Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə21/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

Dastur mazmuni: Predmetlarni guruhlarga birlashtirish “Ko‘p va bitta” so‘zlaridan foydalanish.
Kerakli resurslar:: Ayiq qalpoqchasi.
Faoliyatning borishi:

Ayiq va asalarilaro ‘yinini o‘ynash taklif etiladi. Bolalar stulchada o‘tiradilar – bu asalarilarning uyi, qarama-qarshi tomonda ayiqning uyi (ayiq rolida tarbiyachi bo‘ladi).


Tarbiyachi gapiradi – Siz hammangiz asalarilarsiz. Nodira asalari, Maftuna asalari, Kozimbek asalari, Bahodir asalari – ko‘p asalarilar. Qancha ekan? – To‘g‘riko‘p asalarilar. Men esa ayiq polvonman – “Ayiqlar nechta?” 1 ta. “Asalarilar uchishyapti” so‘zlaridan so‘ng bolalar har tomonga qanotlarini yozib yugurishadi. (Asalarilar O‘rmon bo‘ylab uchib,
asal yig‘moqdalar).
Ayiq uyg‘onib ketib asalarilarni tutishni boshlaydi. U sekin harakatlanib asalarilar ya’ni bolajonlarga tez stulchalarga o‘tirib olishlariga imkon beradi. Asalarilar uchib ketishdi, ayiq asalarilarni tutolmagach uxlagani ketadi. Asalari, asalari, asalari, asalari – deb tarbiyachi bolalarni ko‘rsatadi. Asalarilar qancha? – ko‘p. Ayig‘imizchi? – bitta.o ‘yin 2 – 3 marta takrorlanadi.

Tevarak – atrofda turgan bitta va bir qancha predmetlarni topa olish.

Bolalar to‘plamning ayrim elementlardan iboratligi bilan tanishtirib bo‘lingach, ular bir xil predmetlarni mustaqil ravishda guruhlarga ajratishga, tevarak-atrofdagi yagona (bitta) predmetlarni va predmetlar yig‘indisi (ko‘p) ni topa olishga o‘rgata boshlanadi.



3 yoshli kichkintoylar, garchi ularning hammasi bo‘lmasa ham, bir joyga bitta guruh qilib yig‘ib qo‘yilganpredmetlar yig‘indisini mustaqil ravishda ajratib ko‘rsata oladilar. (Mashinaning g‘ildiraklari ko‘p, qo‘lda barmoqlar ko‘p, gilamchada g‘ishtchalar ko‘p, boshda sochlar ko‘p va hakozolar).Xonada qaysi predmetlar ko‘p, qaysilari bittadan uchraydi? Degan savolga javob topish ular uchun oson ish emas. Bu masalani hal etish uchun ular tevarak – atrofni ancha murakkab fazoviy-miqdoriy analiz qilishlari qandaydir bir predmetni ajratishlari, diqqat e’tiborlarini o‘shanga qaratishlari, o‘sha turdagi predmetlar atrofda bor-yo‘qligini ko‘rib chiqishlari va bu predmetlarni, garchi ular xona, uchastka va boshqa joylarning har tomonida sochilib yotgan bo‘lsa ham, yaxlit bir butun narsa deb tasavvur qilishlari ya’ni bolalar predmetlarning miqdoriy tomonini ularning fazoviy-sifat xossalaridan va fazoviy nisbatlaridan abstraktlashtirishni o‘rganishlari kerak bo‘ladi.
Misol tariqasida quyidagi mashg’ulotni keltiramiz.

Faoliyat:



Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə