Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə36/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

Faoliyatning maqsadi:
Quyoshning ertalab, kunduzi, kechasi osmondagi harakatini kuzatishi. Kun qismlaridagi o‘zgarishlar bilan tanishtirish. Bolarning kun qismlari haqida tasavurlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish.
Kerakli jihozlar:

Mashg‘ulot o‘tkazish uchun dinamik model va turli rangdagi to‘g‘ri to‘rtburchaklar kerak bo‘ladi.


Och havo rang –ertalab; Sariq - kunduzi;
To‘q ko‘k rang – kechqurun.
Faoliyatning borishi: (kuzatish ishlari sayrda olib boriladi). Ertalab bolalarni hovlida qabul qilish vaqtida ularni diqqatini quyoshning osmondagi joylashuviga qaratiladi.
Tarbiyachi: Bolalar osmondagi quyoshga diqqat bilan qarang, u qayerda joylashgan?
Hozir ertalab. Siz ertalab turib nima ishlar qilasiz? Bolalarning taxminiy javoblari:
Ertalab turamiz, yuz qo‘limizni yuvamiz, o‘rnimizni tuzatamiz va bog‘chaga kelamiz. Tarbiyachi: Quyosh ham uyqudan uyg‘onadi, faqat sizlarga qaraganda bir muncha ertaroq. Hozir esa u sekin -asta balandga ko‘tarilmoqda. Kunning shu vaqti nima deb
nomlanar ekan?(ertalab)
Keling birgalikda qumda uyg‘onayotgan quyoshni rasmini chizamiz.
-Hozir uning ko‘zlari qanday?
-To‘liq ochiq emas.
-Nurlarichi, uzunmi yoki qisqami?
-Nima uchun?
Oldingizda 3 xil rangdagi to‘g‘rito‘rtburchak shakillari turibdi.
Shulardan qaysi biri ertalabga to‘g‘ri keladi ( och havo rang to‘g‘rito‘rtburchak)
Quyosh hozirgina uyg‘ongani uchun ham hamma yoqni isitib ulgurganicha yo‘q. To‘g‘rito‘rtburchak shaklni tanlang. Qumni qo‘lingizga oling, u issiqmi yoki sovuq?
Modelga hali yaxshi uyg‘onmagan quyosh rasmi qistirilib qo‘yiladi.
Kunduzgi sayr.

Quyoshni kuzatishni davom etamiz.Uni yangi holatini oldingi holati bilan taqqoslaymiz.


-Hozirgi quyosh ertalabki quyoshdan nimasi bilan farq qiladi?
Bolalar javobi: Unga qarash juda qiyin, u yanada ko‘proq
Yorug‘lik sochayapti.( bolalar oldilariga kunduz kunga mos rang, ya’ni sariq rangdagi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklini qo‘yishadi).

Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə