Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy


Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al - Xorazmiy. (783-850yy)



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə3/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al - Xorazmiy. (783-850yy) Buyuk mutafakkir va olim al-Xorazmiyning arifmetika va algebraga doir «Kitob al-jabr val mukobala» (To‘ldirish va qarama-qarshi qo‘yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo‘ldi. «Hind arifmetikasi haqida kitob» asari tufayli avval Sharq xalqlari, so‘ngra esa Evropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug‘i-o‘nli pozitsiyasi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o‘girilgan). Al-Xorazmiyning «Kitob surat al-arz» (erning surati) asari geografiyaga, «Astronomik jadvallari» astronomiyaga oid bo‘lib, ular muallifning nomini jahonga yoydi. Shuningdek, «Kuyosh soatlari to‘g‘risidarisola», «Tarix risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning
«Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik Evropada «Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat Sharqda emas, balki G‘arbda ham asronomiya fani rivojida katta rol o‘ynadi.
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg‘oniy. Al-Farg‘oniyning tarjimai holiga doir ma’lumotlar tarixda kam saqlanib qolgan. 861 yilda vafot etgan. Astronomiya, matematika, geodeziya, gidrologiya fanlarining bilimdoni Bag‘dod va Damashqdagi rasadxona qurilishlarida faol qatnashdi va u erda Ptolemeyning «Yulduzlar jadvalidagi» ma’lumotlarni tekshirish ishlarini olib bordi. Al-Farg‘oniy astronomiyaga oid
«Astronomiya negizlari» asarida astronomiyaga oid bilimlarni tartibga soldi, o‘zining yangi natijalari bilan boyitdi. O‘sha davr an’anasiga muvofiq mamlakatlarni etti iqlimga bo‘lib urgandi. Kuyosh soatlarini. bayonini berdi, astronomik asboblari yaratdi. Farg‘oniyning bu asari N.Kopernik davriga qadar Evropada astronomiya fanidan asosiy qo‘llanma sifatida foydalanildi.
Abu Nasr al-Forobiy (873-950 yy). O‘trorda tug‘ilgan, boshlangich ma’lumotni Shosh, Buxoro, Samarqandda olgan so‘ng Bag‘dodda uzoq yashab, zamonasining olimlari bilan ilmiy muloqotda bo‘lgan. Ilmning turli sohalariga oid 160 dan ortiq risolalar yozgan. Musiqa nazariyasiga bag‘ishlangan «Musiqa xaqida katta kitob» nomli mashhur asari bu soha tarixiga bag‘ishlangan eng dastlabki tarixiy manbalardan biridir. U serqirra, qomusiy olimdir.

Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə