Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə34/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

uchun real sharoitdir.
Sutka davomida tarbiyachi bolalar e’tiborini ularmashg’ulotlari harakterlari bilan bog‘liq har xil vaqt oraliqlari o‘rtasidagi munosabatlarga qaratadi. Tarbiyachi sutka qismini aytadi va bolalarning shu qismga mos keluvchimashg’ulot turlarini sanab o‘tadi, masalan: “Xozir ertalab. Siz gimnastika qildingiz, yuvindingiz, nonushta qilasiz”. Yoki “Xozir kunduzi. Kunduzi ota-onalarimiz ishlashadi, biz esa shug‘ullanamiz”.

Tarbiyachi bitta bola bilan, kichik-kichik guruhlar bilan suhbatlashib, ulardan kechasi, ertalab, kunduzi nima qilganliklarini so‘raydi.


Elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga bag‘ishlanganmashg’ulotlarda bolaning sutka haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir vaqt oralig‘i uchun xarakterli bo‘lganmashg’ulot turlari tasvirlangan rasmlar o‘zlariga ko‘rsatiladi va ulardan so‘raladi: Rasmda tasvirlangan bolalar nima qilishmoqda? Buni ular qaysi vaqtda qilishmoqda? Ushbu savollarga javob berish taklif qilinadi: Sen qachon dam olasan? Sayr qilasan? Uhlaysan? Kichkintoylarga kunduzi, kechasi, ertalab, kechqurun tasvirlangan rasmlarni sutkaning berilgan qismi uchun xarakterli bo‘lgan amaliymashg’ulotlari tavsiflangan hikoyalardan, she’rlardan parchalar o‘qishdan ham foydalanish mumkin.
Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda ularning sutkaning u yoki bu vaqtiga mos keladiganmashg’ulotlari va tabiat hodisalari tasvirlangan syujetli rasmlarni qaraydi,illyustrativ materiallardan foydalanib va ularsiz didaktik o‘yinlar o‘tkazadi, suhbatlashadi, hikoya hamda ertaklar o‘qiydi.
Tarbiyachi asta- sekin bolalar sutka qismlarining harakterli belgilarini farqlashlariga, ularni gapirib berishlariga erishadi.
Ishni vaqtning oraliqlari, ya’ni, kunduz-kecha, ertalab-kechqurun, yaqqol tasvirlangan rasmlarni qarashdan boshlagan ma’qul. Bunda tarbiyachi bolalarning vaqtning u yoki bu oralig‘idagimashg’ulotlari haqidagi xotiralarini faollashtiradi. Masalan, kun tasvirlangan rasmni ko‘rsatadi va so‘raydi:”Rasmda nima tasvirlangan?”

Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə