Muhammad Xorazmiyning geografiyaga oid taʼlimotlari



Yüklə 473,33 Kb.
tarix05.04.2023
ölçüsü473,33 Kb.
#104448
Muhammad Xorazmiyning geografyaga oid talimotlari Nurmatova Durdona


Muhammad Xorazmiyning geografiyaga oid taʼlimotlari
Xorazmiy yunon olimi Ptolemeydan keyin yashagan buyuk geograflardan birinchisi sanaladi. Uning „Surat alArz“ asari (boshqa nomi „Al-Xorazm geografiyasi“, toʻliq nomi Ptolemey taklif etgan „Geografiya“ kitobidan Abu Jaʼfar Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy taskin etgan Yer surati — shaharlar, togʻlar, dengizlar, orollar va daryolar kitobi") fan tarixidagi muhim manbalardan biridir
Kitob Ptolemeyning „Geografiya“si asosida yozilgan boʻlsada, shunchaki sharh emas, balki mustaqil asar hisoblanadi. Unda birinchi marta Yer sirtini yetti iqlimga boʻlish ilmiy yondashuv bilan, iqlimlarning geografik kattaliklari asosida berilgan hamda 2402 geografik obyekt haqida maʼlumotlar, xususan, ularning kengligi va uzunligi keltirilgan (bu maʼlumotlarning koʻpchiligi Ptolemey „Geografiya“ sida berilmagan).
Xususan, Xorazmiy geografiya tarixida birinchi marta Tinch okeanini tilga oladi. U oʻzi yashagan joylardan juda uzoqdagi boshqa obyektlar: Atlantika va Hind okeanlaridagi orollar, jumladan, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Sarandib (Shri Lanka) joylashuvini toʻgʻri tasvirlaydi. Kitobda tasvirlangan xaritalar xaritagrafiya tarixida muhim oʻrin tutadi. Bu kitob 12-asrdayoq, lotin tiliga tarjima qilingan va geografiya fani rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan.
Qadimiy Xorazm Sharqda ilm-fanning rivojlanishida juda katta orin tutgan. Tarixchilarning tasdiqlashlaricha, Xorazmda aniq fanlar - geometriya, trigonometriya, astronomiya, topografiya, kimyo, mineralo­giya va boshqa tabiiy fanlar VIII—IX asrlardayoq yuksak darajada taraqqiy etgan. Geogra­fik bilimlarning yuksak darajada bolishi va jamlanishi xorazmlik savdogarlarga uzoq mamlakatlarga sayohatlarga bora olish imkonini bergan. Xorazm arab xalifaligi tarkibiga kirgach, xorazmlik olimlar oz iqtidori va qomusiy bilim darajasining yuksakligi tufayli tez orada shuhrat qozonib, bir qator fanlar asoschilari orasida yetakchi oringa chiqib oldilar.
Al-Xorazmiyning «Surat al-arz» kitobi oz davrida juda mashhur bolgan va undan nafaqat bagdodlik olimlar, balki birmuncha uzoq mamlakatlardagi ilm ahli ham keng foydalangan. Kitob bir necha unlab xaritalar va ularga berilgan izohlarni oz ichiga olib, hammasi birgalikda «Kitobu surat al-arz» deb atalgan. U «Yerning qiyofasi kitobi» yoki boshqacha aytganda «Geografiya» manosini ham bildiradi.
Mazkur asardagi izohlarda dunyoning turli qismlari iqlimlar boyicha joylashtirilgan va ularning georafik koordinatalari keltirilgan. Hammasi bolib 537 ta eng muhim joyning nomi, jumla­dan, shaharlar, songra toglar (203 nom), dengizlar va orollarning nomlari, oxirida esa daryolar alohida-alohida qilib yozilgan. Kitobda keltirilgan jadvallarda «Garbiy tashki dengiz» (Atlantika okeani), «Qulzum dengizi va Yashil dengiz» (Qizil dengiz va Hind okeani) kabi nomlar uchraydi. Shuningdek, asarda Azov dengizi, Nil daryosi va ularning atrofidagi hududlarga izoh berilib, bu yerlarning xaritasi ham keltirilgan. Mohiyat va mazmuniga kora, mazkur asar katta bir atlasga ilova qilingan izohdir.
Al-Xorazmiy Xorazm va Bagdodda ijod qilganini inobatga olsak, shu ikki mintaqa ortasida qilgan sayohatlari natijalari olimning geografik asarlari uchun asos bolgan, deb aytish mumkin. Olim oz asarlarida Yerning olchamlari haqida ham ba’zi ma’lumotlarni keltirgan va bu haqda sharq mamlakatlarida yashab ijod qilgan geograf olimlarning asarlarida qayd etilgan.
Al-Xorazmiyning geografik goyalari bu fanni yangi pogonaga kotarib, IX asr boshlaridagi sharqda yangi geografiya fanining yaratilishiga olib keldi. H.Hasanovning yozishicha, 1894-yilda Ita­liya Fanlar akademiyasining maxsus komissiyasi Al-Xorazmiyning «Surat al-arz» asarini har tomonlama tekshirib, u oz davrining juda qimmatli qollanmasi bolganini va umuman, geografiyaning taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etganini tasdiqlagan.
Ana shunga kora, Al-Xorazmiyni nafaqat buyuk geograf olim, balki sharq geografiyasining asoschisi, Ispaniyadan to Qashqargacha barcha tabiatshunos, geograf va sayyoh olimlar tadqiqotlari yonalishlarini belgilab bergan yolchi yo`lduz, deb aytish mumkin

305-guruh talabasi Nurmatova Durdona


Yüklə 473,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə