Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə7/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

MAKTABGACHA TAYYORLOV GURUHI 7 yoshga qadar bola son, buyumlarning shakli va kattaligi haqida nibatan ko‘prok bilimlarni o‘zlashtirgan bo‘lishi, fazoda va vaqt bo‘yicha mo‘ljal ola bilishi kerak.
Tarbiyachi bolalarda matematik bilimlarga ustuvor qiziqish, ulardan foydalanish malakasi va ularni mustaqil egallashga intilishni tarbiyalashga harakat qilishi kerak.
Shu yoshda bolalarda mustaqil fikrlashni, fazoviy tasavvurni rivojlantirish, ayniqsa muhim.
Mazkur guruhda haftasiga 2 tadan bir yilda 72-74tamashg’uloto‘tkaziladi.
Matematikadan har qanday mashg`ulotni tuzishda bolalar tarbiyachining stoli yonida ishlashlari bilan bir qatordao‘z o‘rinlarida tarqatma materiallar bilan mustaqil ishlashlari ham nazarda tutiladi.
Ilk qadam” dasturining muhim jihati bolaning rivojlanish xaritasining yuritilishidir, U o‘zida bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi. Xarita bir yilda uch marta to‘ldiriladi va bolaMTT.da tarbiyalanganidan so‘ng, ya’ni 6—7 yoshida uning maktabga tayyorligi xaritasi bilan ta’lim dargohiga yuboriladi.
Ushbu jarayon davlatning yangi talablariga asoslanadi. U bola rivojlanishining beshta asosiy yo‘nalishini qamrab oladi:
  • Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi


–”Ijtimoiy-hissiy rivojlanish”


  • Nutq,muloqot, o‘qish va yozish malakalari


–”Bilish jarayoninig rivojlanishi”


–” Ijodiy rivojlanish”.
            1. yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi

Bolaning rivojlanish xaritasini to‘ldirish uchun kuzatuv uchta davrni o‘z ichiga oladi: birlamchi(o‘quvyilining boshida), oraliq va yakuniy.


Birlamchi kuzatuv o‘quv yilining boshi (sentabr oyi) da amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrdagi yutuqlari belgilanadi.
Tarbiyachi ta’limning rivojlanish sohalaridagi muammalarga e’tiborni qaratadi, qanday sifatlarni qo‘llab-quvvatlash talab qilinishi, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Bundan tashqari, u bola rivojlanishi xaritasini muayan davr davomida bolaning yoshini hisobga olgan holda to‘ldiradi.
Oraliq kuzatuv yilning birinchi yarimi oxiri (dekabr, yanvar)da o‘tkaziladi. Ushbu kuzatishning maqsadi bolalar uchun tanlangan metodikaning to‘g‘riligini belgilash va rivojlanish dinamikasini aniqlashdan iboratdir. Ushbu kuzatuv natijalariga ko‘ra, tarbiyachi boshqa mutaxassislar bilan birgalikda pedagogik jarayonga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. O‘quv yilining oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatishni olib boradi.
Ushbu kuzatish asosida vazifalar qanchalik bajarilganligi, bolaning rivojlanishida kutilagan natijalarni hisobga olgan holda undan keyingi pedagogik jarayonning maqsadlari belgilanib olinadi.
Kuzatuvlar quyidagi tamoyillarga asoslangan bo‘lishi kerak:
  • kuzatuv bolalar uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga qaratilgan;


  • kuzatuv kamida ikki hafta (yoki bir oy ichida) bolaning rivoji haqida ob’ektiv tasavvurga ega bo‘lish uchun o‘tkaziladi;


  • tarbiyachi bola to‘g‘risidagi ma’lumotni ota-onalar va MTTning boshqa xodimlar bilan suhbatlashib olishi mumkin;


  • tarbiyachi bolaning qiziqishi, moyilligi, muloqat va bilish jarayonidagi O‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratishi lozim.


Tarbiyachi bolaning rivojlanish xaritasini yilida kamida 3 marotaba to‘ldiradi, erishilgan natijalarni (✔) belgisi bilan belgilaydi. Kuzatuv barcha rivojlanish sohalari bo‘yichao‘tkaziladi.


Ushbu kuzatuv asosida (tarbiyachi) pedagog-psixolog, logoped, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi va boshqalar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini yoritib beradi, ta’lim sohalarini o‘zlashtirishidagi zaif tomonlarini aniqlaydi.
Shunga mufoviq ta’lim jarayoniga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek, yakka tartibda ishlash rejalashtiriladi va tarbiyachining kundalik ish daftarida aks ettirilgan vazifalar amalga oshiriladi.
Shu karta bo‘yicha o ‘quv yili oxirida (odatda may oyida) shu xarita asosida yakuniy kuzatuv olib boriladi.
Nazorat savollari:
  1. Turli yosh guruhlarda matematika bo'yicha ishlarini rejalashtirish qanday amalga oshiriladi?


  2. Bolalarni matematikamashg’ulotlarida olgan bilimlarini qanday mustahkamlanadi?


  3. “Ilk qadam” tayanch dastur talablari asosidamashg’ulotning davomiyligi , xaftasiga necha marta o‘tilishi kerak?




Mavzu: Matematika mashg’ulotlari va uni o`tishga qo‘yilgan talablar.


Reja:
1.Matematika mashg`uloti va uni o`tishga qo`yilgan talablar haqida tushuncha. 2.MTM bolalariga matematik tushunchalar berishda foydalaniladigan metod va usullar.


  1. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar nutqiga qo`yilgan talablar.

Matematikamashg’ulotlarida tarbiyachining nutqiga qo`yilgan talablar nimalardan iborat deb o`ylaysiz?


Matematika aniq fan, shu sababli o`qitishda bolalar o‘z fikrlarini aniq bayon qilishni o‘rganishlari juda muhim. Bolalar har doim tarbiyachining mantiqan ixcham, savodli nutqini eshitishlari kerak. Tarbiyachilar ko‘pincha u yoki bu matematik atamani ishlatishganida «to‘plam», «miqdor», «son», «raqam», «kattalik», «shakl», «figura»,
«tomon», «yoq» va k. tushunchalar orasidagi farqlarni oydin tasavvur qila olmaganlari tufayli xatolarga yo`l qo‘yishadi.
Matematik tushunchalarning mazmunini bilibolish muhim, busiz bolalarga ilmiy ishonchli bilimlarni berib bo`lmaydi.
Fazoviy va miqdoriy belgilar va munosabatlar faqat so‘zlar yordamida akslanishi mumkin. Shu sabablibolalar tomonidan matematik ob’ektlarning xossalari vabelgilarining ajratilishi, albatta, ularning nomlari bilan kuzatiladi. Bola bog`langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gap tuza olmagani uchun nutqda matematik munosabatlarni aks ettirish unga juda qiyinlik qiladi. Bu malakani sinchiklab ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi.
Oldin savollarni bo‘laklarga ajratish maqsadga muvofiq, masalan, bolalardan—«Qizil tasmachada nechta tosh bor?», - deb so`raladi. So‘ngra bolani ushbu bog‘lanishni O‘rnatishga o‘rgatish kerak: «Qizil tasmachada bitta, ko‘k tasmachada esa ko‘p tosh bor».
Tarbiyachi yoki javob namunasini beradi, yoki bola uchun javob beradi: «Qizil tasmachada bitta tosh bor, ko‘k tasmachada esa...» — «ko‘p tosh bor» deb to‘ldiradi kichkintoy.
Bolalar matematik fikrlarni qisqa va aniq ish mohiyatini aks ettirib tuzishga o‘rgatiladi. Uch yoshli bola «Qo‘g‘irchoqlar nechta bo`lsa, piyolachalar shuncha» deydi yoki «Idishlar ko‘p, qo‘g‘irchoklar kam» deydi, yoki «To`rt uchdan katta, uch esa to`rtdan kichik», deb javob beradi.
Bolalar nutqida matematik ob’ektlar bilan bajariladigan ishlarning aks etishiga katta e’tibor berish kerak. Bolalar u yoki bu topshiriqlarning bajarilishini, albatta, (gapirib berishlari va tushuntirishlari kerak. Ajratilgan xossalar, belgilar (alomatlar) va mosharakatlar usullari orasida bog‘lanishlar, ya’ni bo‘limlar bilan ularning idrok qilinishi orasida bog‘lanishlar shu asosda o‘rnatiladi. Bolalar uchun bir yangi harakatni tarbiyachining o‘zi ko‘rsatadi, uni aniq ko‘rsatmalar tushuntirishlar bilan olib boradi. Bu ko‘rsatma va tushuntirishlar mumkin bo`lgan xatolarning oldini olishgayo‘naltirilganbo‘ladi, bunda hamma ish usullarini tarbiyachining o‘zi ko‘rsatadi, jarayonni va ishlarning bajarilish tartibini o‘zi tushuntiradi. Masalan, bolalarga sanoq
usullarini o‘rgatar ekan, tarbiyachi bolalar ko‘z oldida buyumlarni sanaydi va bunday deydi: «Men matryoshkalarni qo‘g‘irchoqlarnio‘ngqo`lim bilan chapdan o`ngga qarab sanayman, ularga bunday tegaman, bitta, ikkita, uchta — jami uchta matreshka deyman».
Didaktik materialni almashtirib, tarbiyachi bir xil harakatning o‘zini ko‘p marta takrorlaydi, bunda u xar doim xarakat nomini aytib turadi.
Bolalar nima qilishlarini va qanday qilishlarini gapirib berishadi. Bolalarning u yoki bu harakatni o‘zlashtirishilariga qarab, og‘zaki tushuntirishlarning roli orta boradi. Tarbiyachi bolalarni so‘zbo‘yicha ishlashga o‘rgatadi, borgan sari ularga ko`proq mustaqillik beradi. Agar dastlab harakat usullari mufassal tushuntirilgan bo`lsa, keyinroq ko‘rsatmalar umumiy xarakterga ega bo‘la boshlaydi, masalan: «Stolning uzunligi va kengligi, bo`yi va enini aniqroqo‘lchashga xarakat qiling».
Shundan keyin bolalar qo‘yilganmasalani hal qilgunga qadar harakatlarni rejalashtirishga o‘rgatiladi, ular ushbu xil savollarga javob berishadi: Qaysi lenta uzun, qaysi lenta qisqa ekanini qanday bilish mumkin? Siz to‘g‘ri to`rtburchaklarni teng ikkiga qanday bo`lasiz? Qaysi xaltada don ko‘pligini qanday bilasiz?
O‘qitishning bunday izchillikda bo‘lishi bilish jarayonlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Shunday qilib, bolalar, albatta, nima qilganliklari va qanday qilganliklari, keyinroq nima qilishlari haqida gapirib berishlari kerak. Bunda ular tushunarsiz, anglab yetilmagan, ya’ni bevosita ular tajribasida bo‘lmagan narsalarni eslab qolishlariga hech bir holda yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Tarbiyachi bir narsaning o‘zi haqida bir nechta savol beradi, ammo har gal, bolalarni o‘ylab, tushunib etgan holda javob berishga undab, bu savollarni har xil ifodalab beradi. Chunonchi, tayyorlov guruhi bolalari lentaning uzunliginio‘lchaganlaridan keyin, u ushbularni so`raydi: «Lentaning uzunligi nimaga teng? Lentaning o‘zunligi 3 tao‘lchovga teng degani nimani bildiradi? Lentaning uzunligini o‘lchashda chiqqan 3 soni nimani bildiradi? Shunday uzunlikda lenta olish uchun yana o‘lchovni necha marta qo`yish kerak?» Tarbiyachi siyqasi chiqqan (trafaret) javoblarga yo`l qo‘ymaydi, doimo bolalarga bu haqda qanday qilib boshqacha aytish mumkinligini o‘ylab ko‘rishni taklif qilib turadi. («Konuslar nechta bo`lsa, matryoshkalar shuncha», «Matryoshka va konuslar teng», «Matryoshkalar va konuslar to‘rttadan»), buyumlarning ikki guruhi o‘rtasida tenglik o‘rnatib, deyishadi katta guruh bolalari. Bolalar oldida har doim «Nega?», «Qanday?» savollari turishi kerak.
Tarbiyachi bolalarni o‘rtoqlarining javoblarini to‘ldirishlari, tuzatishlari, aniqlashtirishlarini taklif qilib, ularning javoblarini yaxshi eshitishga o‘rgatadi: «Kim to‘ldiradi, kim yaxshiroq gapirib beradi?» kabi savollarni beradi.mashg’ulot jarayonida butun guruh va alohida bolalar ishini boshqarib turadi. Buning uchun u har bir yangi savol va topshiriq bilan guruhining hammasiga murojaat qiladi, javobni esa tarbiyachi chaqirgan bolagina beradi.
Frontal mashqlar o‘tkazishda bolalar ko‘rsatmalarini tinglash, bolalar bilan bir xil sur’atda o‘ynash, topshiriqlarni bajarishni o‘z vaqtida tamomlashga va nixoyat, nima qilganliklari va qanday qilganliklari, nima xosil qilganliklarini gapirib berishga o‘rgatiladi. Kimda boshqacha javob chiqqan bo‘lsa, u tovush chiqarmay qo‘lini ko‘taradi. Javob xar xil chiqqanda, qaysi javob to‘g‘riligi aniqlanadi va xatolarni tuzatish taklif qilinadi. Tarbiyachi har bir topshiriq bajarilganidan keyin baholaydi va bunda ko‘rsatmalar bajarilishining to‘g‘riligini, chalg‘imay ishlash malakasini ta’kidlab o‘tadi. o‘rtoqlarining javoblarini kuzatish malakasini rag‘batlantiradi.
Bolalarga matematikao‘rgatishda uning aloxida hususiyatlarini hisobga olishkerak, chunki bolalarning hammasi ham matematik bilimlarni bir tekisda O‘zlashtirishimaydi, matematikaga bir xilda qiziqishmaydi. Ba’zi bolalar u yoki bu harakat texnikasini qiynalib o‘zlashtirishiadiu, ba’zi bolalar esa matematik bog‘lanishlar va munosabatlarni nutqda akslantirishda qiyanaladilar. Bilimlarni o‘zlashtirishi sur’ati ham har xil bolada xar xil, bir xil emas.
Bularni hammasimashg’ulotlarda bolalardan rejaviy so‘rash, kimgadir ortiqcha marta nimadirni, kimga esa nima qilgani va qanday qilganini so‘zlab berishni taklif qilishni oldindan nazarda tutish kerakligini asoslaydi va k.
Qo‘shimcha individualmashg’ulotlar ortiqcha ekanligi aniqlanadi.
Bu xilmashg’ulotlar bolalar 3-4 ta mashg’ulotni o‘tkazib yuborganda, xotirasi juda bo`sh bolalar mavjud bo‘lganda (bu hol juda kam uchraydi) zarur buladi.
Bolalar olgan bilimlari kundalikmashg’ulotlarda, o`yinda, hayotda ,mehnatda, turmushda shuningdek boshqa mashg`ulotlarda doim mustahkamlanishi muhim. Bilimlarni mustahkamlashda didaktik o`yinlar jumladan xalq o`yinlari, matryoshkalar, piramidachalar, va boshqa o`yinchoqlar bilan o`ynaladigan o`yinlar muhim rol o`ynaydi.Jismoniy tarbiya va musiqa mashg`ulotlarida bolalarning tartib sanoq bilan shug`ullanishlariga, harakat yonalishlarini aniqlashga to`g`ri keladi.Tarbiyachi bolalarga nima uchun odamlarga o`lchash va sanash… kerak bo`lganligini tushuntiradi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga matematik bilimlarga va ularni egallashga qiziqish uyg`otish zarur. Bu esa kelgusida bolalarni maktabda yaxshi o`qib ketishlarini taminlaydi.
Siz tarbiyachining mashg`ulot o`tishdagi qanday asosiy, qo`shimcha metod va usullarini bilasiz?

O‘qitish,o‘rgatish metodlari tarbiyachi ish usullari bo‘lib, ular yordamida bolalarni bilim, ko‘nikmava malakalarini e'gallab olishga, shuningdek ularni bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga e'rishiladi.


Tarbiyachimashg’ulotda foydalanadigan asosiy o‘qitish, metodini tanlar ekan,mashg’ulot samaradorligini oshirish uchun hilma hil usullardan foydalanadi.
Bolalarda elementar matematik tushunchalarni rivojlantirish masalalari ishni rejalashtirish va tashkil qilishsiz hal bo‘lmaydi.
Bu bo‘limda quydagi masalalar ochib beriladi; maktabgacha ta"lim muasasasining har bir guruhlarida elementar matematik tushunchalarni rivojlantirishga oid ishlarni tashkil qilish; - kam komplektli maktabgacha ta’lim muasasasidamashg’ulotlarni tashkil qilish va rejalashtirish - matematikmashg’ulotlarga qo‘yiladigan didaktik talablar. - ilk matematik tushunchalarni rivojlantirish usullari.
Maktabgacha ta"lim muasasalarida aniq tushunarli bilim berib borish, aqliy mehnat qilish, mustaqil fikrlash, hozir javoblikka o‘rgatib borish hozirgi kunning asosiy talablaridan biridir.
Tarbiyachi bolalarda ilk matematik bilimlarini puhta e'gallashlari uchun ishni yahshi yo‘lga qo‘yish talab e'tiladi.
Bu e'sa o‘z-o‘zidan maktabgacha ta"lim muasasalarida va turli yosh guruhlarda qulay shart-sharoitlar bo‘lishini talab e'tadi.
Tarbiyachi quyidagi metod va usullarni bilishlari lozim.
Asosiy metodlar.
    1. Tushuntirish metodi


    2. Suhbat metodi


V) Topshiriq berish metodi


G) Mashq qilish metodi
D) Didaktik uyin metodi

Qo‘shimcha metod.
  1. Harakatlio ‘yin


  2. Og‘zaki ‘oyin 3.Tasviriymashg’ulot


4.Badiy adabiyot 5.Tehnik vositalar


Usul bu metodning bir kismidir.
1 .Ko‘rgazmalik usuli

2.O ‘yin usuli



Usullar

3.Taqqoslash silash, silkitish, paypaslash usuli 4.Namuna ko‘rsatishusuli


Sinkveyn- fransuzcha so`zdan olingan bo`lib “Besh misra” sheriy qator ma’nosini anglatadi.Unda quyidagicha ish olib boriladi:

Suxbat metodi
  1. Ot-Suxbat (bir so`zdan iborat) hima?


  2. Sifat-katexizik, evristik (ikki so`zdan iborat) qanday?


  3. Fe’l-o`ylaydi, xotirlaydi, tiklaydi.(uch so`zdan iborat)nima qiladi? 4.Ibora-ikki kishining o`zaro muloqati (to`rt so`zdan iborat) 5.Sinonim-muloqat (bir so`zdan iborat).




Didaktik o`yinlar
  1. Ot- didaktik


  2. Sifat-ta’limiy,tarbiyaviy


  3. Fe’l- o`rgatadi,rivojlantiradi, mustahkamlaydi. 4.Ibora-ta’lim berishning asosiy usuli.


5.Sinonim-talab.


Mashq
  1. Ot-mashq.


  2. Sifat-oddiy,murakkab.


  3. Fe’l-o`zlashtiradi, bajaradi, takrorlaydi. 4.Ibora –rejali ravishda takroriy bajarish. 5.Sinonim-qollash.


" M e t o d " g r e k c h a s o ‘ z b o ‘ l i b ' ' m e t o d " d e g a n i “ y o ‘ l ” demakdir. Matematika O‘qitish uslubiyati (metodikasi) tarbiyashunoslik (pedagogika) fanlari sistemasiga kiruvchi tarbiyashunoslik fanining tarmog‘i bo‘lib, jamiyat tomonidan qo‘yilgano‘qitish maqsadlariga muvofuq matematika o‘qitish qonuniyatlarini matematika fani taraqqiyotining muayyan bosqichida taqiq qiladi.


O‘quvmashg’ulotini tashkil qilishda quyidagicha metodlardan foydalanadi.


Tushuntirish- bu ya'ni materiallarni mantiqiy izchillik bilan bayon etishdir. Bu usul bolalarni nahariy bilimlar (qoida, amallar, hususiyati, amallar, amallar tartibi) hisoblash usullarida foydalanish qoidalari bilan tanishtirishda qo‘llanadi.
Tanishtirish– Bunda yangi materiallarni o‘tilgan material bilan bog‘laydi, uni bilimlar sistemasiga kiritib, bolalarda bor bilimlar bilan ya'na egallanadigan bilimlarning o‘zaro bog‘liqligini anqlatadi. Bu o‘zaro bog‘liklikni aniqlashda bolalarning oldingi tajribasiga tayanib, ularni bor bilimlarini egallashga jalb qiladi.

Bolalar bilan ishlashda ko‘rsatmali qurollardan, tarqatma-didaktik materiallar, sxemalar, chizmalardan keng foydalanadi.


Matematikmashg’ulotlarida tushuntirish usuli bilan bir qatorda suhbat usulidan xam keng foydalaniladi.
Hikoya:Mashg‘ulotni tushuntirishni hikoya shaklini amalga oshirishi mumkin. Bunda asosan matematika rivojlanishi (masalan, vaqt o‘lchovi) harita xaqidagi tarihiy ma'lumotlarni berish uchun foydalaniladi.
Suhbat-mashg’ulotning turli bosqichlarida har hil o‘quv maqsadlarida yangi berilgan topshiriqlarni va mustaqil ishlarni tekshirishda, yangi materiallarni tushuntirishda mustahkamlash va takrorlashda qo‘llanilishi mumkin.
O‘qitishda suhbatning ikki hilidan ya'ni katehizik va evristik suhbatidan foydalaniladi.


Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə