Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə27/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

xususiyatlari
Shaklni ko`rish va his qilish orqali, harakat tuyg`ulari orqali idrok etishni tashkil etish, uning xossalarini namoyon qiluvchi xilma-xil ishlardan foydalanish, figuralar nomini, ularning xossalarini va harakat usullari nomini aytish bolalarning figuralar haqidagi tasavvurlarini aniqlash imkonini beradi.
So`ngra bu figuralar modellarini taqqoslash va guruhlarga ajratish mashqlari o`tkaziladi.
Kichkintoylarga bir nechta shar va kubning juftini namunaga qarab topish yoki tanlab olish taklif qilinadi: «Kub (shar) ni ko`rsat» (3—4 figura orasidan). «Shu rangda (kattalikda)gi shar (kub)ni top». Bunday holda shar va kublar bir-biridan rangi va katta- kichikligiga qarab farq qilinadi. «Hamma katta kublar (sharlar)ni tanlab ol». (Kubiklar va sharchalar turli rangga va ikki xil kattalikka ega.) Topshiriqni bajargach, bola juft yoki bir guruh predmetlar uchun umumiy bo`lgan belgilarni aytadi. («Hamma kubiklar katta».)
Kublarni va sharlarni farqlash preometlarni berilgan belgilari bo`yicha tenglash (juftlarini tanlash, guruhlar tuzish) mashqlariga kiradi, ya`ni to`plam haqidagi tasavvurlarni shakllantirish ishi bilan yaqindan bog`lab olib boriladi.

            1. Buyumlarning atrofida barmoq yurgizib ularning shaklini aniqlashga o‘rgatish

Tarbiyachi ko`rsatkich barmog`ini modelning konturi yoki teshigi (kesigi) atrofidan aylaptirib chiqib, bolalarni predmetlar shaklini ushlab ko`rib tekshirish usuliga o`rgatadi. Agar kichkintoy modelning konturi atrofidan barmog`ini aylantirib chiqishga qiynalsa, bolaning qo`lini ushlab kerakli harakatlarni qilib, unga yordam berish kerak.



Keyinchalik bolaga avval kerakli teshikni ko`rsatishni va so`ngra harakat qilish kerakligini aytish kerak. Bolalar predmetlarning shaklini mexanik tarzda (qo`llar yordamida) emas, balki ko`z bilan chamalab taqqoslash ko`nikmasini egallaydilar.
Maxsus mashg`ulotlarda orttirilgan sensor tajribalarga tayanib bolalarni doiralar, kvadratlar, uchburchaklarni farq qnlish va nomini aytishga o`rgatiladi.
Geometrik figuralarning modellari juftlab taqqoslanadi. Masalan, doira bilan kvadrat, kvadrat bilan uchburchak, uchburchak bilan. doira va hokazo.
Bolalarga turli ranglarga bo`yalgan figuralar beriladi, bunday figuralarni taqqoslash bir xil rangli figuralarni taqqoslashga qaraganda osonroq bo`ladi.
Biroq figuralar birinchi marta taqqoslanayotganda, ko`rsatish uchun va tarqatma material sifatida rangi va hajmi bir xil bo`lgan figuralar modelidan foydalaniladi. Keyinchalik bolalarga avval rangi, keyin esa hljmi ham farq qiladigan figuralar beriladi.
Kichkintoylarni geometrik figuralar modellarining konturlari bo`ylab barmoq yurgizib chiqish va qo`l harakatini ko`z bilan kuzatishni o`rgatishga kattae`tibor beriladi. Tarbiyachi figurani ko`rsatadi, uning nomini aytadi, xuddi shunday figurani ko`rsatishlarini bolalardan so`raydi, keyin esa bolalarni «havoda» o`zi bilan birga harakat qilishga jalb etib, figura konturini ko`rsatkich barmog`i bilan bir necha marta aylantirib chiqadi. Kontur atrofidagi barmoq harakati figuraning butun yuzi bo`ylab qo`l yurgizib chiqish bilan yakunlanadi. Bolalar tarbiyachining qo`l harakatini kuzatib turadilar, keyin esa o`zlari figura modeli bo`ylab qo`l yurgizib chiqib, uning nomini aytadilar. Tarbiyachi 2—3 figura tasviri solingan kartochkalardan foydalanib, bolalarga konturlardan barmoq yurgizib
chiqishni mashq qildiradi.
Shakl xususiyatlari bolalarga biror harakat qilishni taklif etish yo`li bilan anglatiladi. Masalan: kichkintoylar figuralarni yumalatib ko`rib, doiraning yumalashini, kvadratning esa yumalamasligini aniqlaydilar, «Nima uchun kvadrat yumalamaydi?»— «Burchaklari xalaqit beradi. Doiraning burchaklari yo`q, shuning uchun doira yumalaydi»
Bolalar figuralarni bir-biridan farq qilish va nomini aytishni mashq qiladilar. Buning uchun ularga, masalan, mana bunday topshiriqlar beriladi: «Doirani o`ng qo`lingga,
kvadratni esa chap qo`lingga ol», «Hamma doirachalarni kartochkaning pastki poloskasiga, kvadratlarni esa yuqori poloskasiga qo`y», «Sening o`ng qo`lingda qanaqa figura bor?» Quyidagi o`yinlar ham foydali: «Xuddi mana shunday figurani top» bolalar tarbiyachining qo`lidagi figuraga o`xshash shakldagi figurani topadilar, «O`z uyingni top» (uychalar turli shakldagi belgilar bilan ko`rsatiladi), «Mashina va poezd uchun g`ildiraklar tanlab ol» (bolalar turli figuralar nabori ichidan doiralar tanlab oladilar), «Domino», «Ornament terish»

            1. Doira, kvadrat va uchburchak kabi geometrik shakllarning nomlarini to‘g‘ri aytishga, ularni shakliga ko‘ra farqlash va guruhlarga ajratishga



Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə