Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə22/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

Dastur mazmuni: Tevarak atrofda turgan “Ko‘p va bitta” predmetlarni topishgao‘rgatish.
Kerakli qo‘llanmalar: Turli mavzularda “Hayvonot bog‘i”, “o‘yinchoqlar uyi”, “Idish tovoqlar uyi”o ‘yinchoqlar va xushtak.
Faoliyatning borishi: Tarbiyachi bolalarga “Poyezd”o ‘yinini o‘ynashni taklif etadi.
Bolalar kolonna bo‘lib saflanishadi.
Birinchi turgan bolalar poezd qolganlari vagonchalardir. Tarbiyachi xushtak chaladi. Poezd va vagoncha bo‘lgan bolalar avval oxista, so‘ng tez harakatlanishadi va ovoz chiqarishadi. Tu – tu – tu …!
Tarbiyachi aytadi: Hayvonot bog‘iga yaqinlashing (Bolalar kolonnasi qatorlari oxista to‘xtaydi). Qaranglar hayvonot bog‘ida qanday hayvonlar yashaydi. Ular nechta? -1 ta ayiqcha, 1 ta maymuncha, 1 ta fil, 1 ta o‘rdakcha, 1 ta qushcha.o ‘yinchoqlar esa ko‘p.
Tarbiyachi xushtak chaladi. Poezd o ‘yinchoqlar uyigacha harakatlanadi.
Bolalaro ‘yinchoqlar uyi javonlarida qanday va qancha o‘yinchoqlar turganini aytishadi. Tarbiyachi xushtak chaladi “Idish tovoqlar uyiga” yetib kelib qanday idishlar borligi va ular qanchaligini aytishadi.
Bumashg’ulotlarda bolalar nutqini o‘stirish ustida puxta ish olib boriladi. Ular “Ko‘p va bitta” so‘zlarini ishlatishni o‘rganadilar. Bolalar avval sodda gaplardan foydalanadilar. “Ayiqcha ko‘p”, “Matreshka bitta” pedagog ularga ikkita sodda gapni bitta qo‘shma gapga aylantirishnio‘rgatishda davom etadi: “Ayiqcha ko‘p, ammo matreshka bitta”. Bunday gapda son kesim vazifasini o‘tab keladi. Kesim esa gapning aktiv bo‘lagidir. Jumlaning bunday tuzilishi tamomila qonuniydir.
U “bolaning fikri miqdoriy tomonni izlashga va uni ajratib ko‘rsatishga yo‘naltirilganligidan dalolat beradi”.
Tarbiyachi predmetlarning faqat yonma-yon emas, balki bir-biridan uzoqda joylashishi ham mumkinligini tushuntiradi. Agar kichkintoylar javob berishga qiynalsalar, tarbiyachi qo‘shimcha savollar beradi: “Qaranglar, bizning xonamizda derazalar ko‘pmi? Shkaflarchi? Bizda qancha stollar bor? Stullarchi?”
Bunday mashqlarmashg’ulotdan tashqari, sayr vaqtlarida o‘tkaziladi. Masalan: Bolalardan devorda, uyning tomida uchastkalarda nima ko‘pligi so‘raladi. (“Skameykalar nechta?” Skameykalar ko‘p, “Uychalar nechta?” uycha bitta va hakozo). Tarbiyachi kichkintoylarning tevarak – atrofdagi narsalarning miqdorini bilishga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Predmetlarning ikki yig‘indisini taqqoslash.

Bolalar dastlab predmetlarning ikki guruhini taqqoslash asosida miqdoriy nisbatlar: tenglik – tengsizlik bilan tanishtiriladi.



Kichkintoylar bir guruhdagi bitta predmetni boshqa guruhdagi faqat bitta predmet bilan taqqoslashga va shu yo‘l bilan taqqoslanayotgan guruhlarning qaysi birida predmetlar ko‘p va qaysisida kamligini yoki har ikkala guruhda ham bab-baravarligini aniqlashga o‘rgatiladi.
Predmetlarning ikki yig‘indisini taqqoslash bolalarning “qancha bo‘lsa, shuncha”, “bab-baravar”, “ortiq”, “kam” iboralarining ma’nosini anglab olishlariga yordam beradi.
Avval ularga amaliy taqqoslashning eng oddiy usuli – predmetlarni namuna – kartochka rasmlari ustiga qo‘yish usuli o‘rgatiladi. Bunday qilish kichkintoylarga to‘plamning har bir elementini ajrata olishni va uning chegaralarini ko‘ra bilishni o‘rgatishga yordam beradi.
Pedagogmashg’ulotning birinchi qismida nabor polotnosi ustida ishlash usullarini ko‘rsatadi. Ko‘rsatuv aniq tushuntirishlar bilan olib boriladi. Kichkintoylarning murakkab harakatning ma’nosini va barcha detallarini birdaniga anglab olishlari juda qiyin. Shuning
uchun ko‘rsatuv ikki qismga bo‘linadi. Tarbiyachi avval bolalarga, “qancha kerak bo‘lsa shuncha olish” nima ekanligini ko‘rsatib, uning ma’nosini tushuntirib beradi. U predmetlar ortib qolishi mumkinligi, agar hamma rasmlarning usti predmetlar bilan qoplangan (berkitilgan) bo‘lsa, ortib qolgan predmetlarni olmaslik kerakligi haqida ularni ogohlantiradi.
Tarbiyachi ko‘rsatuvni takrorlab, kichkintoylar diqqatini “predmetlarnio‘ng qo‘l bilan olish va ularni chapdan o‘ngga qarab tartib bilan terish, har bir predmetni rasm ustiga aniq qo‘yish, rasmlar orasidagi bo‘sh joylarga hech narsa qo‘ymaslik” (derazachalar bo‘shligicha qoladi.) kerakligiga jalb etiladi.

Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə