Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy


Bolalar: Bolalar o‘ynashmoqda. Quyosh yoritmoqda. Qushlar uchmoqda. Tarbiyachi



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə35/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

Bolalar: Bolalar o‘ynashmoqda. Quyosh yoritmoqda. Qushlar uchmoqda.
Tarbiyachi: Qachon quyosh yorqin nur sochadi?
Bolalar: Kunduzi.
Tarbiyachi: Bolalar, siz kunduzi nima qilasiz?
Bolalar: O‘ynaymiz, ovqatlanamiz, shug‘ullanamiz va boshqa ishlarni qilamiz.
Tarbiyachi: Ota-onalarimiz kunduzi nima qilishadi?
Bolalar: Ota-onalarimiz kunduzi ishga borishadi Shundan keyin, kechasi tasvirlangan rasmni qarab, bolalar kechasi qorong‘i bo‘lishini, osmonda yulduzlar va oy bo‘lishini, uylarda elektr lampochkalar yonayotganini, kechasi hamma uhlashini ta’kidlaydilar.
Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda ertalab va kechqurun tasvirlangan rasmlarni ham xuddi shu usulda qaraydi. Tabiatda va odamlarmashg’ulotida sutkaning u yoki bu qismi yorqin tasvirlangan rasmlarni tanlashadi.
Bolalar olgan bilimlarini keyingimashg’ulotda mustahkamlsh zarur. Shu maqsadda sutkaning har bir qismiga oid belgilar yorqin tasvirlangan ertak aytib berish mumkin. Masalan, tarbiyachi quyonchani stolga o‘tkazadi va u o‘rmondan kelganini aytadi. Quyoncha bolalar bilan so‘rashadi. “Xozir,- deydi tarbiyachi, - shu quyoncha haqida ertak aytib beraman. O‘rmonda bir quyoncha yashar edi. Bir kun ertalab vaqtli uyg‘ondi, derazadan qaradi va o‘rmon yorug‘ quyosh ko‘tarilib kelayotganini, qushlar sayrayotganini ko‘rdi.Quyoncha bo‘sag‘aga chiqdi- kun issiq, badantarbiya qildi. Tishlarini tozaladi, yuvindi. Sundan keyin nonushta qilish uchun stol yoniga o‘tirdi… Nonushta qilib bo‘lganidan keyin, o‘z do‘stlari- quyonchalar bilan o‘ynash uchun o‘rmonga chopib ketdi.
Tush payti bo‘ldi. O‘rmon juda isib ketdi. Quyoncha uyiga bordi, panjalarini yuvdi va ovqatlanish uchun stol yoniga o‘tirdi. Tushlikdan keyin xordiq olish uchun karavotchaga yotdi, uxlab uyg‘onganidan keyin yana o‘ynash uchun o‘rmonga chopib ketdi.
Mana endi quyosh bota boshladi. Qorong‘u tusha boshladi. Qushchalar sayrashdan to‘xtashdi. Kech bo‘ldi. Quyoncha o‘z o‘rtoqlari bilan hayrlashib, uyiga chopib ketdi. Uyida u ovqatlandi va uhlash uchun yotdi.
Tim qorong‘i kecha boshlandi. O‘rmonda hamma narsa- quyoncha ham, qushcha ham, kapalaklar ham uhlamoqda. Faqat yulduzlar bilan oy bedor. Ular tim qorong‘u kechada yorqin nur sochib turishibdi.
Bolalar, quyoncha o‘z fotosuratini o‘rmondan keltirdi, u qachon suratga tushganini bilishni istaydi”.
Tarbiyachi quyonning sutkaning har vaqtidagi xarakatlari tasvirlangan rasmlarni bolalarga ko‘rsatadi. Bolalar qachon nima bo‘lishini aniqlaydilar va nega bunday deb o‘ylashlarini tushuntirib beradilar.
Keyingi faoliyatda tarbiyachi har qaysi bolaga ertalab, kechqurun, kunduzi va kechasi tasvirlangan to‘rttadan rasm beradi va sutkaning u yoki bu vaqti tasvirlangan rasmni ko‘rsatishni so‘raydi.
Eng yaxshisi bolalarning va kattalarning harakatlari yoki tabiat hodisalari tasvirlangan rasmlarni tanlash maqsadga muvofiq. Bumashg’ulotda vazifa yanada murakkablashtiriladi. Bolalar mustaqil ravishda sutkaning har xil qismlari uchun haraktereli bo‘lgan belgilarni ajratishlari kerak, bitta emas, balki to‘rtala rasmni tahlil qilib, ularni tarbiyachi aytgan tartibda joylashlari, ketma-ketligini aniqlashlari kerak.
To‘rtinchimashg’ulotda bolalarning sutkaning qismlari haqidagi bilimlari mustahkamlanadi.mashg’ulot didaktik o‘yin tariqasida o‘tkaziladi. Tarbiyachi bolalarga qachon nima bo‘lishni taklif qiladi.
To‘rtinchimashg’ulotda bolalarning sutkaning qismlari haqidagi bilimlari mustahkamlanadi.mashg’ulot didaktik o‘yin tariqasida o‘tkaziladi. Tarbiyachi bolalarga qachon nima bo‘lishini topishni taklif qiladi.
O‘yinda sutkaning har xil qismi uchun xarakterli bo‘lgan belgilarni aytishadi, bolalar esa bu qachon bo‘lishini aniqlashadi. Masalan, “Quyosh chiqadi. Onalar va otalar ishga ketishadi, bolalar esa bog‘chaga borishadi”. Quyosh yuqori ko‘tariladi. Bolalar sayr vaqtida o‘ynashadi. Yoki “Ko‘cha qorong‘i. Osmonni oy yoritmoqda, uylarning derazalarida esa chiroqlar yorug‘i ko‘rinib turibdi”.
Kichik guruhda bolalarni sutkaning qismlarini ularning xarakterli belgilari bo‘yicha farqlashga taxminan shunday o‘rgatish mumkin.
Kichik guruhda bolalarning ertalab, kunduzi, kechqurun va kechasi kabi vaqt oraliqlari haqidagi tasavvuri aniqlanadi, sutka qismlarini kichkintoylar o‘zmashg’ulotlari mazmunining o‘zgarishiga hamda shu vaqt oralig‘ida o‘z atroflarida bo‘lgan katta yoshli kishilarmashg’ulotiga qarab farq qiladilar. Aniq kundalik tartib, bolalarning uyqudan turish, ertalabki gimnastika, nonushta,mashg’ulot vaqtlari qat’iy belgilab qo‘yilganligi va h.k. lar sutkaning bo‘laklari haqida tasavvur hosil qilish uchun real sharoitlar yaratadi.
Tarbiyachi vaqt bo‘lagining nomini aytadi va bolalarning shu vaqtga mos bo‘lganmashg’ulot turlarini sanab chiqadi. “Hozir ertalab biz badan tarbiya qildik, yuvindik endi nonushta qilamiz” yoki “Biz allaqachon nonushta qilib bo‘ldik, shug‘ullanib ham bo‘ldik. Hozir kunduz kun tez orada tushki ovqatni yeymiz”.
Masalan, boladan quyidagilar so‘raladi: “Hozir ertalab. Sen erta bilan nima qilasan?
Sen o‘rningdan qachon turasan?” va shu kabilar.
Kun davomida bolalar bilan birgalikda kunning turli bo‘laklarida bolalar va kattalarningmashg’ulotini tasvirlaydigan rasm va fotosur’atlar ko‘rib chiqiladi.
Faoliyatning nomi : “Ertalab, kunduzi, kechqurun” kichik guruh.



Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə