Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy


Tariyachi: Sizga qanday sharsimon shaklidagi predmetlar ma’lum? Bolalar javobi



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə29/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

Tariyachi: Sizga qanday sharsimon shaklidagi predmetlar ma’lum?
Bolalar javobi: (tarvuz, olma, pufakcha. Shunda ayrim bolalar shar bilan aylanani adashtirib yuboradilar, shunda tarbiyachi shar va aylanani taqqoslashni taklif etadi).
–Qani bolalar qo‘lingizga koptokni oling u qanday?
So‘ng qirqilgan aylanani berib koptok bilan taqqoslashni taklif etadi. Aylana va sharni farqini aniqlab bo‘lingach bolaning oldiga shar va kub qo‘yib geometrik jismlar shakli va xossasiga ko‘ra taqqoslanadi.
O‘yin: Shar shaklda-shar shaklda emas Shar shaklda(qurt, koptok, olma, quyosh).
Shar shaklda emas(televizor, tarelka, kubik).
Tarbiyachi bolalarni shar shakli haqidagi bilimlarini umumlashtiradi, turli kattalikdagi sharlar bir-biriga taqqoslanadi.
Tarbiyachi bolalarni doira qilib o‘tirg‘izadi, ularga har xil rangdagi katta va kichik sharlarni ko‘rsatib “Bu nima? Sharning rangi qanaqa? Qaysinisi kattaroq? Qaysinisi kichikroq?”-deb so‘raydi. U bir bolaga kichik sharni, boshqasiga katta sharni beradi. Bolalarga sharlarni doira bo‘ylab bir-biriga uzatish taklif qilinadi. Avval katta shar, kichik sharni quvib yetadi, keyin esa kichik shar kattasini quvib yetadi.
Mana shu yo‘l bilan bolalarga kub haqida tushuncha beriladi. Tarbiyachi avval kubni ko‘rsatadi va nomini aytadi, keyin esa, turli kattalikdagi ikki kubni ko‘rsatib; (bular nima?) kublar qanaqa rangda? Qaysi kub katta (kichik)? – deb so‘raydi. Bolalar kubni ushlab ko‘radilar, qirralari bo‘ylab ko‘rsatkich barmoqlarini yurg‘azib chiqadialr, qo‘llari orasiga oladilar, yumalatib ko‘radilar va ularni turg‘unligiga ishonch hosil qiladilar. Ular kichik kubni kattasining ustiga qo‘yadilar, boshqa predmetlar orasida kublarni tanlab oladilar ulardan eng oddiy qurilishlar yasaydilar.
So‘ngra bu figuralar modellarini taqqoslash va guruhlarga ajratish mashqlari o‘tkaziladi. Kichkintoylarga bir necha shar va kubning juftini na’munaga qarab topish yoki tanlab olish taklif qilinadi. “Kub (shar)ni ko‘rsat?” (uch, to‘rt figura orasidan), “shu rangda (kattalikda)gi shar (kub)ni top” Hamma katta kub (shar)larni tanlab ol. Topshiriqni bajarib bo‘lgach bola juft yoki bir guruh predmetlar uchun umumiy bo‘lgan belgilarni aytadi.
Bolalarni geometrik shakl va geometrik jismlar bilan tanishtirish.

Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə