Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə31/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

FAOLIYAT: GEOMETRIK SHAKLLAR
Doira, kvadrat va uchburchak shakllarini bir-biridan farqlashni mustahkamlash
Maqsad:
    • bolalarning geometrik shakllar: doira, kvadrat va uchburchak haqida tasavvurlarini mustahkamlash.


Kutilayotgan natijalar:


    • bolalarning doira, uchburchak va kvadrat shakllari haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi, ular doira, kvadrat va uchburchak shakllaridan foydalanib tasvirlar yasay olish malakasini egallaydilar.


Kerakli jihozlar:


    • rangli qog‘ozdan doira, kvadrat, uchburchak shakllari (katta va kichik о jchamda);


    • oq qog‘oz, yelim, mo‘yqalam.


Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi:— Bolalar, o‘rmonda bo‘ri, tulki va quyon yashar ekan. Tulki juda ayyor, bo‘ri jahldor va ochko‘z, quyon esa aqlli lekin qo‘rqoq ekan. Bir kuni bo‘ri quyonni yemoqchi bo‘libdida, tulki bilan maslahatlashibdi.


  • Tulkivoy, quyonni juda yegim kelyapti, biror bahona o‘ylab topgin, — debdi. Tulki o‘ylab-o‘y!ab, “Kel, Bo‘rivoy, quyonga velosiped minish bo‘yicha musobaqa o‘ynaylik, deymiz, Quyonvoy musobaqada yutqizib qo‘ysa, uni yeyaverasan” — debdi. Ular quyon bilan maslahatlashib, musobaqa o‘ynashga kelishib olishibdi. Uchta velosiped turgan ekan. Ularning g‘ildiraklari har xil, ya’ni birining g‘ildiraklari uchburchak shaklida, birining g‘ildiragi kvadrat, yana biriniki doira shaklida ekan. Bo‘ri kvadrat shaklidagi, tulki uchburchak shaklidagi g‘ildirakli velosipedni tanlabdi. Quyon aqllilik qilib doira shaklidagi g‘ildirakli velosipedni tanlabdi. Qani bolalar, marraga kim birinchi bo‘lib yetib kelar ekan?


  • (Bolalar javobi.)


  • To‘g‘ri bolajonlar, marraga birinchi bo‘lib quyon yetib kelibdi va bo‘ri bilan tulkini yengibdi. Buning sababi nimada ekan-a? Bolalar, sizlar nima deb o‘ylaysizlar?


Avval uchburchak shaklini hammamiz qo‘limizga olib stol ustida aylantirib ko‘ramiz.


Bolalar, uchburchak yaxshi aylanar ekanmi? (Bolalar javobi.)
Yo‘q, yaxshi aylanmas ekan. Endi kvadratni aylantirib ko‘ramiz. Kvadrat yaxshi aylanar ekanmi? (Bolalar javobi.)
Yaxshi aylanmas ekan. Doirani aylantirib ko‘ramiz. Doira juda yaxshi aylanar ekan, bunga sabab uning aylanishiga to‘siq bo‘ladigan bur- chaklari yo‘qligi.
Bolalar, atrofingizga qarab kvadrat shaklidagi buyumlarni topib aytib beringlar. (Uchburchak va doira shaklidagi buyumlar ham so‘raladi.)
Bolalar uchun amaliy ish.
  • Hozir barchamiz oldimizdagi oq qog‘oz- ga doira, kvadrat, uchburchak shakllari, yelim va cho‘plar yordamida mashina shaklini hosil qilamiz (Bolalar mashina shaklini yasashga kirishadilar. Qiynalgan bolalarga tarbiyachi yordam berib turadi).


223
Hamma mashinani yasab bo‘ldimi? Endi o‘rningizdan turib, mashq bajarishga tayyorlaning.



  1. Barmoqlarimizni jim-jima qilamiz (3 marta).


  2. Suvda suzish harakatini qilamiz (3 marta).


  3. Qo‘l bilan belni ushlab, belimizni aylantiramiz (3 marta).


  4. Qo‘limiz bilan tizzamizni ushlab, tizzamizni aylanma harakat qildiramiz.


  5. To‘g‘ri turib olamiz.


Bilimlarni mustahkamlash uchuno ‘yin: “Topgan topaloq”. TARBIYACHI


  • Bolajonlar, kelinglar endi “Topgan topaloq”o ‘yinini o‘ynaymiz. Bolajonlar, hozir men sizlarga jumboqli she’rlar aytaman. Jumboqlarning javobini topganlar yulduzli medalvon bilan mukofotlanadi.


  • Bolalar, siz doira, kvadrat, uchburchak shakllarini yaxshi bilib oldingiz. Endi sizlarning bilimingizni oshirish va mustahkamlash uchun savollar beraman.



Aylana va doira

Atrofimizda dumaloq narsalar juda ko‘p.Ularning ba’zilari doirani eslatadi.Bular obinon va quymoq, medal va tangalar, limon bo‘lagi… Yana boshqalarni, masalan, xalqa, velosiped g`ildiragi,uzuk kabilar aylanaga o‘xshaydi.

Xo‘sh, birini aylanaga , birini doiraga o‘xshaydi dedik. Aylananing doiradan nima farqi bor? Aylana bilan cheklangan narsalarning xammasi –doira. Aylana esa shu doiraning chetlarigina holos.


Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə