Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə26/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

Taqqoslash usuli qaralayotgan sonlar, arifmetik misollar, masalalarning o‘xshash va farqli alomatlarini ajratishdan iborat.
Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni predmetlarni kattaliklar bilan tanishtirish alohida o‘rinni egallaydi.
Har qanday predmetga to‘g‘ri va to‘la haraktiristika berishda predmetlarni kattaliklarini ta’riflash mumkin. Kattalik tushunchasini ma’nosini ochib berishni matematik metodist D. Galanini bunday ko‘rsatadi. “Predmetlar va xarakatlarni shunday xususiyatlarga aytiladiki, bu xususiyat bo‘yicha predmetlarni bir – biri bilan taqqoslay olamiz, bu xususiyat har xil predmetlarda xar hil miqdorda bo‘lishi mumkin”.
Predmetlarni taqqoslashning ma’lum mezonlariga ko‘ra predmetlarning kattaliklari tengligi yoki tengsizligi munosabati o‘rnatiladi. Kattalikni predmetdan ajiratib bo‘lmaydi. Predmetlarni kattaliklarni idrok qilib biz predmetning xajmi borasida butun tasovvur olamiz. (Katta – kichik so‘zlar bilan aniqlaymiz.) yoki alohida uzunliklarning (uzunligi, kengligi, baladligi) xaqida tushuntiramiz va ma’lumotga ega bo‘lamiz. Bunda so‘bek uchun har bir konkred xolda ahamiyatga ega bo‘lgan uzunlik ko‘p xollarda kattalikni aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu xolda kattalikning baladligi, uzunligi yo‘g‘onligi, ingichkaligi va xokozo kabilar.
Aniq tariflardan foydalanadilar.
Masalan:
  1. Mashinalar keng yo‘ldan bormoqda.


  2. Baland archa sotib olishdi.


  3. Bolaga past stul kerak.


  4. Biz tor yoldan bordik va xokazo.


Bir qator predmetlar borki ular uchun katta kichik atamalarni ishlatib bo‘lmaydi.


Masalan:

Lenta uzun, qisqa, keng yoki ingichka (tor) bo‘lishi mumkin. Arg‘imchoq esa uzun yoki qisqa bolishi mumkin.



O ‘quv so‘zlar:

Shartli o‘lchov – uzunlikni o‘lchash, og‘irlikni o‘lchash, suyuqlikni sig‘imini o‘lchash. Katta-kichiklik olchami bor (uzunligi, eni, balandligi).



            1. Mavzu: Kichik guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqidagi tasavvurlarini shakllantirish


Reja:
    1. Bolalarni geometrik shakl haqidagi bilimlarini rivojlantirish.


    2. Doira, kvadrat, uchburchak kabi geometrik shakllarni farqlashgao‘rgatish.


    3. Buyumlar shaklini tekshirib ko‘rish, idrok qilishning o‘ziga xos xususiyatlari


            1. Guruh uchun matnkichik guruh bolalarini geometrik shakl haqidagi bilimlarini rivojlantirishda ishni o`yindan boshlash.

Geometrik figuralar to`g`risidagi birinchi ma`lumotlarni bolalar o`yinlarda oladilar. O`quv yilining boshida guruhga sharlar nabori, qurish materiallari, geometrik mozaika va, boshqalar olib kiriladi.


Tarbiyachi bolalar bilan o`ynab, o`yinning eng boshidanoq ge metrik figuralarning to`g`ri nomini ataydi, ammo bolalarnish uni eslab qolishlariga intilmaydi.
Mana shu davrda bolalar zehnini boyitish, ularda turli shakllar haqida tasavvur to`plash muhim ahamiyatga ega. Ilk yoshdagi guruhlarda bolalar shar va kubni bir-biridan farq qilishga o`rgatilgan edi. Biroq ba`zi bolalar ikkinchi kichik guruhga birinchi marta keladilar, shuning uchun ishni shar va kub bilan tanishtirishdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyachi kichkintoylar guruhi bilan shug`ullanayotganda sharni ko`rsatadi va nomini aytadi hamda shar yordamida har xil harakatlarni bajaradi: uni stol ustida, kaftlari orasida yumalatadi, qo`lidan qo`liga yumalatib o`tkazadi. U harakat jarayonida gapirib turadi: «Shar yumalayapti. Men sharni u qo`limdan bu qo`limga yumalatib o`tkazdim»,— deydi. Har bir bolaga shar olish va xuddi shunday harakatlar qilish taklif etiladi. Keyin har qaysi kichkintoydan uning olgan shari qanday rangdaligini, yumalaydimi-yo`qmi ekanligini so`raydi va xulosa qiladi: «Kozimda qizil shar, u yumalaydi. Nigorada havo rang shar, u yumalaydi, Sirojda — yashil, u ham yumalaydi. Hamma sharlar yumalaydi».
Sharning shakli haqidagi bilimlarni umumlashtirish uchun "turli kattalikdagi sharlar bir-biriga taqqoslanadi. Pedagogbolalarni doira qilib o`tirg`izadi, ularga har xil rangdagi katta va kichik sharlarni ko`rsatib: «Bu nima? Sharning rangi qanaqa? Qaysi shar kattaroq? Qaysinisi kichikroq?» deb so`raydi. U bir bolaga kichik sharni, boshqasiga — katta sharni beradi. Bolalarga sharlarni doira bo`ylab bir-biriga uzatish taklif qilinadi. Oldin katta shar kichik sharni quvib yetadi, keyin esa kichik shar kattasini quvib yetadi.
Mana shunday yo`l bilan bolalarga kub haqida tushuncha beriladi. Bolalar predmetlar shaklini tekshirib ko`rish tajribasiga ega bo`lganliklari sababli ularga birdaniga turli hajmdagi kublarning modellari beriladi. Pedagog avval kubni ko`rsatadi va nomini aytadi. Keyin esa, turli kattalikdagi ikki kubni ko`rsatib: «Bular nima? Kublar qanaqa rangda? Qay- si kub katta (kichik)?»—deb so`raydi. Bolalar kubni ushlab ko`radilar, qirralari bo`ylab barmoq yurgizib chiqadilar, qo`llari orasiga oladilar, yumalatib ko`radilar va uning turg`unligiga ishonch hosil qiladilar. Ular kichik kubni kattasining ustiga qo`yadilar, boshqa predmetlar orasidan kublarni tanlab oladilar, ulardan eng oddiy qurilishlar yasaydilar va hokazo.

            1. Buyumlarning shaklini tekshirib ko‘rish, idrok qilishning o‘ziga xos



Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə