘lgan darahtni uning balandligi, tanasining qalinligi, shohlarining ko‘pligi, ularning shakli, uzun-ingichkaligi qiziqtiradi. Darahtlarni taqqoslash jarayonida ular qaysi daraht past qaysinisi baland, uning barglarini shakli, kattaligi haqida tushuncha hosil bo‘ladi. O‘qitish vazifasi faqat bilim berish emas balki shu bilimlar orqali hayotga tevarak atrofdagi borliqqa, mehnatga,kishilarga to‘g‘ri munosabat hosil qilishdir. Ta’lim va tarbiya bir-biri bilan ajralmasdir jarayondir. Mashg‘ulot mazmunini aniqlashda tarbiyachi tarbiyaviy vazifalarni ham belgilaydi. Mashg‘ulotda quyidagilarni talab etadi;So‘raganda javob berishi, o‘rnidan turishi, ruhsat berganda o‘tirish v h.k.


    Ilmiylik va hayotiylik talabi.

    Ilmiylik talabi deganda-o‘quvmateriallarini ilmiy asoslangan bolalar yoshiga mos qilib tanlanishidir. Maktab tarbiyasi yoshidagi bolalar biz dunyoni qanday bilsak shunday shakl va bo‘yoqlarda va juda ko‘p bog‘lanishlarda ochib bera olishimiz kerak. Matematika ta’lim berishning vazifasi faqat ilmiy bilimlar sistemasi e'mas balki tevarak-atrofdagi voqea- hodisalarni haqiqiy miqdoriy, fazoviy va vaqt haqidagi tushunchalarni bilishdir. Bu bilimlar sistemasi miqdor, shakl, o‘lchovni turli tomonlarini bog‘liqligini hayotiy materiallarda yetkazmoq kerak. Shu bilan ular ilmiy matematik asosga, bolalar pedagogik psixologiyasiga tayanishi lozim. Masalan: bolalarni miqdor bilan tanishtirish asosida ko‘plik va son bilan, kattalik bilan tanishtirishi asosi, o‘lchov, uzunlik, og‘irlikdir, hayotiy predmetlarni turli shakli-oddiy geometrik shakllar va ularning hususiyatlarini bilimlar asosiga tayanadi.Ta"limdagi ilmiylik talabiga rioya qilish bolalarni keyinchalik maktabda bilimlarni yaxshi o‘zlashtirishilarini ta’minlaydi.Bolaga beriladigan bilim bolani yosh hususiyatlarini hisobga olgan holda ularga mos ilmiy tushunchalar bilan tanishtirish kerak. Masalan: Bolalarni miqdoriy munosabatlar bilan son, ko‘plik bilan tanishtirish ilmiy matematik tushunchaga borib taqaladi.



    Ta’limning bolalar yoshiga mosligi.

    Bolalarni aqliy rivojlantirishda bilimlarni mazmuni va ta’lim uslubiyati bolalar yoshiga mos olinishi lozim.

    Ta’limning bolalar yoshiga mos olinishi muammosi hali oxirigacha hal bo‘lmagan. Bir qancha horijiy psixologlar har qanday yoshdagi va rivojlanshidagi bolalarga hohlagan predmetni yaxlit shaklda berish mumkin deb hisoblashadi. Bir qancha Amerikalik olim va pedagoglar eng kichik bog‘cha yoshidagi bolalarga matematik ta’limnio ‘yin tariqasida olib borishni tavsiya etadilar.

    Bolalarga bilimlar mazmuni bolalarni his qilish va mantiqiy tafakkuriga mos kelishi bilimlarni oddiydan murakkabga, qarab berilishi, ma’lum narsadan-noma’lum narsaga, yaqindan-uzoqqa kabi qoidalarga rioya qilinishi lozim. Undan tashqari bolalarga yangi bilimni oz-ozidan oldingi olingan bilimlarni bir qanchamashg’ulotlarda qaytarish va mustahkamlash tartibida olib boriladi.


    O‘zlashtirishida onglilik va mustahkamlilik talabi.

    Bilimlar anglangan, tushunib olingan taqdirdagina mustahkam bo‘ladi. Bola bilimlardan qanchalik foydalansa, ular shunchalik yahshi anglanib olinadi, agar bolalar oldiga aqliy vazifa qo‘yilsa, bilimlar muvafaqqiyatlio‘zlashtiriladi.


    Faollik talabi

    Bolalarni faollashtirish uchun tarbiyachi ko‘rsatmalar, topshiriqlar, savollar beradi, va shularni o‘zlari o‘ylashga, e'rkin fikrlashga, do‘stlarini javobini tinglash. To‘ldirish, kiritishga imkoniyat berish, mulohazalarni, tashabbuslarni quvvatlashi lozim.



    Ketma-ketlik va izchillik talabi.

    Yangi bilimlar avval o‘rganilgan bilimlarga tayanadi. Dasturdagi material huddi shunday joylashtiriladi.mashg’ulotlar oddiydan murakkabga qarab izchil ravishda ketma-ket rejalashtirilib boriladi. Mashgulotlarni izchil ravishda olib borilishi orqali umumlashgan tushunchalar hosil qilinadi. Masalan: yil fasllari, oylar haqida ularni hususiyatlari haqida bilimga ega bo‘ladilar. Sistemalilik talabi. Bolalarga matematik bilimlarni berishida matematik malaka va ko‘nikmalar yani bilimlar sistemasi shakllantiriladi. Bunda bilimlar sistemali ya’ni birin-ketin beriladi. Sistemalilik - degan edi. I.P. Pavlov bu odamning oliy nervmashg’ulotining materialni oson o‘zlashtirishiiga va uni hotirada saqlab qolishga yordam beradi. Sistemalilikni eng muhim hususiyati shuki bu o‘quv materialini izchillikda

    berilishidir. Shuning uchun yangi materialni berishdan oldin eski materialni bola yahshi o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Ayniqsa, matematikmashg’ulotlarida sistema bo‘lishi shart.mashg’ulotni o‘tib keyin tashlab qo‘yib, keyin yana o‘tkazilsa bolada bilim mustahkam bo‘lmaydi.

    Bilimlarni o`zlashtira olishlilik talabi.

    O‘qitish bolalarni kuchi etadigan ,ularning tushunarliga mos bo‘lgan taqdirdagina samarali bo‘ladi. "o‘qitishda yaqindagi narsalarni o‘rganishdan uzoqdagi narsalarni o‘rganishga, osonroqdan, qiyinroqqa, tanish narsalarni o‘rganishdan namoyish qiluvchi narsalarga qarab borish lozim. " Takroriylik va hilma-hillik talabi.


    Bilimlarni takrorlash va mustahkamlash talabi.

    Bilimlarni mustahkam bo‘lishi uchun o‘rganilgan material o‘zgarishi, bolalarni qiziqishini oshiradi va bola o‘ziga bilmagan takrorlanib borilsagina maqsadga muvofiq bo‘ladi. Takrorlanganda ko‘rgazma materiallar xolda materialni takrorlaydi.


    O‘rgatishda ko‘rgazmalilik talabi.

    "Maktabgacha-tarbiya yoshdagi bolalarni hususiyatlari ko‘rgazmalilikhi talab etadi". Ushinskiy "Bolalar tabiati" ko‘rsatmalilikni talab etadi. Bolalarni o‘ziga noma’lum bo‘lgan qandaydir beshta so‘zga o‘rgating, lekin u bularni o‘rganishi uchun uzoq vaqt behuda azob chekadi, lekin shunday so‘zlardan 20 tasini sur’atlar bilan belgilang-bola ularni bir zumdga o‘zlashtirib oladi” Hozirda maktabgacha ta’limda ko‘rsatmalilikni hilma-hil turlari mavjud, bularga jonli ob’ektlarni kuzatish, predmentlar, sur’atlar, namunalarni ko‘zdan kechirish, tehnik vositalardan, sxema, modellardan foydalanishlar kiradi.



    Mashg‘ulotda bolalarga yakkama-yakka munosabatda bo‘lish talabi.
    Tarbiyachi ishni bolalarni individual hususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etadi. Agar u bolalar bilan bir hilda mashg‘ul bo‘lsada baribir bolalar hammasi turlicha o‘zlashtirishiadilar. Ayrimlari doim qo‘l ko‘tarib bilimlarni mustahkamlab borsalar, ayrimlari uni alohida so‘roqqa tutganda ham javob berishdan bosh tortadilar. Ularni belgilabmashg’ulotda va undan tashqari vaqtlarda bunday bolalar bilan alohida ahamiyat berib yakkama-yakka ish olib borish kerak bo‘ladi.



    Yüklə 294,01 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə