Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə23/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

Eslatma:o‘ng qo‘lni chap tomondan o‘ng tomonga yuritib ishlash odati keyinchalik bolalarga yozuv ko‘nikmalarini egallashlarida yordam beradi.

Faoliyat:


Dastur vazifasi: 1 qator qilib qo‘yilgan predmetlar ustiga predmetlarniqo‘yib ularni tengligini aniqlash. “Ko‘p” va “Bitta” tushunchasini farqlash malakasini mustahkamlash. Predmetlarnio‘ngqo‘l bilan chapdan o‘ngga taxlashni mashq qildirish.


Kerakli qo‘llanmalar: Sanoq doskasi, 5 ta qo‘ziqorin, 5 ta kapalak. Har bir bola uchun sanoq kartochkasi unda 4 ta barg va 5 ta qo‘ng‘iz tasvirlangan bo‘lsin.


Faoliyatning borishi: Tarbiyachi sanoq doskasini pastki qismiga clarni terib qo‘yadi va deydi: “Quyosh yerni qizitganda bitta qo‘ziqorin, yana bitta qo‘ziqorin, yana bitta qoziqorin’va yana bitta qoziqorin o‘sib chiqibdi.” – Maysazorda qancha qoziqorin’o‘sib chiqibdi? – (ko‘p qo‘ziqorin) qo‘lingiz bilan ko‘rsating. Bolalar qo‘llarini yurg‘izishadi. Kapalakalar uchib kelishdi. Mana bu qo‘ziqoringa kelib kapalak qo‘ndi, bunisiga ham kelib qo‘ndi. Nechta kapalak qo‘ziqoringa qo‘ndi? – ko‘p yoki qancha qoziqorin’bo‘lsa shuncha kapalak. So‘ng bu jumlani bir nechta bola bilan individual takrorlanadi.
Tarbiyachi bolalarga oldilaridagi kartochkalariga qarashni taklif etadi. Kartochkada nechta barg borligini so‘raydi. (ko‘p barg) Ko‘p bargni ko‘rsating – bolalar hamma bargni qo‘llari bilan aylantirib chiqadilar. Har bir barg ustiga qo‘ng‘izni qo‘yib chiqing. Barg ustiga qancha qo‘ng‘iz qo‘ydinglar? – (Ko‘p). Qaysi biri ko‘p bargmi yoki qo‘ng‘izmi? - (teng, bir xil, bab-baravar yoki qancha barg bo‘lsa shuncha qo‘ng‘iz.)
2. Oy’in “Ayiq va asalarilar” 1 marta o‘tkaziladi.

Mashg‘ulotning ikkinchi qismida bolalar tarqatma material bilan ishlaydilar. Boshdanoq ustma-ust qo‘yishning tog‘ri ko‘nikmalari shakllantirishni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Pedagog kichkintoylarningo ‘yinchoqlarni qo‘llari bilan ushlab ko‘rish xoxishlarini qondirganidan keyin ularga o‘z oldilariga kartochkani qo‘yishni, avval chap qo‘lni, so‘ngra esa o‘ng qo‘lni ko‘tarishni, chap qo‘l barmog‘i bilan kartochkaning, bir chekkasidan ushlab turishni,o‘ng qo‘l barmog‘ini esa chapdan o‘ngga yurg‘izishni taklif qiladi. (o‘yinchoqlarni qanday qo‘yish kerakligini ko‘rsatish.)


Bolalar “qancha bo‘lsa”, “shuncha” iborasining ma’nosini asta sekin o‘zlashtirib borib, o‘zlari bu iborani qo‘llay boshlaydilar.
Shuni e’tiborga olish kerak: Agar kartochkadagi predmetlar rasmining usti predmetli rasmlar yokio ‘yinchoqlar bilan berkitilgan bo‘lsa, kichkintoylar taqqoslash uchun
ko‘rsatmali tayanchga ega bo‘lmaydilar. Shuning uchun ehtiyot bo‘lish “qancha” “shuncha” iborasini formal yodlab olishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Asosiy e’tibor bolalarning ustma-ust qo‘yish usulining o‘zini bilib olishlariga qaratiladi. Bolagao ‘yinchoq yoki rasmlarni qanday qo‘yganligini aytib berishni taklif qilish foydalidir.

“Ortiq” (“Ko‘p”), “Kam”, “Teng” (“Baravar”) nisbatlarining o‘rnatilishi.

“Ortiq”, “kam”, “teng” nisbatlari predmetlarni bir-biriga taqqoslab o‘rgatiladi. Pedagog boalalrga birma-bir savollar berib, ularni qaysi biri ko‘p va qaysilari kam ekanligini ko‘rsatishga, har ikkala guruhdagi predmetlarni nomini aytishga, tahminan quyidagicha javob berishga undaydi: “Qizil doirachlar havo rang doirachalarga qaraganda ko‘p”, “Havo rang doirachalar qizil doirachalarga nisbatan kam”, “Havo rang doirachalar qancha bo‘lsa, qizil doirachalar ham shuncha”.

Pedagog kichkintoylarga qaysi predmetlar ko‘p (kam) deb savol berish bilan ularning har ikkala guruh predmetlarini bir-birlariga taqqoslashlariga yordam beradi. U juftlab qo‘yilganpredmetlarni navbatma-navbat (qo‘li bilan) ko‘rsatadi, ortiqcha predmet ustida to‘xtatilib tushuntiradi: “Bitta quyoncha ortiqcha, demak, ular olmaxonchalarga qaraganda ko‘p. Bitta olmaxoncha yetishmaydi, demak ular quyonchalarga qaraganda kam”.
Kichkintoylarga ortiqcha predmet qayerdaligini yoki qayerda bitta predmet yetishmasligini ko‘rsatib berish taklif qilinadi.


Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə