Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy


Harakatli o‘yinlar va tincho ‘yinlar



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə6/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

Harakatli o‘yinlar va tincho ‘yinlar. Harakatlio ‘yinlardan juftmi, toqo ‘yini. Sanama: Vali ko‘chaga chiqdi, aravasi buzildi. Unga nechta mix kerak bo‘ladi?
Bir, ikki, uch, to‘trt, besh, olti, yetti ketdi?
Maqsad:o ‘yin orqali bolalar berkitilgan narsani aniq topishga, sanashga o‘rganadilar.
Topishmachoq

Maqsad: Bu o‘yin orqali bolalar jismoniy tomondan baquvvat qilib tarbiyalanadi. o‘z komandasining g‘olib chiqishi uchun harakat qilishga o‘rgatiladi.


Ninachi.

Maqsad: "Ninachi" o‘yini bolalarni bir jamoaga uyushtiradi. Narsalar, buyumlarning kishi hayoti uchun zarurligini bilib oladilar.o ‘yin bolalarning baravariga ma'lum ohangiga e'tibor berish, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, iltimos qila bilish kabi qobiliyatlarni tarbiyalaydi.


Tinch о’yinlardan. Bolalar ixtiyoriga ko‘ra: Domino, shashka, lego, vagonlarni nomeri bo‘yicha poezd tuzamiz. ovozidan top, mozaika...
  1. «Ilk qadam” tayanch dastur talablari asosidamashg’ulotning davomiyligi , xaftasiga necha marta o‘tilishi, xaftaning faqat o‘rta kunlari va kunning birinchi qismiga rejalashtirilishi.


«Ilk qadam” tayanch dasturda bolalarning tafakkurini rivojlantirishda ularning ilk matematik tasavvurlari uzluksiz o‘stirib borilishiga muhim o‘rin ajratilgan.


Tarbiyachi,mashg’ulotda yangi materialni bayon etishdan oldin ishni takrorlashdan boshlashi,mashg’ulotni o‘tishda o‘z nutqiga alohida e'tibor berib,maxsus terminlarni to‘g‘ri qo‘llashi lozim. Agar o‘tganmashg’uloti murakkabroq bo‘lib, uni bolalar o‘zlashtirishida qiynalsalar, keyingi hafta bumashg’ulotni takroran o‘tkazish tavsiya etiladi.
Unda avvalgimashg’ulotda foydalanilgan ko‘rgazma va tarqatma materiallardan farqli o‘laroq boshqa materiallardan foydalanish kerak. Chunki, hadeb bir xil ko‘rgazmadan foydalanish bolalarda “ey, buni o‘rganganmiz-ku",degan tushunchani, befarqlikni yuzaga keltiradi.
Bolalarga yangi bilim berish, o‘tilganlarni takrorlash, sinash, sistemaga solish, chuqurlashtirish va mustahkamlash maqsadidamashg’ulotlarni mujassamlashtirib o‘tkazish tavsiya etiladi. Masalan, birinchimashg’ulotingiz matematika, siz unda bolalarni geometrik
jismlardan "shar" bilan tanishtirdingiz,mashg‘ulotingizning ikkinchi qismida loy ishidan 'bo‘g‘irsoq" yasashingiz mumkin. Yasash jarayonida bo‘g‘irsoq shar shaklida ekanligi tushuntiriladi.Mashg‘ulotning uchinchi qismida esa "pufakcha" harakatli o‘yinini o‘ynatish mumkin..
Matematik bilimlar berishni bolalarmashg’ulotining hamma turlarida aks ettiririlishi mumkin. Ularni mustahkamlash maqsadida bolalarningo ‘yin, mehnat, masvriymashg’ulotlarini turlarini ham nazarda tutish lozim .Qiziqarli mazmundagimashg’ulotlar, to‘garakmashg’ulotlari va matematik-didaktiko ‘yinlarning barchasinimashg’ulotlardan tashqari vaqtlarda olib borishni xam unutmaslik kerak.
Matematikamashg’ulotlarinio ‘yin tarzida o‘tkazilgandagina bolalar materialni yaxshiroq o‘zlashtiradilar. Shuning uchun turli xil mantiqiy va qiziqarli matematiko ‘yinlarni kun davomida o‘ynatishni rejaga kiritish kerak. Bular: shashka, lego, domino labirint, krassvord, rebuslar, mozaika, geometrik shakllardan, magnit doskada yangi shakl hosil qilish”tangram", "kolumbovo tuhumi", "sexrli aylana" kabilapdir. Bu ishlarni esa ota- onalar bilan hamkorlikda olib borilishi lozim . Ota-onalar kelishganda ularga kun davomida bolalarga qanday bilimlar berilgani , endi ular uyda qanday ishlar olib borishlari lozimligi haqida, buning uchun qanday adabiyotlardan, qo‘llanmalardan foydalanishlari mumkinligi haqida tavsiyalar berilishi kerak.
Matematikamashg’ulotlarini qiziqarli o‘tkazish uchun matbuotda chiqayotgan yangi uslubiy qo‘llanmalarlar, "o‘ynaymiz, o‘ylaymiz, aqlimizni charxlaymiz", N.Bikbayevaning "Matematik jadvallar", "Znakomimsya s matematikoy", "Bolalar bog‘chasida test savollari", Qudrat Muhammadning "1 dan 10 gacha" va boshqa juda ko‘p kitoblaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Matematikamashg’ulotlarini qiziqarli, yangiliklarga boy qilib, butun mahoratni ishga solib o‘tkazilsa bola bu muhim fan asoslariga ilk qadamini aynan MTT boshlagan bo‘lar edi. Agarda tabiyachi mashg’ulotlarni to‘g‘ri rejalashtirsa, bilimlarni izchil ravishda to‘garaklar asosida berib borsa, bolalarni maktabda muvaffaqiyatli o‘qishini ta'minlagan bo‘lardi.
MTTlarda tarbiyachilar tomonidan yuritilayotgan ish rejalari kuzatilganda(ayniqsa bir kunlik ish rejalari) ular to‘liq yoritilmayotganligi “O‘z-‘ziga hizmat ko‘rsatish”, “Madaniy- gigienik ko‘nikmalarni rivojlantirilishi” vxk vazifalari bolalar yoshiga mos emasligi qisqasi mazmuni juda sodda ,ba’zi vazifalar bir hilda takrorlanishi ba’zi belgilangan vazifalar ,mashg‘ulotlar umuman berilgan yosh guruhi ushun mos emasligi kuzatildi..
«Ilk qadam” tayanch dasturining har bir yosh guruhi uchun
“Ilk matematik tushunchalarni rivojlantirish” bo‘limining tahlili. Dastur mazmuni va uning tuzilishi xaqida tushuncha.
Barcha uchun tuzilgan dastur bu davlat xujjat bo‘lib undagi berilgan vaziflar o‘z vaqtida bajarilishi shart. Dastur vazifalari 1 yilga belgilangan bo‘lib undagi vazifalar oddiydan-murakkabga tomon amalga oshiriladi. Xar bir yosh guruhiga mos dastur vazifalari o‘quv yilining oxirida nixoyasiga yetadi.
O‘quvmashg’ulotlari : kichik guruh - 15 daqiqa O‘rta guruh - 20 daqiqa Katta guruh 25 - 30 daqiqa
Tayyorlov guruh 30 - 35 daqiqa davom etishi mumkin.
Dastur vazifalarining tuzilishi, mazmuni va bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘tganda murakkablashib borishi.
Kichik guruh

Kichik guruhda bolalarga sonlargacha bolgan davr o‘rgatiladi. Bunda ularga miqdoriy munosabatlar tushuntiriladi. Bolalarga turli buyumlar to‘plami bilan ishlash, ya’ni ularninf har hil belgi-alomatlariga ko‘ra birlashtirish, tenglik va tengsizlikni taqqoslash natijalarini ko‘p, kam, teng so‘zlari bilan belgilashnio‘rgatishko‘zda tutiladi.


Mashg‘ulotlar o‘quv yilidan boshlab haftasiga 1 marta ( 1yilda 36 marta ) o‘tkaziladi. Sentyabr oyida bir mashgulotning davomiyligi 10 minutdan oshmasligi kerak. Oktyabr oyidan boshlabmashg’ulot davomiyligi sekin-asta 15 minutga etkaziladi.
Kichik guruhda ilk matematik tasavvurlarga bag‘ishlanganmashg’ulotlarda O‘qitish ayniy tasir harakterida bo‘lishi kerak. Bolalar bilimini tarbiyachining harakatlarini, uning tushuntirish va kursatmalarini idrok qilich asosida, shuningdek didaktik materiallar bilan mustaqil ishlash vositasida o‘zlashtiradilar o‘yin shaklida berilgan o‘quv materialini kichik bolalar yahshi o‘zlashtiradilar.
O‘rta guruh

O‘rta guruhdamashg’ulotlar sentyabr oyidan boshlab haftasiga 1 marta o‘okaziladi.mashg’ulot 20 daqiqa davom e'tadi. Yil davomida 36 mashgulot o‘tkaziladi.


Bolalar harakatli-ko‘rsatmali shaklda berilgan o‘quv materiallarini yahshi o‘zlashtiradi. 5 yoshga qadam qo‘ygan bolalarni o‘qitishda didaktik o‘yinlardan keng foydalanish kerak. Topshiriqlarning bajarishi jarayonida o‘qituvchi bolalarni o‘z harakatlarini tushuntirib berishga undaydi.
Birinchimashg’ulotlardan boshlaboq bolalarga mos muammo harakteridagi masalan, mashina qaysi darvozadan o‘tadi ( o‘tmaydi?) Nega? Kimning uyi baland? Nega? Ayiqlarga kursilar, olmohonlarga yong‘oqlar, bolalarga bayroqchalar etadimi? kabi masalalarni berish kerak.
O`qitishda bolalaparning emosional kayfiyati, qiziqtirilganliklari katta ahamiyatga e'ga. Shu sabablimashg’ulotlarda rangli ko‘rgazmali qo‘llanmalardan, turli didaktik materiallardan foydalanish kerak.
Katta guruh

6 yoshli bolalarda o‘z hulq-atvorini boshqarish qobiliyati paydo bo‘ladi; erkin hotira, diqqat rivojlanadi. Shu yoshda topshiriqni bajarishga, o‘z ishiga ijobiy baho olishga intiladilar. Ular o‘quv topshiriqlariga katta qiziqish bilan qaraydilar.


Bolalar katta guruhda birinchi o‘nlik sonlarini yahshi o‘zlashtirishilari kerak. Har hil buyumlar to‘plamini sanash, ularning qatorda kelish tartiblarini aniqlash jarayonida sonlar mohiyatini o‘zlashtirishi amalga oshiradi.
Bolalar bilan bajariladigan hamma ishlar ular oldingi bosqichlarda olgan bilimlar va ularni hisobga olish asosida tashkil qilinadi. O‘qitishni o‘tilganlarni takrorlashdan boshlash kerak.
Har qaysi yangi bilm oldin o‘zlashtirilgan bilimlar qatoriga kiritilishi lozim.
Mashqlar miqdori eytarli bo‘lgandagina O‘quvchilarda puhta malaka va ko‘nikmalar shakillantirilishi mumkin. Bolalarni buyumlar,o‘yinchoqlar, geomtrik shakllar, kartochkalar va rasmdagi tasvirlarni sanashga, ob’ektlar miqdorlarini sezish bilan aniqlashga mashq qildirish kerak.

Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə