Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə32/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

Aylana- faqat chiziq. Oq qog`oz ustiga dumaloq stakanni qo‘yib atrofidan qalam yurgizib chiqsak, hosil bo‘lgan ingichka dumaloq chiziq aylana bo‘ladi.
Doira –yassi shakl, uni qirqib tayyorlash mumkin, xali chizgan aylanangiz atrofidan qaychi bilan qirqib chiqsangiz doira hosil bo‘ladi.
Doira va aylana “Egizaklar” , “Opa-singillar”dir. Ular xar doim birga yurishadi. Aylana chizdingmi – doira hosil bo‘ladi, doira qirqib oldingmi – qaychi yurgan yo‘l aylanani bildiradi.

O`quvchilar har ikki tomonning bir-birlariga savollari, aytadigan fikrlari , ma`qullaydigan so`zlari tugagach , o`qituvchi har ikki guruh tomonidan aytilgan


fikrlarni umumlashtiradi va o`zining bu masala haqidagi fikr va mulohazasini bayon etadi va o`quvchilar tomonidan tushgan savollarga kerakli javobni berishga harakat qiladi.
Uyga vazifa: Faoliyat ishlanmalarini ko`rgazmalar asosida tuzib kelish.
Faoliyat oxirida o`qituvchi har ikkala guruhning mashg`ulot jarayonlaridagi faoliyatlarini tahlil etib , ularga minnatdorchilik bildiradi va mashg`ulotni yakunlaydi.Ekspetrlar izohli baholaydilar.

            1. Mavzu: Kichik guruh yoshidagi bolalarni tevarak -atrofda mo`ljal olishga o`rgatish

Reja

  1. Turli yosh guruhlarda matematika bo‘yicha ishlarni rejalashtirish.

  2. Bolalarni matematikamashg’ulotlarida olgan bilimlarini kun davomidamashg’ulotlarda mustaxkamlash.


  3. “Ilk qadam” o‘quv dasturi talabri asosida faoliyatlarni rajalashtirish.




Tevarak-atrofda mo‘ljal olish. O‘ng va chap qo‘lni farqlay olish va aytishni, predmet(o‘yinchoq)ni o‘ng qo‘l bilan chapdan ongga qo‘yishni o‘rgatish.
Bolalarni predmetlarning o‘ziga nisbatan joylashishini aniqlash “yaqin-uzoq”, “tepada- pastda”, “orqada- oldinda” so‘zlarini aytishga va nutqda to‘g‘ri qo‘lashga o‘rgatish.
Juftliklarga birlashib o`quvchilar umumiy javobni ifodalaydilar O`qituvchi har bir guruhga matn tarqatadi.Matngan tashqari o`yin mashg`ulot ishlanmalarini ham beradi. O`quvchilar uni o`qib o`rganib taqdimot qiladilar.

Kichik guruh yoshidagi bolalarini tevarak atrofda mo‘ljal olishga o`rgatish.

Matngan tashqari o`yin va mashg`ulot ishlanmalarini ham beradi.


O`quvchilar uni o`qib o`rganib taqdimot qiladilar
1-guruh uchun matn.

Dasturning asosiy vazifasi kichkintoyni o‘ziga nisbatan mo‘ljal olishga o‘rgatishdan iborat, boshqacha aytganda, kichkintoy bunda o‘ziga nisbatan o‘ng, chap, yuqori tomon va h.k.z.larni ajrata oladigan bo‘la olishi kerak.


O‘z tanasiga nisbatan fazoda tomonlar bo‘yicha mo‘ljal olish bu mo‘ljal olishning birinchi umumlashtirilgan usulidir. “O‘ziga” va “o‘zidan” ga nisbatan mo‘ljal olishda “o‘ng-chapni” farqlash eng ko‘p qiyinchilik tug‘diradi. Mana shuning uchun ham bola oldin o‘z qo‘llarini farqlashga o‘rgatiladi. Dasturning bu vazifasi ustida ishlash keyingi yosh guruhida ham davom ettiriladi.
Bolaning o‘ziga nisbatan mo‘ljal olishi dasturning yangi vazifasiga- boshqa odamga, buyumlarga nisbatan mo‘ljal olishga o‘rgatish vazifasiga- o‘tish uchun zarur asos bo‘ladi. Bola hayolan bu sxemani boshqa obyektlarga nisbatan ko‘chiradi va o‘xshashlik bo‘yicha uni boshqa odamdan va buyumlardan ajratadi. Masalan, bolalar o‘yinchoqlarni qarashadi, ular bilan faol harakat qilishadi. Suhbatning borishida tarbiyachi bolalar e’tiborini harakterli detallarga qaratadi. Masalan, mashina qaralayotgan bo‘lsin; oldinda kabina, orqada kuzov pastda oldingi va keyingi g‘ildiraklar. Buyumlar tasvirlangan qirqma rasmlar, kubchalar mustaqil ravishda detallardan butunni tiklash imkonini beradi, ya’ni obyektning fazoviy buyumlarini o‘zlashtirish imkonini beradi. Bolalar hali ob`yektning o‘ng va chap tomonlarini farqlay olishmaydi; bu murakkab malaka maktabgacha katta yoshda o‘zlashtiriladi. Kichik guruhda buyumning fazoviy xarakteristikasini tushunush qisman o‘zlashtiriladi. U holda, deb so‘raladi, bolalarni buyumlarga, boshqa odamga nisbatan mo‘ljal olishga o‘rgatish zarurmi? “O‘ziga” nisbatan mo‘ljal olishning o‘zi yetarli bo‘lishi mumkinmi?
Gap shundaki, tevarak- atrofimiz, ya’ni atrofimizdagi fazo, odamlar har xil buyumlar to‘plami to‘lib toshib yotibdi. Mana shu fazoda mo‘ljal olish ularning har xil parametrlarini, jumladan, “oldidan”, “orqasidan”, “yonidan”, “ustidan”, keyinroq buyumning “chap” yoki “o‘ng” tomoni kabi parametrlarini hisobga olish majburiyatini yuklaydi. Oldin o‘ziga, so‘ngra boshqa odamga, buyumlarga nisbatan qarama- qarshi tomonlarni ajratish, birinchidan, istiqbolda bolaning faqat “o‘ziga” nisbatangina emas, balki boshqa obyektlarga , boshqa odamga nisbatan mo‘ljal olish malakasini egallashini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, bu bilim va malakalar buyumlar orasidagi fazoviy munosabatlarni bilib olish uchun zarur. Biz bu munosabatlarni haqida ularning tomonlariga- oldingi, yon, yuqori va h.k.z tomonlarga mos kelishlariga qarab , mulohaza yuritamiz. Nihoyat, uchinchidan, hatto ancha chegaralangan fazo chegaralarida ham mo‘ljal olishing asosiy yo‘nalishlarini bilishni nazarda tutadi. Bu yangi dasturiy vazifa. Bu to‘liq o‘zlashtirilgadan keyingina, uni butun ish mazmunidagi asosiy vazifa deyish mumkin.
Maktabgacha kichik yoshda bolalar yo‘nalishlarning asosiy guruhlarini farqlashga o‘rgatiladi. Bola bu yo‘nalishlarni o‘z gavdasining tomonlarini bilganligi asosida o‘zlashtiradi. Bolakaylar bunga kundalik turmushmashg’ulotida o‘rgatiladi. Masalan, yuvinish, kiyinish jarayonida tarbiyachi bolalarning gavda qismlarini bilish, ularni o‘ng va chap qo‘lni farqlashga o‘rgatadi; tushlik vaqtida qoshiqni o‘ng qo‘lda ushlashni o‘rgatadi, bolalarga chap qulog‘i, o‘ng qulog‘i, chap oyog‘, o‘ng oyog‘i qayerdaligini ko‘rsatishni taklif qiladi; chap oyoq, chap ko‘z, chap quloq, chap qo‘l joylashgan tomonda, o‘ng oyoq, o‘ng ko‘z, o‘ng quloq esa o‘ng qo‘l tomonda joylashganligini tusuntiradi.
Elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishmashg’ulotlarida bu vazifalar “Qo‘g‘irchoqni cho‘miltirish”, “Qo‘g‘irchoqni kiyintirish” kabi didaktik o‘yinlarda aniqlashtiriladi. Masalan, tarbiyachi kichkintoylarga qo‘g‘irchoqning boshini, yuzini(oyoqlarini) yuvishni, so‘ngra esa, uning(bolaning) o‘zi yuzi, boshi va boshqa a’zolari qayerda ekanligini ko‘rsatishni so‘raydi.
Bolalarga fazoviy yo‘nalishlarni o‘z gavdasining aniq qismlariga mos qo‘yishni o‘rgatish kerak, yuqoriga- bosh tomonga, pastda- oyoqlar, orldinda yuz, chapda- chap qo‘l, o‘ngda- o‘ng qo‘l.
Mashg‘ulotlarda kichkintoylarni pastda- yuqorida, oldinda- orqada, chapda- o‘ngda kabi juft qarama qarshi yo‘nalishlarni farqlashga o‘rgatish kerak.

Bu malakalarga tayanib, tarbiyachi bolalarni “o‘zidan”ga nisbatan oldinga- orqaga, o‘ngga- chapga kabi fazoviy yo‘nalishlarni ko‘rsatish va aytishga o‘rgatish kerak. Masalan, ayiqchaga oldin o‘ng qo‘l, keyin chap qo‘l bilan silkishni, qo‘g‘irchoq qaysi tomonga ketganini, koptok qayoqqa dumalaganini ko‘rsatish va aytishni so‘raydi; bayroqchalarni oldin tepaga ko‘tarish, so‘ngra pastga tushirishni; qo‘llarni oldinga, chapga o‘ngga cho‘zish, ularni orqaga yashirishni so‘raydi. Bu hil mashqlar vaqtida hamma bola va tarbiyachi bir tomonga qarab o‘tirishlari yoki turishlari kerak.


Dastur vazifalarini amalga oshirish “ Bayroqcha qaysi tomonni ko‘rsatmoqda?” kabi o‘yin-mashqlar yordamida bajariladi. Bolalar, masalan, bayroqcha bilan qaysi yo‘nalish ko‘rsatilayotganini payqab olishlari kerak. Ularning o‘zlari bayroqchalar, lentalar, pufaklar, koptoklar yordamida ko‘rsatilgan o‘yin-topishmoqlarni bajaradilar. Yo‘nalishlarni hisobga olgan holda fazoda mo‘ljal olishning birinchi tajribasi, fazoning o‘zini idrok qilishning qayta qurilishi shunday sekin-asta tarkib topadi.
Asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha tashqi dunyoning fazoviy tavsifini o‘zlashtirish uzoq davom etadigan jarayondir. Maktab yoshidagi o‘quvchilarda fazoni bunday idrok qilish va asosiy yo‘nalishlarni bilganlik asosida mo‘ljal olish uchun ba’zi asoslargina yaratiladi. Bu bir tomondan. Ikkinchi tomondan esa, tekislikda mo‘ljal olishning ba’zi malakalari egallanadi. Bolalar varaq o‘rtasini, uning yuqori va pastki qismlarini farqlashni, har xil yo‘nalishlarda chiziqlar o‘tkazishni o‘rganadilar; sanoq materialini ustki va pastki poloskalarga qo‘yishni, uni varaqda, kartochkada chapga yoki o‘ngga joylashtirishni o‘rganadilar.
To‘rt yoshga qadam qo‘ygan bolalarning ish mazmunida yana bitta vazifani, ya’ni buyumlar orasidagi fazoviy munosabatlarning ba’zi variantlarini bilib olish vazifasini ta’kidlash kerak. Bu vazifa o‘yinlar shaklida qiziqarli hal qilinadi
Dastur vazifasini bajarish konstekstida lug‘at ustida ishlash ham olib boriladi. Maktabgacha yoshdagi kichik bolani dasturda nazarda tutilgan fazoviy belgilashlarni to‘g‘ri

tushunishning o‘zi, u yo‘naltiruvchi savollar yordamida bu munosabatlardan mustaqil foydalana oladigan bo‘lishining o‘zi mutlaqo kifoya.


Ikkinchi kichik guruh bolalari uchun o‘ng va chapni farqlash juda qiyinlik bilan amalga oshadi. “O‘ngga- chapga” yo‘nalishlarini farqlashga o‘rgatishning dastlabki bosqichida qanday pedagogik yo‘l-yo‘riq amalga oshirilishi kerakligi haqida fikr yuritamiz.
O‘z qo‘llarini farqlash qobiliyati avval bolaning o‘ng va chap qo‘llari uchun hos bo‘lgan harakatlarni bajarish jarayonida seziladi. Masalan, ovqatlanish vaqtida u qoshiqni o‘ng qo‘li bilan, nonni esa chap qo‘li bilan ushlaydi; rasm solishmashg’ulotlarida bola chap qo‘li bilan rasmni tutib turadi, o‘ng qo‘lida esa qalam, mo‘yqalam bo‘ladi.
Bu ikki vaziyatdan tarbiyachi, bunday foydalanadi:mashg’ulot boshlanishida(yoki ovqat yeyish oldidan) bolalar e’tiborini qalam (yoki qoshiq)ni har doim o‘ng qo‘lda tutish kerakligini, chap qo‘l bilan esa, qog‘oz varag‘ini(yoki taqsimchani) tutib turish(nonni ushlash) kerakligini uqtiradi. Tarbiyachi bunga bolalar e’tiborini tortibgina qolmay, balki ko‘rsaradi ham. Xatoga yo‘l qo‘ygan(yanglishgan) bolaga tarbiyachi ikkinchi marta ko‘rsatadi.
Bolalarning harakatlarini tekshirishda tarbiyachi ular bilan suhbatlashadi, ma’qullaydi. Pedagogik baho his- tuyg‘uga to‘la bo‘lishi, to‘la qanoatlanganlikni ifodalashi, o‘z tarbiyalanuvchilarining topqirliklaridan hayratlanishini ifodalashi muhimdir.
Bunday baholash o‘ziga hos pedagogik usul bo‘lib, bolaning harakatlari to‘g‘riligini ifodalabgina qolmay, balki his- hayajonli kayfiyat hosil qiladi. Ularning bunday mashqlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, o‘z qo‘llarining farqlashni tezroq o‘rganib olishga istak uyg‘otadi.
Tarbiyachi dastlab bolalarga qo‘llarini nomlari bo‘yicha farqlashni o‘rgatadi. Tarbiyachi bolalarning qo‘llarini belgilaydi, bolalar ularni farqlashadi. Shu maqsadda bu bolaga murojaat qilib so‘raydi:
-Sening o‘ng qo‘ling qani?
-Mana(ko‘rsatadi).
-Sening o‘ng qo‘lingdagi nima?
-Qoshiq.
-Sening chap qo‘lingdagi nima?
-Non.
-Balli, sen qaysi qo‘ling o‘ng, qaysi qo‘ling chap ekanini juda yaxshi bilar ekansan.
Bir nechamashg’ulotdan keyin, bunday deb so‘rash mumkin: “Xozir, men sizlardan o‘z o‘ng va chap qo‘lingizni bilish-bilmasligingizni so‘rab, tekshiraman.”Odatda, bolalar tarbiyachining savollariga faollik ko‘rsatib, mamnuniyat bilan javob beradilar(Mandan hali so‘ramadingiz, men ham bilaman, qoshiq qaysi qo‘limda ekanligini mendan ham so‘rang, topingchi qalam qaysi qo‘limda). Bunda tarbiyachining vazifasi bu faollikni quvvatlab turishdan iborat. U so‘raganda, bolalar ba’zida xato qiladilar (bunday xatolardan bolakaylarning hayajonli ta’sirlanishini ko‘ra bilish kerak). Xato o‘ziga hos pedagogik usuldir. Unda bola qaysi qo‘li o‘ng, qaysi qo‘li chap ekanini tarbiyachiga mamnuniyat bilan tushuntiradi.
Bunday kichik mashqlar nihoyatda zarurdir. Bu hil mashqlarning davomiyligi bir yarim- ikki minutdir.
Mashqlar bolalar e’tiborini asosiy faoliydan chetga tortadi, deb also xavotir olmaslik kerak. Aksincha, bunday mashqlar bolalarning hayotiymashg’ulotiga to‘liq ravishda ijobiy ta’sir etib, ularni faollashtiradi. Mashqlar o‘ziga hos ma’naviy his-tuyg‘uga to‘la tetiklashtirishning o‘rnini bosadi, e’tiborning yo‘nalishini o‘zgartirish mexanizmini mashq qildiradi. Ularning ta’limiy samarasi ravshan, bu samarada mashqlarning jamoa shakllarini o‘tkazish rejimida(xaftasiga 3-4 marta individual ish bilan qo‘shib olib borilganda) atigi bir- bir yarim oy o‘tganidan so‘ng bilina boshlaydi.
Shunga qaramay, bunday savol paydo bo‘lishi mumkin:” Aniq maqsadga yo‘naltirilgan ta’limning boshlanishida nega ilk bor bunday mashqlar, albatta, faqat ma’lum pedagogik vaziyatlarga jiddiy “bog‘langan” bo‘lishi zarur? Gap shundaki, rasm solishmashg’ulotlarida, nonushta, tushki ovqat, kechki ovqat vaqtida bolalar har qaysi qo‘l uchun harakterli bo‘lgan harakatlarni bevosita bajarishadi. Boshqa sharoitda bolalar bu harakatlar haqidagi tasavvurlar bilan ish ko‘rishlariga to‘g‘ri keladi. Shu sababli noto‘g‘ri beriladigan javoblar miqdori ortib ketadi. Ana shuning uchun ham mashqlar- oldingi tajribani aktuallashtirib borishdan iborat. Qiyinchilik paydo bo‘lgan hollarda farqlashning asosiy mezonini eslatib qo‘yish zarur(o‘ng qo‘lingda har doim qoshiqni ushlaysan). Xarakterli tomoni shundaki, tarbiyachining yordami bolalarda faol harakat reaksiyasini uyg‘otadi: ular tasavvurdagi qoshiqni(qalamni) qaysi qo‘lda ushlash qulay ekanini qandaydir darajada sinab ko‘rishadi. Shu bilan ilgari shakllangan sensomotor bog‘lanishlar kompleks ravishda jonlantiriladi, shundan keyin bolalar taklif qilingan topshiriqlarni ko‘proq ishonch bilan bajaradilar.
Mashqlardan bog‘cha targ‘ibotining har xil momentlari(yuvinish, kiyinish, sayrga chiqishga yig‘ilish)da foydalanish mumkin. O‘z qo‘llarini farqlash malakasi uchun konkret pedagogik vaziyatda, musiqa, matematika, konstruksiyalashmashg’ulotlarida, harakatli o‘yinlar vaqtida va jismoniy tarbiya mashqlarida bir necha daqiqa ajratish mumkin.
Masalan, ikkinchi kichik guruhda o‘tkaziladigan matematikamashg’ulotlarida tarbiyachi dastur vazifalarining butun bir kompleksini amalga oshirishi mumkin. Buning uchun galdagi vazifa huddi oldingidek, o‘z qo‘llarini farqlash ko‘nikmasini takomillashtirishdan iborat. Shu asosda keyingi yosh guruhlarda tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchilarini o‘ng va chap oyoqlarini, ko‘zlarini bir biridan farqlashga o‘rgatadi.
Dasturning bu vazifasi bolalarni umumlashtirilgan idrokka, juft qarama- qarshi tomonlarni aniqlashga olib keladi.
mashg’ulotni guruh bilan yoki bitta bola bilan o‘tkazish ham mumkin. Mashqlarning o‘yin shakllarining samaradorligi, pedagogik jarayonda ulardan keng foydalishning mumkinligi mazkur didaktik vositaning alohida ommaviyligidadir. Mana shu o‘yin- mashqlarning variantlari bo‘lib, ularning maqsadi- qo‘llarni o‘z nomlari bo‘yicha amalda farqlashdan iborat. Bu mashqlarning davomiyligi 4-5 minutdan ortmaydi.
Dasturning navbatdagi muhim vazifasi chegaralangan gorizantal tekislikda(qog‘oz varag‘i, sanoq materialini qo‘yish uchun kartochka) “o‘ngga –chapga” yo‘nalishlari bo‘yicha mo‘ljal olishning dastlabki malakalarini rivojlantirishdan iborat. Bolalar o‘ng qo‘llari bilan sanoq materialini tanlab olib, ularni kartochkaga chapdan o‘ngga yo‘nalish bo‘yicha qo‘yishni o‘rganadilar. Topshiriq: tekislikning uzunligini boshqa poloska yoki lentacha bilan taqqoslash uchun tekislik uzunligi bo‘yicha barmoqni yuritib chiqish. Tekislikda mo‘ljal olish- murakkab malaka.
Bu yosh guruhida bolalar eng elementar bilim va malakalarini egallaydilar, xolos
Dastur vazifalari va unga mos o`yin, mashg`ulotlar tarqatma materiallar asosida beriladi.Har bir guruh mashg`ulotlarni o`rganib unga mos tarqatma materiallarni tanlab uni qandfay qilib samarali o`tkazish usullarini ko`rsatib berishadi.
Har bir guruhga taqdimot uchun 4 daqiqadan vaqt ajratiladi.
Qo‘llaring qayerda?”Topshiriq: qo‘llarni orqaga yashirish. Tarbiyachi oldin bolaning o‘ng qo‘li qayerda, chap qo‘li qayerda ekanini topadi, so‘ngra bitta(yoki bir nechta) bolaga o‘z qo‘llarini ko‘rsatish va ularning nomini aytishni taklif qiladi.

Bayroqchani ol”.Topshiriq: Tarbiyachi bolalar qaysi qo‘l o‘ng(chap) qo‘l ekanini eslashlarini , shu qo‘l bilan bayroqchani olishni; bayroqchani boshqa qo‘lga o‘tkazishni; qo‘lni yuqoriga ko‘tarishni; bayroqchani silkitishni va yana boshqa(chap) qo‘lga o‘tkazishni taklif qiladi. Yoki “Ko‘k bayroqcha(lentacha) o‘ng qo‘lda , sariq bayroqcha chap qo‘lda” . Topshiriq: bayroqchalar o‘rinlarini almashtirish. Shundan keyin tarbiyachi so‘raydi: “Bayroqning rangi qanday? U qaysi qo‘lda?”.



O‘yinchoq qaysi qo‘lda?” Topshiriq: Tarbiyachi oldin bolalardan biriga o‘yinchoqni o‘ng(chap) qo‘l bilan olishni aytadi. Keyin esa, bola o‘[yinchoqni qaysi qo‘liga olishni hohlasa , o‘sha qo‘liga olishini va o‘yinchoq qo‘lida ekanini aytishni taklif qilishi va u o‘ng qo‘lida qanday o‘yinchoq, chap qo‘lida qanday o‘yinchoq borligini aytishi kerak.
Toshlarni boshqa qo‘lingga o‘tkaz”. Topshiriq:Bir nechta(5-6 ta) toshni bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga o‘tkazish kerak. Topshiriqni bajarish jarayonida bola o‘z qo‘llarni farqlaydi, ularni belgilaydi. Shu bilan bir vaqtda bola “bitta” va “ko‘p” atamalarini farqlashni o‘rganadi.
O‘z qo‘llarini farqlashga oid bundan keyingi mashqlar qiyinroq harakatlar bilan bajariladi.
Qaysi qo‘l bilan uzoqqa”.Topshiriq: oldin o‘ng qo‘l bilan, keyin chap qo‘l bilan koptokni iloji boricha uzoqqa dumalatish yoki irg‘itish mashqining bajarish jarayonida bolalarning masofa haqidagi tasavvurlari(uzoq- yaqin, uzoqqa- yaqinga), koptok harakatining yo‘nalishi(koptok oldinga qarab yumalamoqda, orqaga dumalamoqda, yon tomonga dumalamoqda) haqidagi tasavvurlari aniqlanadi.
Qaysi qo‘l bilan aniqroq?” Topshiriq: koptok bilan nishonga,- masalan, bir yarim metr ortiqmas masofaga qo‘yilgan to‘siqqa urish, koptokni mahkamlangan savatga tushirish, yerga chizilgan doiraga tushirish. Mashqning amaliy ahamiyati: bolalar o‘ng va chap qo‘llarni farqlashni o‘rganadilar, irg‘itishni harakatning asosiy turlaridan biri sifatida o‘zlashtiradilar, harakat reaksiyalarining fazoviy aniq bo‘lishnini mashq qiladilar. Joylashish masofasi dastlab bir metrdan oshmasligi kerak.
Qaysi qo‘l bilan tezroq”Topshiriq: toshlarni oldin bir qo‘l bilan, keyin ikkinchi qo‘l bilan terish. Tarbiyachi bolalarga qaysi qo‘l epchil ekanini o‘zlari aniqlashlarini taklif qilishi mumkin.
Nima og‘ir”.Topshiriq: ikki buyumdan qaysinisi og‘ir ekanini aniqlash : qaysi qo‘ldagi buyum og‘ir, qaysi qo‘ldagisi yengil ekanini aniqlash. Bolalar kichik guruhda olingan bilimlari asosida “o‘ngga-chapga”(fazoviy yo‘nalishlar) bilan
tanishadilar. Bu yosh guruhlarda bolalar bu yo‘nalishlarni farqlashgagina o‘rgatiladi
Kichik guruhi dasturining asosiy vazifasi kichkintoyni “O‘ziga” nisbatan mo‘ljal olishga o‘rgatishdan iborat, boshqacha aytganda, kichkintoy bunda “O‘ziga” nisbatan o‘ng, chap, yuqori tomon va h.k. larni ajrata oladigan bo‘lishi kerak. O‘z tanasiga nisbatan fazoda tomonlar bo‘yicha mo‘ljal olish bu mo‘ljal olishning birinchi umumlashtirilgan usulidir.
Quyida mashg’ulotlar namunasini keltiramiz.
Didaktik o‘yin “Qo‘g‘irchoq Lolani uyquga yotqizishdan oldin



Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə