Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə33/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

cho‘miltiramiz”.


Maqsad: Fazoviy yo‘nalishlarni bilish, bolalarning o‘z gavda qismlarini va o‘ziga nisbatan tomonlarini aniq farqlashga o‘rgatish.
Kerakli resurslar: Qo‘g‘irchoq va uni cho‘miltirish uchun kerakli jixozlar, sochiq,

krovat.


Mashg‘ulotning borishi:

Tarbiyachi: Qo‘g‘irchoq Lola kuni bilan sayrda o‘ynadi, endi uni uxlashga



yotqizishdan oldin cho‘miltirib olishimiz kerak.


Biz Lolani cho‘miltirishimiz uchun chelakda suv, cho‘mich, tog‘ora, machalka, sovun kerak bo‘ladi.
Tarbiyachi bolalar bilan erkin suhbatlashadi. Cho‘miltirishimizdan avval qo‘g‘irchoq Lolani kiyimlarini yechamiz. Endi uni tog‘oraga o‘tqizamiz. Cho‘michga suv solib bir boshdan qo‘g‘irchog‘imizni cho‘miltirishni boshlaymiz. Nargiza menga suv quyishga ko‘maklashib yubor. Avval suvni boshidan quy! Endi yelkasiga quy! Endi o‘ng va chap qo‘liga quy! Endi o‘ng va chap oyog‘iga quy!
Bolalarning biriga qo‘g‘irchoqning ko‘kragini, yelkasini va boshqa a’zolarini yuvish taklif qilinadi. Bu vaqtda guruhdagi boshqa bolalardan o‘zlarining gavda qismlarini ko‘rsatishlari so‘raladi: “Sizning orqangiz qani? Yelkangiz qani? Qulog‘ingizchi?”.
Qo‘g‘irchoq Lola cho‘miltirib bo‘lingach uni artintirib kiyintirishadi. Unda ham gapirib turiladi.
Avval boshini arting, yelkalarini arting, o‘ng qo‘li, chap qo‘lini arting, o‘ng oyog‘ini arting, chap oyog‘ini arting va tungi ko‘ylagini kiyg‘izib, o‘rniga yotqizing.
Mashg‘ulotda berilgan bilimlarni mustahkamlash uchun savollar:
Sarvar sening oldinda nima bor? (yuz, ko‘krak, qorin). Nodir sening orqang qayerda? Feruza o‘ng qo‘ling qani? Chap qo‘ling-chi? va h.k.
Bolalar tomonlarni o‘zlariga nusbatan yetarli darajada yaxshi aniqlay olishlari uchun yana “Qo‘g‘irchoqni uxlashga yotqizish”, “Qo‘g‘irchoqni sayrga kiyintirish”, “Qo‘g‘irchoqni ovqatlantirish”, “Qo‘g‘irchoqni uyini jixozlash”, “Nonushtaga stolni bezash” kabi didaktik o‘yinlar tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
16-Mavzu: Kichik guruh yoshidagi bolalarning vaqtni chamalash haqidagi tasavvurlarini shakllantirish.

Reja
1.Kichik guruhlarga vaqt oraliqlari haqidagi tasavvurlarini o‘stirish. 2.Kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish.


  1. “Kun va tun”o ‘yinini o‘ynatish.


Vaqt tushunchalarini shakllantirish ishini kundalik turmushda o‘tkazish kerak. Aniq kun tartibi bolalarda sutka qismlari haqida tasavvurlarni shakllantirish



Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə