Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə24/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

Faoliyat namunasi: “Tovuq jo‘jalari bilan”.
Maqsad:
  1. Bolalarni ayrim predmetlarni guruhlardan ajratib olishga va ayrim predmetlardan guruhlar tuzishga “1 ta” va “ko‘p” tushunchalari o‘rtasidagi munosabatlar o‘rnatishga, bitta va ko‘pni rasm chizganda ifodalashga qog‘ozning bir tomoniga bitta ikkinchi tomoniga ko‘p doira chizishgao‘rgatish.


  2. Jo‘jalar va tovuq harakatli o‘yinini o‘ynatish, bolalarni chaqqon harakat qilishgao‘rgatish.




Faoliyatga tayyorgarlik: Tovuq jo‘jalari bilan o‘yinchog‘i, qog‘oz, sariq va havo rangda qalam, har bir bolaning boshiga kiyg‘izishga jo‘ja maskasi.
Faoliyatning borishi: Bolalar stol atrofida yarim doira bo‘libo‘tiribdilar. Stol ustida salfetka tagida tovuqcha va uning jo‘jalari bor. Jo‘jachalar soni bolalar soniga yetarli bo‘lishi kerak.
Ku – ku – ku – ku – deydi tarbiyachi va Qichqirayotgan nima? Deb so‘raydi.
Bu nima? – Tovuqcha nechta? – U kimni chaqirayapti? Pedagog salfetkani oladi va kichkintoylar diqqatini jo‘jalarning qanchalik ko‘pligiga jalb etadi. “Ko‘p” so‘zini alohida ohang bilan talaffuz etadi.
Tarbiyachi 1 ta jo‘jachani olib, bolalardan so‘raydi: menda nechta jo‘jacha bor? To‘g‘ri menda 1 ta jo‘jacha bor. Tovuqchaning nechta jo‘jachasi bor? Ha tovuqchaning ko‘p jo‘jachalari bor – deb tarbiyachi bolalardagi bilimni tasdiqlaydi.
Keyin bolalarni navbat bilan chaqiradi va 1 donadan jo‘jacha olishlarini taklif etadi, so‘ngra 3-4 ta kichkintoy nechta jo‘jacha olganligini so‘raydi. Har qaysi bola 1 tadan
jo‘jacha olganligini, tovuqda esa jo‘jalar 1 ta ham qolmaganligini ta’kidlaydi. “Bittadan, bitta” ham iboralari alohida ohang bilan talaffuz qilinadi. Hamma bolalar 1 tadan jo‘jacha olgani uchun tovuqchada 1 ta ham qolmaganini ma’lum qiladi. Tarbiyachi tanloviga ko‘ra bolalar jo‘jalarni ko‘zdan kechiradilar. Jo‘jalarning rangi qanaqa?
Tovuqcha “Ku – ku” deyapti o‘zining jo‘jalarini chaqirayapti. Tovuqchada ko‘p jo‘jalar bo‘lishi uchun nima qilish kerak? Agar tovuqchaga hamma bittadan jo‘ja olib kelsa, tovuqchada jo‘jalar ko‘pbo‘lib qoladi.
Bolalar endi hammamiz stol atrofiga o‘tirib 1 ta tovuq va ko‘p jo‘jachalarni qog‘ozga (mazok) hol qo‘yish usulida bajaramiz(teri tuyish analizatori asosida ishlash.). Bitta katta holni qog‘ozimizning chap tomoniga, qolgan kichik ko‘p hollarni qog‘ozimiznio‘ng tomoniga qo‘yamiz. Jo‘jalarimiz qanday rangda ekan sariq, tovug‘imizchi havo rang. Demak katta 1 ta havo rang holni qog‘ozimizni chap tomoniga. Ko‘p sariq holchalarni esa qog‘ozimiznio‘ng tomoniga qo‘yamiz. Qani boshladik. Judayam yaxshi ishlaringizni bajaribsiz, barakalla bolalar. Endi kelinglar “Tovuq jo‘jalari bilan” harakatlio ‘yinni o‘ynaymiz.
Musiqa rahbari: Chip-chip jo‘jalarim musiqasini chalib turadi. Tovuq jo‘jalari bilan don cho‘qib maydonchada yurishadi. Bir tomonda tovuqning 1 o‘zi, boshqa tomonda ko‘p jo‘jalar. Shu payt qo‘shnining mushugi Mosh jo‘jalardan 1 tasiga hamla qilmoqchi bo‘ladi. Musiqa tez-tez chalinadi Mosh maydonchaga yugurib keladi, hamma jo‘jalar esa tovuq oldiga yugurib borishadi.o ‘yin bir necha marta takrorlanadi.

Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə